Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

O’simliklar dunyosi. Mahalliy o’simliklar haqida bolalar tasavvurlarini mustaxkamlash. 

Bolalar  daraxtlarning  4-5  turi  (tut,  terak,  kayrag’och,  tol)ni  (barglariga,  po’stlog’iga,  mevasiga 

qarab),  butalarning  xili(na’matak,  maymunjon)  ni(barglari,  ranglari,  mevalariga  qarab)  nomini 

aytishlar,  farqlashlari,  sabzavotlarning  6-8  xilini,  mevali  daraxtlardan  4-5  xili(olma,  nok,  anor, 

anjir,  olcha)ning  nomlarini,  ranglari,  shakli,  mazasi,  ovqatda  iste’mol  qilishda  xarakterli 

belgilarini bilishlari kerak. 

Sabzavotlar  va  mevalar  haqidagi  umumlashtirilgan  tasavvurlarni  quyidagi  belgilariga 

qarab  shakllantirish:  sabzavot  va  mevalar  ovqatda  qo’llaniladi,  ularni  maxsus  yetishtiradilar: 

sabzavotlar poliz(dala)da o’sadi, mevalar esa bog’da yetishtiriladi. 

O’simlik (suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqatlantirish, kattalar yerdamida 

akvarium yoki qafasni tozalash)ni parvarishlashni bilishi 

Xona gullaridan aloe_bilan tanishtirishni davom ettirish, ularni parvarish qilish yo’llarini 

o’rgatish. 



Bolalarda  tabiatdagi  go’zallikdan  zavq  olishni  tarbiyalashni  davom  ettirish.  Tabiatga 

zarar  yetkazmaslik,  ekologiyani  buzmaslik(tevarak-atrofni  iflos  qilmaslik.  o’t-o’lanlarni 

bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, gullarni yulmaslik, buning oqibatida gullar, kapalaklar 

yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish. 

O’simliklarning tuzilishi, ularning ayrim qismlari vazifalari haqidagi tasavvurni aniqlash 

va kengaytirish: ildizlar suvni, ozuqa moddalarni shimib oladi, bular poyalar orqali, tana orqali, 

shoxlar  orqali  yaproqlar,  gullar,  mevalarga  yetkazilishi  haqidagi  tasavvurlarini  kengaytirish. 

O’simliklarning o’sishi uchun havo, suv, kuyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy ishlar orqali 

tanishtirish. 

Zaruriy sharoitlar yetishmasligini bildiruvchi belgilarni bolalar bilishlari kerak: yorug’lik 

kam  bo’lganida  o’simlik  yorug’lik  tomonga  cho’ziladi.  yaproyushri  va  gyuyasi  oqaradi.  ozika 

moddasi  kam  tuprokda  o’simliklar  sekin  o’sadi,  issiq  bo’lmasa  urug  unmaydi,  barglar 

yozilmaydi, suvsiz o’simliklar kurib qoladi. 

Usimliklarni  ko’paytirishning  usullaridan  biri-qalamcha  qilish  bilan  tanishtirish.  Erta 

gullaydigan  o’tsimon,  butasimon  o’simliklar  va  daraxtlar  bilan  ganishtirishni  davom  ettirish. 

Ba’zi  daraxtlar(o’rik,  bodom)  avval  gullab.  so’ng  barg  chiqarishi,  ba’zilari  esa  barg 

chiqarib(olma, behi) so’ng gullashini tushuntirish. 

Bahor  tabiatning  uyg’onish  fasli  ekanligi  haqidagi  tasavvurlarini  kengaytirish  va 

chukurlashtirish.  Ayrim  o’simliklarning  piyozidan,  daraxtlarning  qalamchasidan,  butasidan 

ko’payishi mumkinligini tushuntirish va o’rgatish. 

Maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida bolalar bilan birgalikda erta gullaydigan daraxt 

va  gul  ko’chatlarini  ekish,  tagini  yumshatish  va  sug’orishga  o’rgatish.  Qu  rigan  shox  - 

shabbalarni  kirqish.  ko’milgan  gul,  tok  va  anor  ko’chatl  arini  ochish  va  ularni  parvarish  qilish 

ko’nikmasini hosil qilish. 

Uruglardan  o’simliklar  o’stirilishi  (2-3  xil  sabzavot  1ullaydigan  o’simliklar  misolida), 

o’simlikning o’sishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar haqidagi(urug’ unib chiqishi, yaprokli 

poya, gul, urug’), o’simliklar o’stirish, ularni parvarishlashning asosiy usullari(chopilgan  yerga 

o’tkazish,  suv  kuyish,  yerni  yumshatish,  o’toq  kilish,  ozuka  berish)  xaqidagi  tasavvurni 

shakllantirish. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin