Boshlang'ich va uzluksiz ta'lim pedagogikasi fanidan oraliq nazorat savollari



Yüklə 282,5 Kb.
səhifə1/9
tarix10.08.2022
ölçüsü282,5 Kb.
#117516
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogikadan savollar


BOSHLANG'ICH VA UZLUKSIZ TA'LIM PEDAGOGIKASI FANIDAN

ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI


1.Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyotl va yangilanish sari.
-Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Undan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli bo‘lsin. Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning barqaror taraqqiyoti uchun mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o‘z faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas’uliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir.Bugun taraqqiyotning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari mikroiqtisodiy natijalar hamda jamiyat turmush tarzi bilan moslashmoqda. Odamlarning orzulari ularning imkoniyatlariga mos bo‘lmoqda. Arzon uy-joylar, tibbiy, farmatsevtik, ijtimoiy xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda.Boshqaruv tizimida insoniy yondashuv ustuvor talabga aylanmoqda. Xalq bilan muloqot tizimi, xonadonma-xonadon yurib odamlarning muammolarini yechish, hamkorlik va real ko‘mak taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.O‘zbekiston mehr-oqibatni, ezgulikni, bunyodkorlikni hurmat qiluvchi mamlakat. Harakatlar strategiyasining nazariy asosi ham davlatimizning mana shu ustuvor siyosatini ifoda etadi.
2.Ta'lim tizimi va turlarri Ta'lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat
• davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;
• ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
• ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli
darajadagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi turlarini o‘z ichiga
oladi:
1.Maktabgacha ta‘lim - Mazkur ta‘lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. U o‘quvchilikka intilish hisi uyg‘otiladi va uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi.
2.Umumiy o‘rta ta‘lim- Umumiy o‘rta ta‘lim bosqichlari quyidagilar:
A)Boshlang‘ich ta‘lim(I-IV sinflar).
B)Umumiy o‘rta ta‘lim(I-IX sinflar). Bu ta‘lim umumiy o‘rta ta‘lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma asoslarini, savodxonlik tartib toptirishga qaratilgandir.
3.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi- O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta‘lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
4.Oliy ta‘lim- Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi. Oliy ma‘lumotli
mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy
maktabning boshqa ta‘lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi asosida amalga
oshiriladi.
5.Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarini tayyorlash.
6.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
7.Maktabdan tashqari ta’lim.
3.Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. ("Ta'lim to'g`risida"gi Qonun”).
-таълим- тарбиянинг инсонпарвар, демократик характерда эканлиги;
-таълимнинг узлуксизлиги ва изчиллиги;
-умумий ўрта, шунингдек, ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг мажбурийлиги;
-ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг йўналишини: академик лицейда ёки касб-ҳунар коллежида ўқишни танлашнинг ихтиёрийлиги;
-таълим тизимининг дунёвий характерда эканлиги;
-давлат таълим стандартлари доирасида таълим олишнинг ҳамма учун очиқлиги;
-Таълим дастурларини танлашга ягона ва табақалаштирилган ёндашув;
-Билим бўлишни ва истеъдодни рағбатлантириш;
-Таълим тизимида давлат ва жамоат бошқарувини уйғунлаштириш

4.O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan Harakatlar Strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishlari


2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
1)davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida — davlat xizmatining nufuzi va samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mustaqilligini oshirish, markaziy organlarning ayrim vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, ularning sifati va tezkorligini tubdan oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
2)qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida — fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyani tashkil etish orqali yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qilish, vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul xizmatining statsionar postlari sonini optimallashtirish;
3)iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida — faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish;
4)ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida — ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmog‘ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirish, “iste’mol savatchasi”ni aniqlash, ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;
5)xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida — O‘zbekiston Respublikasining yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qabul qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish.

5.Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.


Pedagogika fanining maqsadi:
-Respublikamizda barkamol avlodni voyaga etkazishning bir butun xolatidagi muammolarini hal qilish;
-ta'lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
-umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
-pedagogika - tarbiyashunoslik qoida - qonunlarini ilg'or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo'llash tadbirlarini belgilash;
-uzluksiz ta'lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish;
-"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni amalga oshirish va h.k.
Pedagogika fanining vazifalari:
-Sharq va G'arbda xalq yaratgan og'zaki ijodiyoti, ya'ni xalq pedagogikasi, mutafakkirlar, ma'rifatparvarlar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg'or g'oyalarini o'rganib, tahlil qilib, barkamol shaxsni tarbiyalash jarayoniga tatbiq etish;
-komil insonni tarkib toptirishning qonuniyatlari va zaruriy sifatlarini aniqlash;
-pedagogikadagi ta'lirn - tarbiya nazariyasini xozirgi va xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga amal qilish;
-ta'lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini ta'lim muassasasi amaliy hayoti bilan bog'lab, bo'lajak iqtisodchi o'qituvchilar va mutaxasislarga o'rgatish;
-ta'lim muassasasini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o'rganib bo'lajak o'qituvchilar va mutaxassislarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish va h.k.
6.Pedagogika faninig asosiy tushunchalari (kategoriyalari).
Tarbiya – o`sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e`tiqod, burch va mas`uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos bo`lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so`zi ko`p vaqtlarda ta`lim, ma`lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta`lim va ma`lumot natijalarini o`zida aks ettiradi.
Ta`lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o`tkaziladigan, o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish qobiliyatlarini o`stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Agar tarbiya bola tug’ilganidan boshlab, umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta`sirida shakllansa, ta`lim chegaralangan (masalan: sinf xonasi, laboratoriya xonalar) joyda tashkil etiladi. O`qituvchi-tarbiyachi rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.

Yüklə 282,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin