Kurs ishning metodologik asosi:Falsafa va umumgumanitar soha bilimlari vositasida nafaqat o’zbek va xorijiy davlat xalqlarining asrlar mobaynida to’plagan ma’naviy boyliklari, balki umuminsoniy qadriyatlar hamda insoniyat tamadduni erishgan yutuqlar ham o’zlashtirilishi
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’xati va o’zaro mazmunan bog’langan 2 ta bob va 4 ta bo’limdan iborat.
I BOB. MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTIGA OID MASALALARNI O`RGANISHDA IJNIMOIY-GUMANITAR FANLARNING IMKONIYATLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH LOZIMLIGI. 1.1.G'oyaning rivojlanishida falsafa va siyosatshunoslik fanlarining ahamiyati
Ma’lumki, milliy g’oyani faqat shu fanni o’rganish asosidagina egallash mumkin deb qarash bir tomonlama va noto’g’ri tasavvurdir.
Aksincha, milliy g’oya bilan barcha fanlar, xususan, falsafa, ijtimoiy iqtisod, ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan uzviy bog’liq. Bu fanlarning qanday g’oyaga asoslanishi, ularni o’qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga g’oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun axamiyatlidir. Ayniqsa, mustabid tuzum davrida bu fanlarni o’ta mafkuralashtirib, xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish yo’liga, milliy-madaniy merosiga, qadriyatlariga xam «sinfiy» manfaatlar va «kommunistik g’oya» talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga olish kerak. Natijada, O’zbekiston xalqi hayoti, tarixi «o’zga xalqlar tarixi»ni o’rganishdan iborat bo’lib qolgandi. Milliy madaniyat, qadriyatlar o’rnida soxta baynalmilallashtirilgan, mohiyatan milliylikni e’tirof etmaydigan, milliy qadriyatlardan begona, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik bo’lgan printsipga bo’ysundirilgan edi. Butun ta’lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniy-ma’rifiy ishlar, adabiyot va san’at, ijod uchun «sotsialistik realizm» muxim mezonga aylangan, to’g’rirog’i, aylantirilgan edi. Shunga javob berish va shunga amal qilinishi shart edi. Bu barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning bir xil qolipga solinishiga, yagona kommunistik g’oya va mafkuraning targ’ibotchisiga aylanishiga olib keldi. Oqibatda, ijtimoiy-siyosiy fanlar rivojlanishdan to’xtadi. Fanlarning erkin rivojlanmasligi oqibatida ularning samaradorligi keskin pasayib borganligi ma’lum.Bugun «milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fani» boshqa fanlar bilan munosabati to’g’risida fikr yuritilganda, avvalo, uni kommunistik g’oya printsiplaridan tub farqini hisobga olish muxim ahamiyatga ega. Ayni paytda, fikrlar xilma-xilligi, g’oyalar xilma xilligi printsipiga asoslanish, xalqning milliy-madaniy merosi va qadriyatlariga tayanishi hamda umumbashariy printsiplarni e’tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun keng imkoniyat yaratadi. Ikkinchidan, har bir fan yo’nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g’oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol g’oyasining tarixiy negizlarini – tarix orqali, falsafiy jihatlarini – falsafa, iqtisodiy asoslarini – iqtisod, diniy asoslarini – dinshunoslik, adabiyot va san’at bilan bog’liq tomonlarini o’rganish orqali milliy g’oya kishilarning ishonch va e’tiqodiga aylanib boradi. Boshqa fanlar ham o’z predmeti, maqsad va vazifalari bilan shu mushtarak maqsadga xizmat qilishi tabiiy». «Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari fani» fanini alohida fan sifatida o’rganish esa o’ziga xos xususiyatlarini, ishonch va e’tiqodga aylanish bilan bog’liq qonuniyatlarining mavjudligini anglatadi. Uni alohida o’rganish yuqorida qayd etilgan fanlarning bevosita vazifasiga kirmaydi. Shu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasi bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni o’rganish, uning o’ziga xos jixatlarini bilish O’zbekiston xalqlari xayotida muxim ahamiyatga ega. U quyidagi yo’nalishlarda o’zining aniq ifodasini topadi:
Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g’oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday ta`sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog’liq. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko`pini tashkil etadi. Shuningdek, yoshlarning milliy milliy g’oyani anglashi, ishonch va e`tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirganligi bilan ham bog’liq bo`ladi. Chunki milliy g’oya bir tomondan, yoshlarni o`zining ob`ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga etkeazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g’oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo`lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g’oya va yoshlarning o`zaro bog’liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo`lsak, milliy g’oya qanchalik mazmunli, har bir kishining uzoqqa mo`ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa, millatning istiqbolini belgilashiga xizmat qiladigan bo`lsa. Uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o`zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak, jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g’oya va fikrlarini taklif etsa shunga mos ravishda g’oyaviy jihatdan chiniqqan vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo`ladi.
Yoshlarning oldida haqiqatni aytishdann cho`chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq-oydin bayon etish lozim. Ayni paytda, davlatimiz rahbariyati olib borayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan sa`y-harakatlarni va erishilayotgan amaliy natijalar xususida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e`tibor berish yoshlarning jamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimiz bo`lgan ishonch-e`tiqodini mustahkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma`ruzachilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug’ullanuvchi barcha targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e`tibor berish yoshlarning jamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimiz bo`lgan ishonch-e`tiqodini mustahkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma`ruzachilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug’ullanuvchi barcha targ’ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Muayyan davrdagi milliy g’oya, milliy mafkura, ya`ni jamiyatning asosiy maqsadini ideallar, demokrtik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalasi ham juda muhimdir.
Bu jarayon millatni o`z qobig’ida o`ralashib qolish xavfidan ozod etadi, unga jahon miqyosida tafakkur yuritish imkoniyatini beradi. Insoniyat uchinchi ming yillik civilizaciyasida shunday taraqqiyot yo`lini qo`lga kiritdi. Har bir millat va mamlakat taqdiri insoniyat istiqboliga daxldor bo`lib qoladi. Davrimizning bunday o`ziga xos va murakkab ijtimoiy tarixiy jarayonlarini unutish aslo mumkin emas. Insonning o`z millati hamda Vatani, shuningdek, insoniyat oldidagi mas`uliyati va burchini har bir yosh avlodga singdirish, yoshlarda Vatanparvarlik tuyg’ularini insonparvarlik tamoyillari bilan uyg’un kamol toptirish zaruriyatini yanada kuchaytirmoqda.
Bugun yoshlar mustaqillik tufayli “or”, “andisha”, “nomus”, “vijdon”, “g’urur” kabi tushunchalarning haqiqiy ma`nosini anglab etmoqdalar.