I. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi “Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini aniqlash hamda ularning o‘zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
1) Joriy nazorat– talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat mazkur fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, mashg‘ulotlarda quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabaning:
mustaqil fikrlashga hamda analitik qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladigan yozma esse va referatlarni himoya qildirish;
testlar olish;
muammoli vaziyat (keys-stadi), o‘quv loyihalari yoxud amaliy topshiriq (masalalar)larning echimi va taqdimotini amalga oshirish.
2) Oraliq nazorat– universitet o‘quv jarayoni jadvaliga binoan o‘tkaziladigan, fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan, ya’ni fan o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan so‘ng talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Ushbu fan bo‘yicha oraliq nazorat yozma shaklda bo‘lib, talabalar bilimini baholash uchun tarqatiladigan variantda to‘rtta nazariy savol va bitta amaliy masala (topshiriq)dan iborat bo‘ladi (Savollar fanning xususiyatidan kelib chiqib qo‘yiladi. Zaruriy hollarda test usulidan ham foydalanish mumkin).
Oraliq nazorat savollari yangi o‘quv yili boshida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan oraliq nazorat savollari oldindan talabalarga tarqatiladi. Xususan, “Buxgalteriya hisobi” fanidan oraliq nazorat savollari “Moliya” kafedrasining 2018 yil -sentyabrdagi -son majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartibi buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.