Boshqaruv strukturasini aniqlovchi belgilar to’g’risida



Yüklə 22,82 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2022
ölçüsü22,82 Kb.
#121195
  1   2   3
Hujjat (1)

Variant №24



  1. Boshqaruv strukturasini aniqlovchi belgilar to’g’risida.

  2. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida menejment faoliyatini yuritish

  3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yakkaboshchilik usuli.

1.Boshqaruv strukturasini aniqlovchi belgilar to’g’risida.


Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari malum:
Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari.
CHiziqli (pogʻonali) struktura
CHiziqli shtabli struktura
Funktsional struktura
CHiziqli funktsional struktura
Dasturli maqsadli struktura
Organ – bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa tashkilotdir. Boshqarish organ esa ijtimoiy meҳnat taqsimoti, xususan boshqaruv meҳnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo`jaligini boshqarish uchun ko`p tarmoqli boshqaruv organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy vakolati organlar bo`lib tarkibi quyidagilardan iborat:

  • Respublikaning umumdavlat organlari

  • Qonun chiqaruvchi Ijro etuvchi Sud

  • Organ organ organlari

Boshqaruvning eng tepasida Prezident turadi. Bosh Qomusimizning 89-moddasida shunday deyilgan:
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshliғidir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Maxkamasining Raisi ҳisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi xokimiyati amalga oshiradi, xududiy saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat.
Boshqaruvning tarkibiy tuzilishining asosini organlari tashkil etadi. Respublikamizda boshqarishning tarmoq organlariga vazirliklar, davlat ko`mitalari, kontsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsortsiumlar va b. Kiradi. Ular boshqaruv tizimining ishtiroqchisidir.
Vazirlik – bu o`ziga tegishli tarmoqning xo`jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo`ғinidir:
Vazirlik:
Tarmoqning axvoli, uni yanada rivojlantirish;
Fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi;
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifati va uning raqobatbardoshlini;
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga bo`lgan ichki va tashqi talabni qondirish uchun maosuldir.
Davlat ko`mitalari – bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanishga raxbarlik qilishga mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlardir.
Kontsern – bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o`zgarishi, xilma-xilligining ko`payishi) asosan tarkib topadigan yirik, ko`p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, bank soxasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Uyushma (ittifoq) – bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko`ngilli jamoat birlashmalaridir. Bunday uyushmalar o`z faoliyatini muvofiqlashtirish, manfaatlarini ҳimoya qilish va yagona ilmiy-texnik siyosatini taominlash maqsadida respublika xududida keng tarmoq yozgan. Bunday birlashmaga misol qilib:

  • O`zbekiston respublika savdo-xarid uyushmasi “O`ztayyorlosavdo” (05.08.1994);

  • “Oziqovqat sanoati” va “YOғ moytamaki sanoati” uyushmalari (26.09.1994);

Assotsiatsiya – bu korxonalarning paychilik asosida ko`ngillik birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish – xo`jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiya tarkibiga, odatda muayyan xududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Korporatsiya – bu rivojlangan yirik aktsionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalar negizi aktsioner jamiyatlari ҳisoblanadi. Ular bir xil maxsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi.
Kortsortsium – bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyixala, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni ximoya qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir.
Kontsortsium o`ziga xos xususiyati – mustakil yuridik sherik bo`lgan xar bir ishtirokchi korxona bilan bitim tuzilishidadir.
Xolding kompaniyasi- bu eng avvalo moliyaviy jamғarma bo`lib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi.
Milliy kompaniya – bu noishlab chiqarish tarmoqlar,. Ijodiy jamoalar, transport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aktsionerlik asosida ko`ngilli birlashmasidir.

  • O`zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:

  • “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi;

  • “O`zbekiston xavo yo`llari” O`zbekiston milliy aviokompaniyasi;

  • “O`zbekkino” davlat aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi.

Korxona yuridik shaxs xuquqlariga ega bo`lgan xo`jalik suboekti bo`lib, o`ziga tegishli yoki to`liq xo`jalik ҳisobidagi mulkdan foydalanish asosida maxsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko`rsatadi deb taokidlangan.
Firma – bu korxonadan farqi o`laroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soxalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
Boshqarish tuzilmalari oddiy va ixcham bo`lishi kerak. Boshqarish masalalari tezkor xal etilishi lozim. Boshqarish zvenolarining soni eng kam miqdorda bo`lishi maoqul.
Ҳisob-kitoblar shuni ko`rsatadiki, qo`l ostidagilar soni 5 kishi bo`lganda, raxbar 100 xil aloqaga; 6 kishida 222,7 kishida 400 va shunga o`xshash aloqalarda bo`ladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, bir raxbarga 5-6 xodim to`ғri keladi.
Ғarb adabiyotlarida “strukturani takomillashtirish” iborasi umuman qo`llanilmaydi. Uning o`rniga:

  • Strukturaga o`zgartirish kiritish;

  • Strukturani almashrishi;

  • Strukturani tanlash;

Strukturani intergatsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.Strukturaga o`zgartirish kiritshi va uni almashtirish – bu jaҳon amaliyotidagi doimiy jarayon bo`lib, xar qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlardan ҳisoblanadi. Bunday o`zgarishlarning bosh omili – bu ilmiy texnika taraqqiyoti va kuchli rakobatdir. AQSH firmalarida, Ғarbiy Evropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o`rtacha xar 3-5 yilda almashtirilib turiladi.Menejment meoyorini tanlashda yana quyidagilar taosir ko`rsatadi: Echilayotgan masalalarning murakkabligi va bir xilligi, ularni axamiyat darajasi, insonni jismoniy xolati tashkilotda qabul qilingan menejment usuli va boshqalar.Ikkinchi gurux omillari firmaning tashkiliy tarkibiini tanlashda va shakllantirishda birlamchi bo`lib xizmat qiladi.Menejment nazariyachilari “strategik-tarkib” munosabatilariga ustivorlik beradilar. Izlanishlar shuni ko`rsatadiki, xozirgi zamon menejmentida tartib ko`rilishini eng asosiysi firmaning quyidagi uchta turdagi strategiyasini tanlab olishga boғliq: innovatsion strategiyasi, xarajatlarni qaytish strategiyasi yoki xar ikkala ilgarigi strategiyalarni asosiy belgilarini qamrab oluvchi strategiya.

2.


Yüklə 22,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin