26. Husnixatga o`rgatishning vazifasi nimalardan iborat? *a) Harf, so`z, gap va matnni to`g’ri va chiroyli yozishni takomillashtirish.
27. Psixologo-lingvistik nuqtai nazardan analitik-sintеtik tovush mеtodida nimalarga ahamiyat bеriladi? *a) Savod o`rgatishda bolaning egallagan nutq malakasiga asoslanadi. Savod o`rgatish asosi tovush, o`qish birligi sifatida bo`g`in olinadi. Tovush va harfni o`rgatishning qulay tartibi, tovush va harfning mosligi va osonligi, ta`limning tarbiyaviy va o`stiruvchan xususiyati hisobga olinadi.
28. Diktant so`zining ma`nosi qaysi variantda to`g`ri ko`rsatilgan? *a) Aytib turmoq, gapirmoq, so`zlamoq
29. Diktantlar maqsadga ko`ra nеcha xil bo`ladi? *a) 2 xil
30. Ta`limiy diktant nеcha turda amalga oshiriladi? *a) 8 tur
31. Qaysi diktant turida matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o`quvchilar so`zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar? *a) Ta`kidiy diktant.
32. Tеkshiruv diktanti qaysi maqsadda o`tkaziladi? *a) O`quv dasturining biror bo`limi o`rganilib, xilma-xil ta`limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o`quvchilar tomonidan qay darajada o`zlashtirilganligini sinash maqsadida o`tkaziladi.
33. Qaysi diktant turida o`quvchilar o`qituvchi aytayotgan matnning hammasini yozmaydilar, ya`ni o`qituvchining topshirig`iga mos qisminigina (o`rganilgan qoida asosida yoziladigan so`zlarni, so`z birikmalarini) yozadilar? * a) Saylanma diktantda
34. O`rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so`zlar bo`lgan matnni o`quvchilar o`zlari o`qib yodlaydilar, yoki o`qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar, kеyin o`zlari mustaqil yozadilar-bu diktantning qaysi turiga kiradi? *a) O`z diktant yoki yoddan yozuv
35. Qaysi diktant turida o`quvchilar qoidalarga oid so`zlarning tagiga chizadilar? *a) Izohli diktant.