Viloyatning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
Mlrd.so‘mda (2005-2016- yy)
№
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2016 yildan
2010 yilga
nisbatan
o‘zgarishi
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
+,-
%
1
Ijtimoiy soha
va aholini
ijtimoiy
qo‘llab-
quvvatlash
xarajatlari
558,9 671,4 837,8 962,8 1340,1 1488,2 1657,3 1098,4 296,5
1.1. Maorif
294,8 369
469,1 557,5 869,2
962,8
1098,1 803,3
372,5
1.2. Sog‘liqni
saqlash
129,6 166,9 209,1 255,9 303,1
342,9
382,6
253
295,2
1.3. Madaniyat va
sport
2,7
3,7
4,8
6,1
10,5
8
15,4
12,7
570,4
1.4. Fan
0,2
0,2
0,2
0,5
0,5
0,5
0,6
0,4
300,0
1.5. Ijtimoiy
ta’minot
3,5
4,3
5,3
6,2
9,8
8,5
10
6,5
285,7
1.6. Bolali oilalarni
hisobga olgan
holda ijtimoiy
nafaqalar
128,1 127,3 149,4 136,5 147,1
165,6
150,7
22,6
117,6
2010-2016-yillarda viloyatda ijtimoiy soha va aholini qo‘llab- quvvatlash
xarajatlari 1098,4 mlrd. so‘mga yoki 2,9 martaga ortgan. Bu davrda ijtimoiy soha
va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari tarkibida maorif harajatlari – 3,7,
sog‘liqni saqlash xarajatlari – 2,9, madaniyat va sport xarajatlari – 5,7, fan
xarajatlari – 3,0 ijtimoiy ta’minot xarajatlari esa 2,8 martaga ortgan
19
.
Ayniqsa qator yillar bu boradagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish
bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Xalq qabulxona»lari va «Virtual qabulxonalari» muhim rol
o‘ynadi. 2017-yildan boshlab joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish,
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada
19. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли фармонида белгиланган вазифаларнинг ижросини
таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси ҳудудларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланишини
комплекс ўрганиш натижалари бўйича йиғма таҳлилий материал.”Sano-standart”нашриёти,Тошкент-2017,107
–б.
105
takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga «Sayyor
qabullar» uyushtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018-yil 1- apreligacha Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Respublika «Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi» vakillari
mahallalarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop,
Kosonsoy tumanlarida, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo
tumanlarida, Farg‘ona shahri va Quva tumanida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa
tumanida, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Jizzax shaharlarida bo‘lishib,
aholini qiynayotgan va «Xalq qabulxona»lariga kelib tushayotgan shikoyatlar
yechimi yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib, ko‘pgina muammolar o‘sha
yerlarning o‘zida hal etilgan. Ushbu tizim bugungi kunda ijtimoiy muammolarni
hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga
Murojaatnomasida qayd qilganidek, «Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya
o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 2019 yil – «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish
yili»da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga
oshirish zarur». Buning uchun quyidagi strategik vazifalarni amalga oshrish lozim,
deya qayd etadi Prezident.
Birinchidan, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning
daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019- yil uchun bandlikka
ko‘maklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak.
Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar
berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak.
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq
to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur.
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq
va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham
berishligi hamda Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu masalani hal etish
yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib
chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Zero, yangi qabul qilingan
Prezident farmoniga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha
pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.
2020-yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomasida ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi. Ya’ni
«Oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil
asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan keng
ko‘lamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish xususida fikr bildirdi. Bunda,
birinchidan, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish
chekka hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli
daromad manbaiga ega emasligini inobatga olish lozim.
Umuman, o‘zbek xalqining tarixiy an’analariga ko‘ra va mustaqillik yillarida
olib borilayotgan yangicha islohotlar natijasida aholini ijtimoiy himoya qilish
tizimining quyidagi natijalarini qayd qilish mumkin:
106
– birinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilish, og‘ir sharoitlarda ularga ko‘mak
berish, doimo bir birini qo‘llab-quvvatlash o‘zbek xalqiga xos tarixan shakllangan
milliy mentalitetning tarkibi qismi bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik;
– ikkinchidan, mustaqillik yillarida sobiq Sovet Ittifoqi hukmronlik qilgan 70
yillik davrda mulkka davlat egaligi, ishlab chiqarish vositalari, ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalarga, mehnatga haq to‘lashning monopoliya tizimiga barham berildi;
– uchinchidan, o‘sha sovet tuzumi davridagi davlat mulkchiligi tugatilib,
tadbirkorlik va kichik biznes sohalariga yo‘l ochilishi kishilariing ijtimoiy
turmushini yaxshilash imkonini berdi;
– to‘rtinchidan, muhtoj oilalarning bozor munosabatlari mohiyatini tushunib
yetishi natijasida, oila daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini qidirishga, to‘q
va farovon hayot kechirayotgan oilalarga tenglashishga intilish kuchaya boshladi;
– beshinchidan, ishonchli ijtimoiy kafolatlarning ta’minlanishi, bozor
munosabatlariga o‘tishdagi qiyinchiliklarni yumshatish va yangi sharoitga
ko‘nikishga ko‘maklasha boshladi;
– oltinchidan, bugungi “Yangilanayotgan O‘zbekiston”da 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harkatlar strategiyasiga muvofiq, davlat muhtoj aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bilan birga, o‘z oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchilarga
qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
2018-yil 3- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «
Dostları ilə paylaş: |