Buxoro davlat pedagogika instituti


-Mavzu Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi



Yüklə 66,58 Kb.
səhifə2/16
tarix08.11.2023
ölçüsü66,58 Kb.
#131282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'zbekiston tarixi 1kurs Kechki fan dasturi 21.10.2023.

2-Mavzu Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
Sivilizatsiya tushunchasi.O‘zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi. O‘zbekistondagi tarixiy yodgorliklar: osori-atiqalar, ilk shahar xarobalari hamda buyuk fan va davlat arboblari, qadimgi davrlardan boshlab taraqqiy etgan ilm- fan rivojlangan tsivilizatsiya beshigi ekanligi.Insonning paydo bo‘lishi xususidagi qarashlar va nazariyalar. Antropogenez jarayoni. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Vatanimiz odamzod ilk bor paydo bo‘lgan mintaqalardan biri ekanligi.Qadimgi odamlarning turmush tarzi, mashg‘ulotlari. Ibtidoiy jamiyat, uni davrlashtirish va bu boradagi yangicha yondashuvlar.
3-Mavzu O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari.
Tarixni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati. Davrlashtirish masalalarining o‘rganilish tarixi. Davrlashtirishning hududiy xususiyatlari. Eng qadimgi davr, qadimgi davr, O‘rta asrlar, yangi davr va eng yangi davrning xronologik davrlari. Tarixiy, geologik, arxeologik davrlashtirishning o‘ziga xosligi.
4-Mavzu O‘zbekistonning ibtidoiy to‘da davri tarixi.
Ibtidoiy jamoa davri - insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi. O‘zbekiston hududining tabiiy - geografik sharoiti va iqlimi. O‘zbekistonning ibtidoiy to‘da davri.O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi. Seleng‘ur - eng qadimgi inson manzilgohi, Fergantrop. O‘zbekiston - ilk insoniyat sivilizatsiyasi beshigi. Teshiktosh - o‘rta paleolitning noyob yodgorligi. Olovning kashf qilinishi. Iqlimi, hayvonot va o‘simliklar dunyosi.
5-Mavzu O‘zbekiston hududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi va rivojlanishi.
O‘zbekiston hududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi. Qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari. Ona urug‘i jamoasining shakllanishi va taraqqiyoti. Urug‘chilik jamoalari izlari: Samarqand makoni, Ko‘lbuloq, Uchtut ustaxonalari. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi. Joytun, Xisor, Kaltaminor madaniyati. Ibtidoiy odamlarining diniy qarashlari. Metallning kashf qilinishi va uning insoniyat tarixidagi ahamiyati. Sarazm va Zamonbobo madaniyati. Birinchi yirik mehnat taqsimotining boshlanishi. O‘zbekiston hududida shakllangan ilk shahar - Jarqo‘ton. Kulolchilik, to‘qimachilik, me’morchilik. Ona urug‘ining yemirilishi va ota urug‘ining vujudga kelishi. Temirning kashf qilinishi, uning O‘rta Osiyo madaniyatining rivojlanishidagi ahami- yati. Ikkinchi mehnat taqsimoti. Ko‘chmanchi chorvador qabilalarning dehqonchilik vohalariga bostirib kirishi. Mil. av. 1 ming yillikda O‘zbekiston hududidagi ijtimoiy- siyosiy o‘zgarishlar. Qabilalar ittifoqi.

Yüklə 66,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin