Boshlang'ich va uzluksiz ta'lim pedagogikasi fanidan oraliq nazorat savollari



Yüklə 282,5 Kb.
səhifə5/9
tarix10.08.2022
ölçüsü282,5 Kb.
#117516
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogikadan savollar

22.Darslikdagi o'quv materiallarini tizimlashttrish tamoyillari. Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o‘rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.


  • Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o‘rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.

  • Darslikning asosiy matni – bu ta’lim oluvchi tomonidan o‘rganilishi va o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan o‘quv axborotining asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi.

  • Darslikdagi qo‘shimcha materiallar. Bu matnlar – asosiy matnda bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv materialini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlar kiradi. Qo‘shimcha matnlar o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga ijodkorlikka undovchi va tarbiyaviy funksiyalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

23.Pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillari.


Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob‟ektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi m’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog‘langan, nima bilan u bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatadi.
Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda
ko‘plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniYatlarning Yagona tasnifi
mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba‟zilarini ko‘rib o„tamiz.
I. P. Podlasыy tasnifi bo‘yicha:
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini,
ularning ko‘ptomonlama o‘zaro ta‘sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli
turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
Tarbiya va Shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ekti (shaxs) bir paytning o‘zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muvafaqqiyatli amalga oshadi, Ya’ni Shaxs o‘zining faol xulq atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘zaro harakatida kechadi.
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shaxslararo aloqalarning intensivligi va boyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining
keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi
muvafaqqiyatiga bog„liq bo„ladi.
Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji
darajasi va sur’ati:
 irsiyat;
 tarbiya va o„quv muhiti;
 pedagogik ta‟sir etish usul va vositalarining qo‘llanishiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonunyati – pedagogik ta‘sirning
samaradorligi:
 ta‟lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning
intensivligi;
 ta’lim oluvchilarga ko„rsatiladigan korreksiyali ta’sirlarning
asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi
qonuniyati – o„quv-tarbiya jarayonining samaradorligi:
 hissiy idrokning sifati va intensivligi;
 idrok etilganning mantiqiy anglanishi;
 anglanganning amaliy qo„llanilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi (pedagogik) va ichki (bilish) faoliyatning birligi qonuniyati
pedagogik jarayonning samaradorligi:
pedagogik faoliyatning sifati;
 tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o„quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart qilib qo„yadi.
M. Kodjaspirov bo‘yicha:
Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog‘liqligi.
Inson tabiati bilan bog‘langanlik qonuniyati:
 Shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli;
 ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o‘ziga xosliklariga bog‘liqligi.
Tarbiviy jarayon mohiyatning shartlanganlik qonuniyati:
 tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi;
 o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi.
M. Kodjaspirovning mazkur tasnifi K. Babanskiyning tasnfiga juda yaqin
bo‘lib, pedagog olima A. S. Kaldыbekovaning fikricha, yagona pedagogik
jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik YU. K. Babanskiy tomonidan sodda va
tushunarli ochib berilgan. Shuning uchun u o‘zining “Pedagogika teoriyasi” nomli
o‘quv qo‘llanmasida pedagogik jarayonning quyidagi ettita asosiy qonuniyatini
sanab o‘tgan:
1. Ta‟lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshadi.
2.Tarbiya, o‘qitish, ma’lumot va rivojlanishning o„zaro bog‘liqligi qonuniyati.
3. Tarbiya va o‘zini-o„zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.
4.Ta‟lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli
qonuniyati.
5. Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
6.Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o„zaro aloqadorlik qonuniyati.
7. Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o„zaro aloqadorlik qonuniyati.
Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba‟zi pedagoglar ularni qonuniyat sifatida e‟tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta‟kidlab o’tilganidek, qonuniyatlar ob’ektiv, eng muhim, barqaror, o„zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga
nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar (prinsiplar) deb ataymiz.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasniflari adabiyotlarda o’z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o‘rganib chiqilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko‘rish mumkin. Shu sababli biz quyida ko‘pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Yu.K.Babanskiy,
B.T.Lixachev) tasnifini berishni ma’qul deb topdik.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo‘yicha tasnifi:
Pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligi;
Ta‟lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;
Ta‟lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik;
Tizimlilik va ketma-ketlik;
Onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta‟lim oluvchilarning ijodkorligi;
Ta‟lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi;
Ta‟lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;
Ko‘rgazmalilik;
Ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;
Ta‟lim va tarbiyaning qo„lay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;
Sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;
Tarbiyaga kompleks yondashuv.
B. T. Lixachev tasnifi:
O‘quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy-qadriyatli maqsadga yo‘nalganligi;
Ta’lim oluvchilar faoliyatining turli turlarining o’zaro harakatini tashkil etishga kompleks yondashuvni amalga oshirilishi;
Butun o‘quv-tarbiyaviy ishlarning hayot bilan bog‘liqligi;
Ta’lim va tarbiya jarayonida har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish, jamoada ta’lim va tarbiya;
Ta‟lim oluvchilarga talabchanlik va hurmatning birligi;
Ta‟lim oluvchilar hayotiga rahbarlik qilishda ularning tashabbuskorliklarini hisobga olish;
Barcha ta‟lim oluvchilar hayotini estetizatsiyalash;
Ta‟lim va tarbiyaning boshqaruvchilik roli;
Ta’lim oluvchilarning bilish, mehnat va boshqa faoliyatlarini 
rag‘batlantirishni hisobga olish, ularda ishga bevosita qiziqish uyg’otish orqali axloqiy-irodaviy kuchini faollashtirish;
Ta‟lim oluvchilarda barcha turdagi fikrlashni rivojlanishini hisobga olish, ketma-ketlik va tizimlilik;
Ko‘rgazmalilik;
Tushunarlilik;
Sababiylik.
Umuman olganda, yagona pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlarining
umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ta’lim va tarbiya jarayonining
samaradorligiga xizmat qiladi.

24.Didaktika haqida tushuncha. Didaktika ob'ekti va predmeti


Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir.

25.Didaktikaning asosiy kategoriyalari.


Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar xam muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo’llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • ta`lim – o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini ustirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;

  • dars – bevosita o`qituvchi rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli;

  • bilim olish – idrok etish, urganish, mashq kilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

  • ta`lim jarayoni – o`qituvchi va o`quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.

  • O`quv fani – ta`lim muassasalarida o‘qitilishi yulga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.

  • ta`lim mazmuni – davlat ta`lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma`lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha ‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llaniladi.

26.Ta'lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlari.



Yüklə 282,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin