32
Ushbu oynadan jadvallarni tanlaymiz va “Add” tugmasini bosamiz.
Jadvallar
qo’shilgan so’ng ularni yuqorida aytilgan tartibda bir-biriga bog’laymiz. Quyida
jadval bog’lanishlari sxemasi keltirilgan:
2.1.5-chizma. Jadvallarning bog’lanish sxemasi
Bu dastur orqali grafdagi ma’lumotlar shakllantiriladi
va u foydalanuvchiga
taqdim etiladi. Grafni shakllantirishda uning ishonchli ma’lumotlar bilan
boyitilishi
zarurligini hisobga olib, ikki xil foydalanuvchi: avtor hamda oddiy
foydalanuvchi bo’lishi kerakligini nazarda tutdik.
Shuning uchun dastlabki
oynaning loyihasi quyidagi ko’rinishga ega:
2.1.6-chizma. Dastur bosh oynasi ko’rinishi
33
Avtorlar tugmasi bosilganda login va parol kiritadigan sahifa ochiladi. Bu
yuqorida aytib o’tganimizdek, bilimlar atsiklik grafini tuzishda noto’g’ri
ma’lumotlardan himoyalash uchun kerak.
Foydalanuvchilar tugmasini bosganimizda bilimlar grafini aniqlab beruvchi,
ya’ni bir bilimni egallashi uchun qaysi bilimlarni o’rganishi
kerak degan savolga
javob beruvchi sahifa ochiladi.
Login va parolni kiritish oynasi quyidagi kabi bo’ladi:
2.1.7-chizma. Avtor login-parolni kirituvchi oyna
Login uchun ajratilgan sohaga avtor o’z loginini, parol uchun ajratilgan sohaga
avtor o’z parolini kiritadi. “OK” tugmasi bosilganidan so’ng login-parol to’g’ri
kiritilgan bo’lsa, avtor bajarishi mumkin bo’lgan bo’limlar oynasi ochiladi:
Dostları ilə paylaş: