93
holatiga koʻra Eronda fintex yoʻnalishi boʻyicha 50 ta kompaniya faoliyat yuritadi.
Markaziy bank fintex kompaniyalarning Eron moliya sektoridagi rolini cheklaydi,
chunki ular pul yaratish, valyuta ayirboshlash, toʻlov vositalarini taklif qilish (masalan,
kartalar) va depozitlarni jalb qilish bilan shugʻullanishi mumkin emas. 2010-yil
21-
yanvardan boshlab bank hisobvaraqlar egalari tijorat banklaridan 15 000 AQSh
dollaridan ortiq mablag‘ni yechib olishlari taqiqlandi, biroq
ular hali ham kattaroq
summaga chek yozib berishlari mumkin. Hukumat odamlarning naqd pul operatsiyalari
o'rniga cheklar va elektron bank tizimlaridan foydalanishni xohlaydi. 2009 yilda
cheklarning 10,7 foizi banklar tomonidan qabul qilinmangan.
Debet-kredit kartalari-
2007-yilda Tetra-Tech IT kompaniyasi eronliklar va chet ellik sayyohlar savdo
markazlari, mehmonxonalar, restoranlar va sayyohlik agentliklaridagi
Eron elektron
karta terminallarida onlayn sotuvlar uchun Visa va MasterCard kartalaridan
foydalanishlari mumkinligini eʼlon qildi. Eronning elektron tijorati 2009-yilning mart
oyigacha 10 trillion rialga (1 milliard dollar) yetishi kutilgan edi. Baʼzi badavlat
odamlarning bank kartalari bor, biroq xalqaro sanksiyalar tufayli hozirda MasterCard
yoki Visa Eronda faoliyat yuritmayapti va mamlakatda
bir nechta xorijiy banklar
qolgan. 20 foizdan kamroq aholisidan bank kartalari boʻlgan Misrdan farqli
eronliklarning qariyb 94 foizi bank kartasiga ega (2015). 2016-yilda Eron Sukuk
tamoyillariga asoslangan oʻzining ichki kredit karta tizimini taqdim qildi
va MasterCard (va boshqa xalqaro toʻlov operatorlari) bilan mamlakatda faoliyatini
qayta yoʻlga qo'yish uchun muzokaralar olib borilganligini maʼlum qildi. Yaqin Sharq
va boshqa musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan norasmiy pul oʻtkazmalari tizimi
boʻlgan havala tizimidan Eronda ham koʻplab korxonalari
va jismoniy shaxslari
foydalanadi. AQSh va BMT tomonidan Eronga nisbatan kiritilgan oxirgi moliyaviy
sanksiyalardan beri eronliklar tomonidan havaladan foydalanish koʻpaygan. Eron
Markaziy banki ehtimoliy jinoyatlarning oldini olish uchun pul yuvishga qarshi
qonunga
[37]
rioya qilinishini taʼminlaydi. Pul yuvishga qarshi kurashish boʻyicha
maxsus qoʻmita aʼzolari orasida Eron Razvedka vaziri, Markaziy bank rahbari va
boshqa bir qancha vazirlar bor. 2008-yilda Parijda joylashgan
Moliyaviy harakatlar
boʻyicha maxsus guruh (FATF) tashkiloti Eronning pul yuvishga qarshi kurashini
olqishlagan. 34 aʼzodan iborat moliyaviy nazorat tashkiloti Tehronni pul yuvish
boʻshliqlarini yopish majburiyatini olgani bilan tabrikladi. Biroq, 2010-yilda FATF
Ekvador va Eronni pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi xalqaro
qoidalarga rioya qilmayotgan davlatlar roʻyxatiga kiritdi. O'sha vaqtdagi Eron
prezidenti Hasan Ruhoniy FATFga qiziqish
bildirayotganiga qaramay, u va oliy
yetakchi Ali Xomanaiy tarafdorlari oʻrtasida katta kelishmovchiliklar boʻlgan. Ular
orasida Mutaxassislar assambleyasi raisi va Qoʻriqchilar kengashi kotibi Ahmad
Jannatiy va Eron sobiq tashqi ishlar vaziri va Oliy rahbarining tashqi aloqalar boʻyicha
maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy FATFga qarshi boʻlgan shaxslar orasida taniqlilari
edi
[38]
. Ushbu kelishmovchiliklar va FATFning Eron parlamenti tomonidan
tasdiqlanmaganligi FATF ijrosini to'xtatishga olib keldi.
Eron hukumati tomonidan
2015-yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, Eronda giyohvand moddalar savdosidan tushgan
harom pullar yiliga 10 trillion tumanni (1 tuman 10 rialga teng). Ushbu pullarning bir
qismi mamlakat siyosatiga taʼsir qilish uchun “saylovlar va ovozlarni sotib olish”ga yo‘l
topmoqda" . Xorijiy zaxiralar- Oltin-valyuta zaxiralari : 125,9 milliard dollar (2015),
94
111,6 milliard dollar (2014), 68,06 milliard dollar (2013), 74,06 milliard dollar
(2012), 110 milliard dollar (2011), 80 milliard dollar (2010), 40 milliard dollar
(2005) (
eslatma:
Eron valyuta zaxiralarining katta qismi chet elda muzlatilgan (2014).
Tarkibi: 2007-yilda zaxiralarning 10
foizi oltinda, 20 foizi AQSH dollarida (2006-
yildagi 40 foizdan kam), qolgan qismi asosanyevro va boshqa qattiq valyutalarda
(yaʼni, yapon iyenasi, funt sterling va Shveytsariya frankida) boʻlgan). 2009-yilda Eron
prezidenti Mahmud Ahmadinajod mamlakatning valyuta hisobvaraqlaridagi AQSh
dollarini yevroga almashtirishni buyurdi, chunki “bu Eronni AQSh bank tizimidan
ajratishga yordam beradi”.
Dostları ilə paylaş: