Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko‘pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas


II BOB. 1- 4 -SINFLARDA “TOVUSHLAR VA HARFLAR” BO’LIMINI O’RGANISHDA QO’LLANADIGAN DIDAKTIK O’YINLAR



Yüklə 289,61 Kb.
səhifə5/10
tarix31.12.2021
ölçüsü289,61 Kb.
#112834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko‘pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas

II BOB. 1- 4 -SINFLARDA “TOVUSHLAR VA HARFLAR” BO’LIMINI O’RGANISHDA QO’LLANADIGAN DIDAKTIK O’YINLAR
2.1. Boshlang’ich sinflar darsligida ta’limiy o’yinlarning yoritilishi

Ta’limning asosida jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari turadi. Ta’lim insonning mehnat olamiga samaraliroq kirishini, jamiyat hayotiga qo’shilishini ta’minlaydi. Mustaqillikka erishib, erkin bozor munosabatlari asosida demokratik huquqiy davlat sifatida shakllanish yo’liga o’tgan O’zbekistonda hozirgi bosqichda xalq ta’limi tizimiga, yosh avlodda mustaqillik va faollikni, ishbilarmonlik va tadbirkorlikni shakllantirishga jiddiy e’tibor bermoqda.

XX asr pedagoglari va psixologlarining diqqat markazida o’quvchilarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish, ularni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirish jarayonini uyg’unlashtirish, faoliyat va ongning o’zaro bog’liqligi nazariyasini ishlab chiqish, mustaqil o’quv-bilish ishlari, o’qishni faollashtirish, ta’lim jarayonini optimallashtirish, faol ta’limning shakl va metodlaridan foydalanish kabi muammolar asosiy o’rin oldi.

Darslik – o’quvchilarning kitobi va uning eng muhim qurolidir. U faqat darsda tahlil qilinadigan o’quv materialini o’zlashtirishda o’quvchiga yordam beribgina qolmay, unda mazkur predmetga qiziqish uyg’otish, shu soha bo’yicha mustaqil bilim olish ishtiyoqini ham vujudga keltirishi kerak.

Darslik o’qituvchi uchun ham metodik yo’llanma sifatida xizmat qiladi: tushunchalarni kiritish tartibini, ularni yoritish chuqurligini, kiritilgan o’quv materiallariga vaqtning taqsimlanishini belgilaydi.

Obrazli qilib aytganda, darslik o’qitish jarayonining “ssenariyasi”dir. Unda o’qituvchi o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar, faoliyat usullari qayd qilinadi, bilim va ko’nikmalarni ijodiy qo’llash yo’llari belgilanadi, emotsional – qimmatli qadriyatlarni tarbiyalaydi.

Darslikda ta’limning ana shu barcha mazmuni muayyan tartibda o’quvchiarning ta’lim muvaffaqiyatini ta’minlaydigan bosqichlar bo’yicha joylashtiriladi. Lekin boshlang’ich maktab darsliklari bag’oyat o’ziga xosdir. Ularning hammasida metodik apparat kichkina bo’lib u sinflar sayin asta-sekin vujudga keladi.

1- sinf “Ona tili” darsligida o’yin elementlari bo’lgan o’quv topshiriqlari berilgan mashqlar bor. Quyida shunday mashqlardan namunalar keltiramiz.

2- mashqda rasm va katakchalar berilgan bo’lib, o’quvchilardan rasm nomini topish, katakchalarga joylashtirish so’raladi.
Anjir rasmi qayiq rasmi ayiq rasmi














































7- mashqda esa katakchalardagi harflardan foydalanib oltita so’z hosil qilish va yozish topshirig’i berilgan.



o

t

a

n

o

n

a

k

a

1-sinf darsligida “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganishda sakkizta mashqda o’yin elementlari berilgan. SHuni aytib o’tish joizki, bu darslikda didaktik o’yin turlariga va ularning rangli, turli tuman bo’lishiga alohida ahamiyat berilgan.

2-sinf “Ona tili” darsligi 126-betdan iborat bo’lib,”Tovushlar va harflar” bo’limida quyidagi mavzular o’rganiladi.

- Tovushlar va harflar

- Unli tovushlar va harflar

- Undosh tovushlar va harflar

- Tutuq belgisi

- Alifbo


-So’z va bo’g’in

- Bo’g’in ko’cherish

- Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar

- Aytilishida tushib qoladigan undoshlar

- So’z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar

Darslikda nazariy mavzularni mustahkamlash maqsadida 298ta mashq berilgan. Berilgan mashqlar ichida ta’limiy o’yinga oid alohida o’quv-biluv topshiriqlari deyarli berilmagan. Ta’limiy o’yinlar topishmoqning javobi shaklida berilgan. Quyida mashqlardan namunalar keltiramiz.

12-mashq.


k
















k
Qanoti bor, qoni yo’q

Tuxumi bor, soni yo’q.




y













q
46-mashq.

Qo’shaloq tovoq,

Ichi to’la yog’.

j










a
Bir qop un, uning ichida ustun.
146-mashq. O’ylang, qaysi harflar tushib qolgan?


A

r

r




I

k

k







k

k

i

a

v

v




l

t




l

l

a

h




m

m

a

190-mashq. O’ylang, yangi ism hosil qilish uchun qaysi harflarni qo’shish kerak.










O

s

i

m




A

z

i

z




U

y

g’

u

n

S

a

i

d







X

o

l

i

d




K

a

m

o

l




249-mashqda ham topishmoqlarning javobi o’yin shaklida berilgan.




s




v

Qishda yaxlaydi, yozda eriydi.



d













t
Yozda kiyinadi, qishda yechinadi.

sh










l

Qanoti yo’q uchadi, oyog’i yo’q chopadi.

283-mashq.

Rangi har xil: kulrang, oq.




O’












Oyoqlari – yung paypoq.

Yerda asta yuradi,

Ko’proq suvda suzadi.
292-mashq.








y







ch




k
Yerda asta unadi,

Oftob chiqsa, kuladi.

Bahorning ilk elchisi,

Buni hamma biladi.


2-sinf darsligida ta’limiy o’yin elementlarigina berilgan. Ular ham bir xil tipdagi o’yinlar bo’lib, topishmoqlarning javobini topish shaklidir. Bizningcha, darslikka berilganlardan ko’ra murakkabroq ta’limiy o’yinlarni kiritish imkoni mavjud. Bu ish amalga oshirilsa ta’limiy o’yinlardan foydalanishdagi uzviylik davom ettirilgan, dars va darslikning sifati yana ham oshgan bo’lar edi.

3- sinf darsligida didaktik o’yinlarga e’tibor qaratilmagan. “Tovushlar va harflar” bo’limida bittagina 32- mashqda o’yin elementlari uchraydi. Xuddi shunday holatni 4- sinf darsligida ham ko’rish mumkin.




2.2. Didaktik o’yinlar va ularning turlari

Ilmiy pedagogik va metodik adabiyotlarda didaktik o’yinlar , ta’limiy o’yinlar atamalari parallel qo’llanadi. Bizningcha, bu atamalardan didaktik o’yin atamasi kengroq qo’llanadi. SHuning uchun biz ham didaktik o’yin atamasini qo’lladik.

Didaktik o’yinlar texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega;

Pedagogika fanlari doktori J.G’aniev “Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat” 7turlarga ajratadi. “By o’yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, mehnat,va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi” deb ta’kidlaydi. Metodist T.G’afforova ham dilaktik o’yinlarni ikki turga ajratadi. 1-mazmuniga ko’ra, 2- amalga oshirilish shakliga ko’ra. Mazmuniga ko’ra a) tinch o’yinlar b) harakatli o’yinlar v)aralash o’yinlar. Imalga oshirish shakliga ko’ra a) masobaqa o’yinlar b) sahna o’yinlar.8

Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdaga qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda komp’yuter vositasidagi didaktik o’iinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda.
Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi.

Didaktik o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.

Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni funktsional, mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tapbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo’ldi.

Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQSH da, so’ngra boshqa g’arb mamdakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.

Didaktik o’yinlarning yana bir turi - aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.f.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi:

- muammoli vaziyat yaratish;

- g’oyalarni shakllantirish;

- eng yaxshi g’oyalarny tekshirish, baholash va tanlash. Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni yechish bo’yicha iloji boricha ko’p, ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg’uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi.

Didaktik o’yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o’yin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik talablari qo’yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo’lishi lozim.

Bundan tashqari har bir didaktik o’yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga rioya qilishning o’ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi.

Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari:

— ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar uchun o’yinlar;



  • ishtirokchilar soni bo’yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o’yinlar;

— o’yin jarayoni bo’yicha-fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar;

  • vaqt me’yori bo’yicha dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’iin maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar.

Har bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga xos vositalar turlari qo’llaniladi va mashg’ulot jarayonida ulardan to’g’ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

— kantselyariya tovarlari-turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skotch, flomasterlar, ruchka, qalam, chizg’ichlar, qaychi, yelim va boshqalar;

— texnika vositalari-proektor, mikrofon, kompьyuter, videokamera, videomagnitofon, televizor va boshqalar;

—o’quv asbob-uskunalari-o’quv laboratoriya va ustaxona jihozlari, o’lchov asboblari, o’quv priborlari, moslama, mexanizm, modelь va boshqalar;

—mahalliy va tabiiy materiallardan taiyorlangan vositalar.

Didaktik o’yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. CHunki didaktik vositalarning sifati, ko’zda tutilgan maqsadlarga mosliga, qulayligi va ulardan to’g’ri foydalanish mashg’ulotlar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Maktabda har bir o’qituvchi ayrim turdagi didaktik o’yin mashg’uloti o’quv materiallarini amalda qo’llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatning ajralmas qismi hieoblanadi. Bunda o’qituvchilar o’z mutaxassislik fanlari bo’yicha o’zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik o’yin turlaridan foydalanib o’tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg’ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o’tkazib borilishi tavsiya qilinadi.


Yüklə 289,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin