25
madaniy markaz tashabbusi bilan birinchilardan bo‘lib Rojdestvo –
«Weihnachten» bayrami qayta tiklandi, 1990-yilda Toshkentda nemis Evangelist-
Lyuteran cherkovi qayta ta’mirlandi. Respublikaning umumta’lim o‘rta
maktablarida tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tilida o‘qitish darajasini kengaytirish,
respublika oliy o‘quv yurtlarida qozoq, tojik, qirg‘iz tillarida o‘qitish bo‘limlari va
ularni darslik hamda o‘quv
ko‘rgazmalari bilan qurollantirish vazifasi ham
belgilandi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining jabhalarida
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar va ularning manfaatlari bilan bog‘liq
masalalar birinchi navbatda turar edi. Shunday vaziyatda tinch hayotni ta’minlash
uchun davlatni boshqara oladigan, bo‘lib o‘tgan va o‘tayotgan iqtisodiy, siyosiy
jarayonlardan to‘g‘ri xulosa chiqaradigan, millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab
bera oladigan rahbar recpublika uchun zarur edi. 1989-yil 24-iyunda I.A.Karimov
O‘zbekiston rahbari etib saylanishi bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining
Farg‘ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
masalalariga bag‘ishlangan Kengashda so‘zlangan nutqida: «Hozirgi kunda
ko‘pgina odamlar Farg‘ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men
ham butun barcha sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi
emasman. Lekin, barcha voqealarining ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan
aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq, desam, o‘ylaymanki,
ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi», deb alohida ta’kidlab o‘tadi. O‘zbekistonning
rahbari sifatida ish boshlagan I.A.Karimov «O‘zbekiston yetakchisi sifatida uzoq
vaqtlar davomida yechilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o‘tkir
ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish
bo‘yicha Markaz rahbariyati oldiga qat’iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta
qo‘yishdan cho‘chimaydi».
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy
jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi qariyb 3000 yillik tariximizda qisqa
vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130
yil davom etgan hukmronligi o‘z tarixiy davlatchiligiga ega bo‘lgan Turkistonni
mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona,
goh oshkora bo‘lsin, xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod,
erkin yashash uchun tinimsiz intildi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar hamda
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini
tezlashtirib yubordi.
Voqealar jarayoni shu darajada
tezlashdiki, I.A. Karimovning siyosati
bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi,
sa’y-harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq
rahbariyatini hiyla talvasaga solib qo‘ydi.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning
Dostları ilə paylaş: