I BOBNING XULOSASI
Shubhasiz, boshlang`ich sinf darsliklari barcha ilmlarning boshlanmasi. Shu sababli, o`qish kitoblari ham alohida e’tiborni talab etadi. Jumladan, unga kiritilgan adabiy-badiiy ijod namunalari, matnlarning rang-barang ifoda usullari o`quvchilarni katta hayotga boshlovchi muhim tarbiya vositasi, ma’rifat eshigi hisoblanadi. Iilmiy-ommabop maqolaning o`zi ham avvalo, matn hisoblanadi. Ammo, u janr sifatida maqoladir. Shu bilan birga, 1- sinf o`qish kitobida ilmiy-ommabop mavzudagi 10-15 misrali matnlar berilgan. Ularni ilmiy-ommabop maqola deyishdan ko`ra matn deb aytish ma’qul. Negaki, bunday matnlarda maqolaga xos mushohada, mulohaza yetakchi emas. Asosan, ma’lumot beriladi. 1-sinf o`qish kitobidagi “Amir Temur”, “Buyuk muallim”, “Shoh va shoir”, “Buyuk munajjim”, “G`azal mulkining sultoni” kabi matnlarda buyuk mutafakkirlar haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar beriladi, xolos. Zotan, ularni ilmiy-ommabop maqola emas, matn tarzida qo`lash maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz. 3-4-sinf o`qish kitoblarida esa kattaroq hajmdagi, ijtimoiy dolzarb mavzu to`g`risida mulohaza yuritilgan, yoki, tarixiy shaxslar, ajdodlarimiz to`g`risida kengroq ilmiy ma’lumot beriladigan matnlar kuzatiladi. Ular ilmiy-ommabop maqola janri xususiyatlarini ifoda etgani sababli, tushunchani aynan qo`llash o`rinli. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan ilmiy-ommabop maqolalarning vazifasi, avvalo tarixiy voqelik jarayonini chuqur va tеran badiiy tadqiq etib, ularning ma'naviy kamoloti ehtiyojlarini qondirish, ularda chinakam insoniy fazilatlarning tarkib topishida faolroq ta'sir ko`rsata bilishdan iborat. Bu ularni ma'nan barkamol etib tarbiyalash, dunyoqarashlarini shakllantirish, ularga axloqiy fazilatlarni singdira borishga xizmat qilmog`i darkor.
Dostları ilə paylaş: |