Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish


II BOB. O’zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari va tinish belgilarini qo’llanish qoidalari



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə9/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

II BOB. O’zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari va tinish belgilarini qo’llanish qoidalari.
TINISH BELGILARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI
Punktuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim leksik-garammatik vositalar bilan ifoda qilish mumkin bo‘lmagan tomonlarini ifoda qilishda punktuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi. Punktuatsiya tilshunoslikda uch ma’noda qo‘llanadi: tinish belgilari sistemasi va ularninq qo‘llanish qoidalari haqidagi bilim; tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami; tinish belgilari. Umuman, punktuatsiyaning tekshirish ob’ekti tinish belgilaridir. Punktuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir. O‘zbek tili punktuatsiyasining birinchi asosi o‘zbek tilining grammatik sistemasi nutqning mazmun, intonatsiya va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil qiladi. Bu o‘zbek tili punktuatsiyasining negizidir. O‘zbek tili punktuatsiyasining ikkinchi asosi rus tilining punktuatsion sistemasidir. Bu o‘zbek tilidagi ko‘pchilik tinish belgilarining rus tilidan o‘zlashganligi, rus tili punktuatsiyasining ilmiy va nazariy jihatdan chuqur ishlanganligi, bilan bog‘liq. Punktuatsiya prinspi (tamoyili)–tinish belgilarining qaysi usul va tartibda qo‘llanilishi demakdir.
O‘zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:
1. Logik-grammatik tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.

2. Stilistik tamoyil. Bunda tinish belgilarining qo‘llanishi nutq stili bilan aloqador bo‘ladi.


3. Differensiya tamoyili. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasi (formasi)ni aniqlash (differensiya qilish) bilan bog‘liq. Tinish belgilarining qo‘sh qo‘llanish sistemasi (masalan boshida yoki oxirida ikki qo‘shtirnoqning barobar qo‘llanishi) ham shu tamoyilga a’loqador.
O‘zbek tilida tinish belgilari quyidagi xususiyatlari asosida klassifikatsiya qilinadi:
1. Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra.
2. Qo‘llanish usuliga ko‘ra.
3. Tuzilishiga ko‘ra.
Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uchga bo‘linadi: 1.Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari. 2.Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari. 3.Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga nuqta, so‘roq va undov belgilari kiradi. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilariga vergul kiradi. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqtalar kiradi. Bulardan tire gap boshida va o‘rtasida; ikki nuqta, nuqtali vergul gap o‘rtasida va oxiridaqo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadi. Tinish belgilari qo‘llash usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.
2. Yakka va qo‘sha qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilari yakka va qo‘sha qo‘llanadi. O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma’nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘shaloq qo‘llash hollari ham uchrab turadi. 1.His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-ket qo‘yiladi.
- Axir, ablah, - dedi Yunus, - birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A.Qahhor)

2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. Ey, purviqor tog‘lar! Nega jimsiz, nega!!! ( Cho‘lpon) 3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi.


“Ertaga! – deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi – xo‘sh, ertaga nima bo‘ladi?..” (N.Qilichev) 4.Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin. “Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi”, deb yozgan edi A. Qahhor. Tinish belgilari tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Bir elementli tinish belgilari.
2. Ko‘p elementli tinish belgilari.
Bir elementli tinish belgilariga vergul, tire, nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari ko‘p elementlidir. Tinish belgilarining qo‘llanilishi
Nuqta.Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.
Nuqta o‘zbek tilida quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. His-hayajonsiz aytilgan darak gap oxirida:Og‘irliklarni engmoq mardning ishi. (P.T) 2. Tinch oxang bilan aytilgan buyruq gaplar oxirida:Avval o‘yla, keyin so‘yla. (Maqol) 3. Atov gaplardan keyin: Bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.
4. Shaxsning ismi, otasining ismi qisqartirilganda yozuv texnikasiga ko‘ra nuqta qo‘yiladi: A.Qahhor, Sh. Rashidov, A.S. Pushkin va boshqalar.
5. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng:va sh.k. (shu kabilar), s.t.(so`zlashuv tilida)
6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so`ng ham nuqta qo`yilishi kuzatiladi: 21.03.2010. 7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta ishlatilishi mumkin. Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Unli tovushlar. 2.Undosh tovushlar.

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin