Buxgalteriya hisobi va audit


MAVZU YUZASIDAN TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

MAVZU YUZASIDAN TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1.“Monetar siyosat” tushunchasining mazmunideganda nimani tushunasiz? 
2. Monetarizm pul-kredit konsepsiyasining mohiyati nimalardan iborat?
3. J.M. Keynsning pul-kredit konsepsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
4. Tobinning portfelli tahlil nazariyasi nimalardan iborat ? 


18 
Mavzu:Monetar siyosat instrumentlari va ularning amal qilish mexanizmi
(4 soat) 
REJA: 
1. Monetar siyosatning an’anaviy instrumentlari:majburiy zaxira siyosati
2. Ochiq bozor siyosati,valyuta siyosati, 
3. Depozit siyosati,monetary siyosatning noan’anaviy instrumentlari 
Tayanch so’z va iboralar:
monetar siyosat, valyuta siyosati,ochiq bozor 
siyosati,depozit siyosati,milliy valyuta,chet el valyutasi. 
Markaziy bank Boshqaruvi Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankida depozitga qo‘yiladigan majburiy rezervlari normativlariga o‘zgartirishlar kiritdi. 
Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 1 iyuldan e'tiboran tijorat banklarining O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankida depozitga qo‘yiladigan majburiy rezervlari 
normativlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Majburiy rezervlash 
instrumentining samaradorligini oshirish va tijorat banklari tomonidan qisqa muddatli 
likvidlikni boshqarish sharoitlarini yengillashtirish maqsadida 2019 yilning 1 iyulidan 
boshlab majburiy rezerv normativlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:- tijorat 
banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan milliy valutadagi 
depozitlari uchun 4 foiz hamda chet el valutasidagi depozitlari uchun 14 foiz miqdorida 
majburiy rezerv normativlari belgilanmoqda;- majburiy rezervlarning normativ 
miqdoriga nisbatan 0,25 o‘rtachalash koeffitsiyenti o‘rnatilmoqda. Majburiy 
rezervlarning
normativ miqdoriga nisbatan o‘rnatilayotgan o‘rtachalash koeffitsiyenti 
Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezerv miqdorining 25 foizini 
banklarning vakillik hisobvarag‘ida qoldirishga ruxsat etiladi. Bunda, tijorat 
banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i qoldig‘ining saqlash davridagi 
o‘rtacha kunlik miqdori hisoblangan majburiy rezerv miqdorining 25 foizidan kam 
bo‘lmasligi kerak. Bu tijorat banklari uchun likvidlikni samarali boshqarishga imkon 
beradi. 


19 
6

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin