uchun asosda bu elementlar yo‘nalishi bo‘yicha kesiklar qilinadi va muvofiq
kattalikka suriladi (1.90-rasm, v,g).
Yeng qiyamasi bo‘yicha taxlamachalar, vitochkalar yoki mayda taxlamalar
toq miqdori (uch yoki besh) loyihalansa, markaziysi ustki kertma joyida,
qolganlari undan teng masofalarda belgilanadi. Taxlamalar, vitochkalar yoki
mayda taxlamalar juft miqdorida (ikki, to‘rt yoki olti) ular ustki kertikdan ikki
tomonga bir tekis taqsimlanadi.
Maketlashtirish usuli bilan hosil qilingan yeng asosi bu yeng konstruktsiyasi
chizmasini tuzish uchun uchastkalarni hisoblashda foydalanish mumkin. Yeng
qiyamasi bo‘yicha uch mayda taxlamali ikkichokli yeng chizmasining tuzilishi
misol bo‘la oladi.
Turli shakldagi yenglaming loyihasi xuddi shunday bichimdagi yeng loyihasi
asosini texnik modellash usuli bilan hosil qilinadi. Yuqoriga va etagiga kengaygan
(fonarik) yengni modellash quyidagicha bajariladi. Asos yeng chizmasi qog‘ozga
tushirib olinadi. Unda o‘rta chiziq o‘tkaziladi. Shu o‘rta chiziq bo‘ylab 20-35 sm
yeng uzunligi o‘lchab qo‘yiladi. Shu o‘rta chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi.
Yeng ikki bo‘lakka ajratilib, model bo‘yicha 10-20 smga kengaytiriladi. Yengning
bosh qismi egriligi o‘rtasidan 1,5-2,5 sm ko‘tarilib to‘g‘rilanadi. Yengning etak
qismi ham huddi shunday miqdorga tushiriladi va yeng etak egri chizig‘i yaxshilab
o‘tkaziladi (1-rasm, a). Etagiga kengaygan yengni texnik modellashtirishda yeng
asosini qog‘ozga tushirib olinadi. Yeng o‘rta chizig‘i o‘tkaziladi. Bu o‘rta chiziqda
yeng uzunligi 20-45 sm qo‘yiladi (2-rasm, b) va o‘rta chiziqqa parallel qilib 3-7 ta
qirqim chiziqlari o‘tkaziladi. 0‘tkazilgan chiziqlardan qirqma hosil qilinadi, bu
qirqma yeng boshi egriligiga 0,3-0,5 sm yetmasdan to‘xtatiladi. Hosil bo‘lgan
bo‘laklar 3-6 smga ochiladi.
Dostları ilə paylaş: