Buxgalteriya hisobi va audit


makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash

pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo‘llaniladigan instrumentlar 
to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit siyosatining 
aniqligi va shaffofligini oshirish; 

kommunikatsion siyosatni takomillashtirish; 

Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish; 

moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish; 

makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish; 

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish. 
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosatining barcha asosiy 
yo‘nalishlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab qiladi. Ushbu 
konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bozor 
mexanizmlari va instrumentlari asosida pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish 
bo‘yicha strategik vazifalar bajarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Pul-kredit siyosatini 
amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ushbu Konsepsiya o‘z ichiga 2018-2021 yillar 
uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ni qamrab oladi.Mazkur yo‘l xaritasini 
ishlab chiqishda asosiy e’tibor inflyatsion targetlashning mexanizm va tamoyillarini o‘rta 
muddatli istiqbolda samarali joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha 
choralarni amalga oshirishga qaratildi. 
Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi 
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining 
yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya 


16 
bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va 
o‘rnatadi.Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy 
tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.Ushbu choralarning 
iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati 
transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.Pul-kredit siyosatining 
transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining iqtisodiy 
faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin