Boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishi 9-11 btus-19guruh talabasi “ona tili o’qitih metodikasi”


-sinf Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish



Yüklə 41,24 Kb.
səhifə7/8
tarix25.01.2023
ölçüsü41,24 Kb.
#122558
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu 1-sinf ona tili va o\'qish hilola

2.2. 1-sinf Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish
Chiroyli so`zlashni, savodli, to`g`ri yozishni, o`z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o`quvchi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o`zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo`lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Nutq orqali odamzot o`zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to`la rivojlangan yoki shakllangan bo`lavermaydi. Boshlang`ich sinflardagi o`quvchilar nutqidagi kamchiliklar o`qituvchi va logaped yordamida bartaraf etiladi va turli yo`llar bilan rivojlantirilib boriladi. O`quvchilar yuqori sinflarga chiqqandan keyin e’tibor bergan bo`lsangiz aziz o`qituvchilar: ayrim o`quvchilar bilib turgan narsasini ham aytib bera olmay qiynaladi. Mana shunday holatlarda o`qituvchi o`sha o`quvchini e’tiborsiz qoldirmasdan sekin yo`naltiruvchi savollarga tutib, u bilan biron bir mavzuda suhbat qurishga harakat qilishi kerak. Darsingizning ozgina qismini dialog shaklida didaktik tarbiya berishga sarflang.
Masalan: - Siz ertalab turib nima qilasiz? --Dasturxon atrofida qayerda o`tirasiz? –Nonushtani kim birinchi bo`lib boshlab beradi? Kabi suhbat quring. Faqatgina bu bilan ish bitmaydi. O`quvchining endi lug`at boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak.
“… Doim bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ta’lim har xil usullarda uyushtirilganda o`quvchi turli gullar ochilgan bog`da yurganga o`xshaydi, ularga qiziqadi, ko`rishni istaydi”—Abu Rayhon Beruniy fikrlari.
Men ham iloji boricha buyuk bobokalonimiz fikrlarini inobatga olib o`quvchilar og`zaki nutqini rivojlantirish uchun ona tili darslari va to`garakda har xil topshiriqli usullardan foydalanishga harakat qilaman. Men hozir sizga taqdim qilmoqchi bo`lgan usulim dam olish daqiqasida o`quvchilar tafakkuri va og`zaki nutqini rivojlantirish uchun o`tkazilsa ham bo`ladi.
“Zinama-zina” usuli. O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, 1 daqiqa ichida bir xil harf bilan boshlanadigan va har bir pog`onada harflar soni bittadan ortib boradigan 6 ta so`z yozish topshiriladi.
“Piramida” usuli. Bir xil harf bilan boshlanib, bir xil harf bilan tugaydigan va harflar soni bittaga ortib boradigan so`zlardan piramida qurish sharti 1 daqiqa ichida to`g`ri bajarish talab qilinadi.
O`quvchilarda paronim so`zlarni farqlash, so`zlarning ma’nolarini to`g`ri qo`llay olish malakalarini oshirishda “So`zlarga mos gap tuz”usulidan foydalanish juda qo`l keladi. Bunda avvaldan tayyorlab qo`yilgan paronim so`zlar juftligi yozilgan biletlar tarqatiladi.
Bunda o`quvchilar tarqatmada berilgan paronim so`zlar ishtirokida gap tuzishlari kerak bo`ladi. Masalan: Bobur shoh va shoir edi. Daraxt shoxi egilib turardi. Ushbu usuldan tutuq belgili va belgisiz so`zlarni farqlashda ham foydalanish mumkin.
“Payrovlar” o`yini. Ushbu o`yin orqali o`quvchilarning nutqiga o`z-o`zidan ibora, maqollar sekin-asta kirib boradi. Ibora, maqol kabi xalq og`zaki ijodi na’munalari nutqimiz ta’sirchanligini oshiradi. Bu o`yinni o`tkazish uchun kichik guruhga oldindan tanlangan ibora yoki maqollar dars boshida beriladi. Bu o`yinni qo`llashda o`quvchilarga shior qilib Adabiyotshunos olim Ro`zmin Keldiyorovning “Ehtiyot bo`ling qalb bor” degan da’vatini qo`llash juda o`rinli bo`ladi. S
Masalan:
1.Burnidan baland gapirib bo`lmaydi.
2.Tish bergan rizq ham beradi.
3.Tishga bosgulik nima bor?
4.Tishining kovagida saqlab yurgan.
5.Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar.
6.Yo`q joydan yo`ndirib.
7.Quyonning rasmini chizdi.
Bu iboralarni qatnashtirib o`quvchilar dialogik matn yaratadilar.Bu jarayonni biz “Ona tilim – jon-u dilim” to`garage qatnashchilari bilan birgalikda ko`rsatib beramiz.
---Sanobar!
--- A, labbay!
---Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz. Tish bergan rizq beradi, deb.
---Tishga bosgulik nimangiz bor?
---Sanobar, Intizor opadan chiqadi, kechagiday tishining kovagida saqlab yurgan shokaladlari.
---Sizlar uchun topamiz-da yo`q joydan yo`ndirib. Qizlar, kecha Muborak quyonning rasmini chizdi.
---Ajab bo`ldi, kecha unga ozgina qattiqroq gapirgan edim.
---Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar, shirin shokaladlardan quruq qoldi
---Kecha ishim chiqib bir marta ketganimga shunchami?
---Ana ko`rdingizmi hozirgi yoshlarning burnidan baland gapirib bo`lmaydi.
O`quvchi bilan samimiy suhbat, do`stona hazil-mutoyibadan qochish kerak emas deb o`ylayman. Qancha ko`p suhbatlashganimiz sari ham o`quvchi shaxsiga yaqinlashamiz, ham nutqini rivojlanishiga erishamiz. Shu bilan birga odob doirasidagi suhbatimiz, samimiyligimiz bilan shaxsiy na’muna bo`lamiz.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, ko’rsatmalilik o’quvchilar bilimini oshirish va o’qituvchining mehnatini samarali qilish vositalaridan biridir.
Ko’rgazmali quroldan yangi bilim berishda ham, o’tilganlarini qaytarish va ayrim faktlarni izohlashda ham foydalanish mumkin. Ko’rgazma sifatida turli jadvallardan, boshqotirmalardan, fikrlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan o’quv topshiriqlaridan, kompyuterda ishlashga yo’naltirilgan dasturlardan, audiyo-video o’quv dasturlaridan foydalanish mumkin.
O’zbek tili o’qitishning o’ziga xos prinsiplari - Til o’qitishda tabiiylikka rioya qilish.
Maktabda til o’qitish maktabgacha tilni o’zlashtirish jarayonining tabiiy davomi bo’lishi kerak. Tilni o’qitishda tabiiylik prinspiga amal qilishda o’quvchilarning boshlang’ich sinfda olgan bilimlarini hisobga olish, til materiallarini jonli nutq tarkibida o’rgatishga e’tibor berish lozim bo’ladi.

  • Yozma nutqni og’zaki nutqqa chog’ishtirib o’rgatish.

Og’zaki va yozma nutqni o’zaro chog’ishtirib o’rgatish o’quvchilarning imlo savodxonligini oshiradi, ular orfoepik va orfografik qoidalarning farqlarini ongli ajratadigan bo’ladi. Bunday o’qitish o’quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Bu prinsp quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: tovushni harf bilan chog’ishtirish, punktuatsiyani ohang bilan chog’ishtirish, og’zaki mashqdan yozma mashqqa qarab borish.

  • O’quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirib borish prinsipi.

Nutqning ifodaliligi va ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikma va malakalar ona tili mashg’ulotlarida shakllanadi. Tilning barcha bo’limlari ham nutqiy mahoratni rivojlantirishda keng imkoniyatga ega.

  • Til bo’limlari va ular orqali ifodalangan ma’nolarni ajratish.

O’quvchilar tilni yaxshi egallashlari uchun uning fonetikasini puxta bilishlari lozim. Fonetik qoidalar esa talaffuz meyorlarini belgilashda muhim o’rin tutadi. Fonetikani yaxshi o’rgatish imlo, leksikologiya va grammatikani yaxshi o’rgatishga ham yordam beradi.

  • O’quvchilarda yoshlikdan “til sezgirligi” tuyg’usini shakllantirish.

Bu qobiliyat tufayli o’quvchilar har bir so’z va shaklni o’zidagi mavjud bilim va malakalar yordamida tez uqib, ularni amaliy nutqqa tadbiq etadilar.

  • O’quvchilarning yozuv madaniyatini, savodini uzluksiz oshirib borish.

O’quvchilarning orfografiya va punktuatsiyaga doir bilim-malakalarini oshirish uchun og’zaki va yozma nutq doimo qiyosiy ravishda o’rganilishi kerak. Masalan, tinish belgilarini to’g’ri qo’yish uchun oquvchi gapning sintaktik qurilishini yaxshi bilishdan tashqari nutqning ohang tomonini ham fahmlay olishi zarur.


Yüklə 41,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin