Boshqaruv strukturasini aniqlovchi belgilar to’g’risida


Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yakkaboshchilik usuli



Yüklə 22,82 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2022
ölçüsü22,82 Kb.
#121195
1   2   3
Hujjat (1)

Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yakkaboshchilik usuli.

Boshqaruv qarori – bu rahbarning tanlovi, nimagaki egallab turgan lavozimida ko’rsatilgan majburiyatlarni bajarish.


Boshqaruv qarorining maqsadi – tashkilot oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash.
Qaror – bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir.
Boshqaruv qarori – har bir boshqaruv vazifasining boshqaruv mehnatidagi oraliq va oxirgi mahsuloti, har bir vazifada tasniflash qirralari aks etgan.
Shaxsiy fikrning natijasi bo’lib, rahbarning o’z bilimiga, tajribasiga tayangan holda maqsad va qiymatni ko’zlab muammolarni hal qilishidir.
Muammolarni yechish texnologiyasiga ilmiy asoslangan usullar va modellardan foydalanish yo’li orqali bosib o’tilgan tajriba yo’llari va vaqt orqali tekshirilgan, tajribadan o’tgan yo’l bilan erishiladi

  • Sub’ektiv

  • Obyektiv

Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar
Muayyan vazifani yuklatishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim.
Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin, bu yerda gap boshqarishning barcha bo’g’inlarida huquq va javobgarlik ko’lami nisbati to’g’risida boryapti.
Bir biri bilan aloqador bo’lishi. Huquq va javobgarlik. Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa sotsial qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi lozim. Ilmiy asoslangan bo’lishi lozim. Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo’l qo’ymaslik kerak. Axborotlar bilan ishlash vaqtni tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini obyektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’linmaydi

  1. Aniq va to’g’ri bo’lishi kerak

  2. Vaqt bo’yicha qisqa bo’lishi kerak

  3. Vaqt bo’yicha aniq bo’lish kerak

Qaror qabul qilishda umumiy boshqaruv deganda, qaror qabul qilish jarayoni bitta umumiy rahbar qo’lida deb tushuniladi. U esa o’z navbatida yuqori rahbarga boʻysinadi. Bu yerda, qarorni qabul qilishda iyerarxiya hosil bo’ladi, ya’ni har bir rahbar o’zining rahbari bilan maslahatlashadi. Qaror qabul qilish qoidalari yoki normativlari odatda firmaning o’zida ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Bu qoidalarda aniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishda kerak bo’lgan harakatlar ko’rsatiladi. Bu qoidalarning maqsadi har xil bo’linmalarni o’zaro muvofiqlashtirish. Bu qoidalar 3 turga bo’linadi:

  • operativ,

  • strategik,

  • Tashkiliy.

Operativ qoidalar – bu o’rta boshqaruv zvenolarda ishlatiladigan har hil instruksiyalar.
Strategik qoidalar – bu ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini aniqlash, xizmat turini aniqlash, narxlar o’rnatish usullari, sotish shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari kiradi.
Tashkiliy qoidalar mahalliy yoki davlat qonunlariga asoslanadi. Bunga firma faoliyatining maqsadi va xarakterini aniqlash, uni davlat tashkilotlari bilan munosabati, firma nizomi, xuquqiy shakllari kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
Bu qoidalar firmaning egasini, uning xuquqi va javobgarligini, dividendlar o’lchovini, yuqori boshqaruvchilarning maoshi va premyeralarni, oklodlar sxemasini, kapital quyilmalar limitini va boshqalarni belgilaydi. Rejalar boshqarishning qarorlarini qabul qilishda har xil bo’linmalarning faoliyatini o’zaro mavofiqlashtirish vositasidir. Ikki tomonlama qarorlar qabul qilishda bir sathdagi rahbarlarni yuqoridagi rahbarlar bilan maslahatlashmasdan individual harakatlar natijasida qabul qilingan qarorlar.
Qarorni amalga oshirish bosqichida esa qarorni chuqurroq aniqlashtirish va uni ijrochilarga yetkazish, qarorni bajarilishini nazorat qilish, zarur bo’lsa ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish, qaror bajarilishi natijasida olingan natijalarga baho berish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yüklə 22,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin