Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.
Buddizm asoschisining shaxsi
Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.
Taʼlimoti
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:
axloq;
meditatsiya;
donolik.
Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):