Xulosalar O’quvchi-yoshlar musiqa madaniyatini tarbiyalashda musiqiy faoliyatlarning o’rni benihoya katta. Darslar jarayonida imkon qadar ko’proq musiqiy faoliyatlardan unumli foydalanish orqali bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin. Ma’lumki, musiqa madaniyati darslarida ko’pgina musiqiy faoliyatlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bolalar musiqa cholg’u asboblarida chalish- boshlang’ich sinf o’quvchilari jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir. Darslarda faoliyatning ushbu turidan foydalanish – bola musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kichik yoshdagi o’quvchilar badiiy bilim va tajribasini boyitish, ularning ijrochilik faoliyatiga bo’lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Bunda bolalarni musiqiy ijrochiligiga emotsional munosabatni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Faoliyatlarda aktiv ishtirok etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dars mazmunini qiziqarli bo’lishi va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ham raqs va musiqiy-ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg’u asboblarida (ayniqsa, doiracha, qoshiq, qayroq va boshqalar) chalib, musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqiy faoliyatlar qo’llaniladi.
Bolalar cholg’u asboblarida chalish faoliyati boshlangich sinflarda milliy cholg’u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy bog’lanib amalga oshirilishi zarurdir. Bunda doirachilar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urma cholg’u asboblaridan foydalanib, o’qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jo’r bo’lish malakalari rivojlantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmoni. T.,2017.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.ning kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Mirziyoyev "Biz buyuk kelajagimizni mard va aqlli odamlar bilan quramiz" Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Umumiy va o’rta va maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash”to’g’risida. Toshkent sh, 2017-yil 6-aprel
Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. 11-t. -Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003.
Karimov I.A. YUksak ma’naviyat-engilmas kuch.-T.: Ma’naviyat, 2008
Karimov I. Ma’naviyat, falsafa va hayot. T.: “Fan” 2007.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O‘zbekiston, 2001
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.- T.: O‘zbekiston, 2003
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2006 yil 25 avgust qarori.//Xalq so‘zi, 2006
Boshlang’ich sinflarda musiqa darslarini taxminiy rejalashtirish (tuzuvchilar D.Omonullaev va boshq.) –T., 1995.