4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 may 2020 yildagi “2020-2025 yillarga
mo'jallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi
Farmoni
11
Pul-kredit siyosatining nominal mo‘ljalsiz rejimida markaziy banklar tomonidan aniq
bir maqsadli nominal ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha majburiyat olinmaydi. Bunda
uzoq muddatli maqsadlar sifatida iqtisodiy o‘sish sur’ati, yuqori bandlik va
inflyatsiyaning past darajasi kabi maqsadlar belgilanib, oraliq mo‘ljallar esa keng
jamoatchilikka
oshkor
etilmaydi.Makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning
maqsadli
parametrlariga erishishda markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatining turli
miqdoriy mo‘ljallaridan foydalaniladi.Inflyatsiya darajasi past va kam o‘zgaruvchan
xarakterga ega bo‘lgan hamda pul-kredit siyosati choralarining natijasi uzoq muddat
talab qiladigan mamlakatlarda mazkur rejimdan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank
tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit
instrumentlari
ushbu
inflyatsiyaning
maqsadli
ko‘rsatkichiga
erishishga
yo‘naltiriladi.Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina
rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion
davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda
barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi.
Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy
qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya,
Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha,
Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur
rejimidan foydalaniladilar. MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada
inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi
markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga
o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan.Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion
targetlash rejimining tanlanilishi ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta
kursi yoki pul agregatlarini targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan
izohlanadi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy
yo‘nalishlari, shuningdek inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha
majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning
shakllanishiga xizmat qiladi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha
maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi
talab
qilinadi.
Bunda
makroiqtisodiy
sharoitlarning
o‘zgarishlariga tezkor
moslashuvchanlik imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki
muammolarga e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi. Mazkur rejimda markaziy bank
faoliyati shaffofligining oshishi aholining inflyatsiya kutilmalarini pasayishiga hamda
markaziy bankka bo‘lgan ishonchi mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bilan birga,
ushbu rejimga o‘tish va uni samarali amalga oshirish mamlakatda muhim tashkiliy-
huquqiy va makroiqtisodiy sharoitlar majmuini talab qiladi. Xususan, past va barqaror
inflyatsiya darajasiga erishish vazifasi markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga
oshirishdagi nafaqat rasman balki amalda ham bosh maqsadi bo‘lishi kerak. Markaziy
bank oraliq mo‘ljal sifatida xizmat qiluvchi narxlar dinamikasidagi o‘zgarishlar
prognozi asosida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish yuzasidan
majburiyat oladi. Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (iqtisodiy o‘sish, pul massasi,
ayirboshlash kursi va boshqalar) bo‘yicha maqsadli mo‘ljallar rasmiy ravishda qabul
12
qilinmaydi. Bunda markaziy bank amaldagi inflyatsiya darajasi va kutilayotgan narxlar
dinamikasiga baho berishda ishonchli tahliliy va prognozlashtirish bazasiga ega bo‘lishi
talab etiladi. Tahlillarning sifatli bo‘lishi ko‘p jihatdan, ichki bozordagi narxlarning real
dinamikasini o‘zida aks ettiruvchi ishonchli va batafsil statistik ma’lumotlarning
mavjudligini talab etadi.Inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi ko‘p jihatdan,
markaziy bankning inflyatsiya bo‘yicha miqdoriy mo‘ljallarni belgilash va pul-kredit
instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‘liq. Shuningdek, bu rejimni
qo‘llashda fiskal siyosatning pul-kredit siyosatidan ustunlik qilmasligi, ya’ni pul-kredit
siyosatining soliq-byudjet sohasidagi maqsadlarga qaratilmasligi talab etiladi.
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda
aholi va biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari muhim ahamiyat kasb etishi tufayli
olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga jamiyatning ishonchini mustahkamlash dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.Bunda markaziy bank faoliyatining shaffofligi hamda aholi
bilan muloqot tizimining kuchaytirilishi yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlashga
xizmat qiladi. Xususan, markaziy bank doimiy ravishda statistik ma’lumotlarni chop
etib, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida
jamiyat va iqtisodiyotning real sektori ishtirokchilarini xabardor qilib boradi.Inflyatsion
targetlash rejimida markaziy bankning foiz stavkasi pul-kredit siyosatining asosiy
instrumenti bo‘lganligi uchun mazkur rejimning natijadorligi mamlakatdagi moliya
institutlari va bozorlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq hisoblanadi.Bunda,
markaziy bank pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi va dinamikasiga likvidlikni
taqdim etish yoki likvidlikni qaytarib olish operatsiyalari orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur holatda, markaziy bank tomonidan belgilanadigan inflyatsiya o‘zgarishining
oraliq intervali amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy bank tomonidan
asosiy e’tibor maqsadli ko‘rsatkichlarning mazkur interval doirasida bo‘lishini
ta’minlashga qaratiladi. Ushbu parametrlar bajarilmagan holatlarda markaziy bank
tomonidan tafovutlarning sabablariga tushuntirish berilishi va keyingi davrda amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan choralar xususida aniq pozitsiya shakllantirilishi lozim. Shu
bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasida inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanilishining
tahlili mazkur rejimni amaliyotga joriy etish jarayonida qator muammoli holatlar
mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida
inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga egaligi hamda ularning
markaziy bank nazorati doirasidan tashqarida ekanligi pul-kredit siyosati instrumentlarini
qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi. Shuningdek, maqsadli ko‘rsatkich
sifatida haqiqiy vaziyatni o‘zida aks ettiruvchi narxlar indeksining tanlanishi ham
inflyatsion targetlash rejimini qo‘llashning yana bir muhim talablaridan hisoblanadi. Ayrim
mamlakatlarda iste’mol baholari indeksi (IBI) o‘rniga jahon bozorlaridagi narxlar
o‘zgarishi, ma’muriy o‘rnatiladigan narxlar, mavsumiylik kabi qator omillarni istisno
etuvchi indekslardan foydalaniladi. O‘zgartirilgan ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi rasmiy
IBI yoki YaIM deflyatori bilan tafovutlarning kelib chiqishi xatarlarini oshiradi.
Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining
bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilishi munosabati
bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining bosh
maqsadi sifatida belgilandi.Bunda inflyatsiya sur’atini pasaytirish va uni past darajada
saqlab turish o‘rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni
13
ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi.Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi
pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga
qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar
barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi.O‘zbekiston
sharoitida inflyatsion targetlash rejimining tanlanishi qator sabablar bilan izohlanadi.
Birinchidan, bugungi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatining ta’sirchan
rejimi sifatida o‘zini namoyon qilib, o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini
ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi rejim hisoblanadi. Ikkinchidan, monetar
agregatlar yoki valyuta almashuv kursini targetlash kabi rejimlarning amaliyotga
qo‘llanilishi tajribasi ularning O‘zbekiston sharoiti va zamonaviy talablarga mos
kelmasligini ko‘rsatmoqda. Xususan, valyuta almashuv kursini targetlash rejimida
kursning doimiy tarzda maqsadli darajada saqlab turilishi xalqaro rezervlarni sezilarli
darajada kamaytirib, valyuta inqirozining kelib chiqish xatarini oshiradi. Valyuta
almashuv kursini targetlash rejimida valyuta kursini mos ravishda o‘zgartirish orqali
tashqi salbiy ta’sirlarni mo‘tadillashtirish imkoniyati cheklanadi. Bundan tashqari,
mazkur rejimda Markaziy bankning asosiy e’tibori faqatgina valyuta almashuv
kursining maqsadli darajasini ta’minlashga qaratilishi tufayli ichki maqsadlarga
qaratilgan mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati cheklanadi. Boshqa
tomondan, iqtisodiyotni liberallashtirish va tarkibiy o‘zgartirish, shuningdek, xufyona
iqtisodiyotning sezilarli darajada mavjud bo‘lishi sharoitlarida pul agregatlarining
keskin o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
5
Bu esa, o‘z navbatida, monetar targetlash rejimi
doirasida maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘rnatish va unga erishish vazifasini
murakkablashtiradi.
Shu bilan birga, pul agregatlari va inflyatsiya orasidagi barqaror
bog‘liqlikning
pasayishi
monetar
targetlash
rejimi
samaradorligini
kamaytiradi.Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar hamda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadlarning
belgilanishi inflyatsion targetlashga o‘tish uchun tayanch shart-sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |