Buxoro nikoh to’yi qo’Shiqlarida hudud flora-faunasining badiiy aks ettirilishi sherbekova Gavhar Yaxshibaevna Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti



Yüklə 29,15 Kb.
səhifə3/3
tarix14.03.2022
ölçüsü29,15 Kb.
#114844
1   2   3
KL-Бухоро флора ва фаунаси-2

jizziq” so’zi “O’zbek tilining izohli lug’ati”ga ham kiritilgan va “folk. ayn. Jizza” deb ko’rsatilgan. “Jizza” esa “o’z yog’ida qovurilgan to’g’ramcha dumba, charvi” deya izohlangan. Lekin qorako’lliklar tilida “jizziq” so’zi bilan birga ko’pincha “jirriq” so’zi ishlatiladi. Biroq bu so’z “O’zbek tilining izohli lug’ati”dan hali o’rin olmagan. Jizziq” so’zi kuchsiz, behol ma’nolarini anglatishi nazarda tutilsa, nega o’lan matnida “Eb to’ymassan shirbozning jizig’ini” deyilayotganini anglash mumkin. Bu misra yosh, et olmagan, kuchsiz qo’zi holini tasvirlashga xizmat qiladi.

Buxorocha kelinsalomlarda ba’zan kuyov bolaning obro’si, sha’ni uchun fidoyi, hech narsadan qaytmaydigan, joyi kelsa, kelin tomon kaltaklariga duch kelib qoladigan kuyovnavkarlar – kuyov jo’ralar bevosita Qorako’l barrasiga tenglashtiriladi:

Qorako’lning barrasi,

Yigitlarning sarasi,

Kuyovnavkarlariga salom.

Buxoro nikoh to’yi marosimlarida kuylanadigan o’lan, yor-yor, kelinsalom qo’shiqlarida eng ko’p qo’llanadigan obrazlardan yana biri tovusdir. Qirg’ovullar oilasiga mansub, rang-barang patli, erkaklarining dumi elpig’ich shaklli chiroyli bu qush tasviridan foydalanib, ko’pincha kelinning yoki salom yo’llanayotgan ayol kishining go’zal qaddi-qomati, rang-barang chiroyli kiyimlari, yurish-turishi, raqsi ta’rif-tavsif qilinadi. Masalan, quyidagi kelinsalomda raqs tushishi bilan el e’tibori va og’ziga tushgan Salima opa ismli ayolga ko’pchilik oldida kelinsalom yo’llanar ekan, uning aynan ana shu xususiyati ta’rifini o’rniga qo’yib ta’kidlash maqsadida bevosita tovusday raqsga tushishiga urg’u berilayotgani kuzatiladi:

Egilsa besh qavsday,

Raqsga tushar tovusday

Salima opasiga salom.

Onaga qaratilgan quyidagi kelinsalomda bolasini ovutish uchun uning atrofida ming aylanib-o’rgilayotgan, ming maqomda mehrini izhor etish uchun tovlanayotgan ona qiyofasi chizib ko’rsatilmoqda:

Bola yig’lasa seskanib,

Noz uyqudan uyg’onib,

Tovus kabi tovlanib

Onasiga bir salom.

Buxoro cho’llarida saksovul, turang’i, yulg’un, yantoq kabilar ko’p o’sadi. Ayniqsa, guli mayda, oqish, mayda bargli butasimon daraxt turi bo’lgan yulg’un aholi yashaydigan joylarda, ariqlarning bo’yida ham ko’p o’sadi. Shundanmikan, hududda tarqalgan nikoh to’yiga aloqador qo’shiqlarda ham yulg’un obrazi alohida tilga olinishi kuzatiladi:

Ariq labida yulg’un, yor-yor-yorone,

Qiz bo’lganimni bilgin, yor-yor-yorone.

Dadam senga bermaykan, yor-yor-yorone,

Bir ilojini qilgin, yor-yor-yorone.

Yoki yana:

To’yxonaning o’tini

Yulg’un ekan, yor-yor.

Yaznamullom kiygani

Gulgun ekan, yor-yor.

Buxoroda kuyov pochchani “yaznamullo”, kelin yangani “yangamullo” deyish odati bor. Bu bilan ularni aql-zakovatli, bilimdon deyish nazarda tutiladi.

Tutning “balxi tut” turi Balx nomi bilan bog’liq esa-da, hozirgacha Buxoroda yaxshi saqlanib qolgan. Ko’rinishi o’ta savlatli, mevasi oppoq durday va juda shirin balxi tutni katta-kichik birday sevadi, undan eb maza qiladi. Shuning uchun kelinsalomlarda oilani boquvchi savlatdor ota timsolining goh chinni gujumga, goh balxi tutga mengzalgani quloqqa chalinadi:

Chinni gujumday soyador,



Balxi tutday mevador

Otasiga bir salom.

Xalq sada qayrag’ochni “gujum” deb ataydi. U juda sersoya bo’lgani uchun iqlimi issiq Buxoro sharoitida ko’p ekiladi. Balxi tut nomi esa Afg’onistondagi Balx shahri nomi bilan bog’liq bo’lib, mevasi yirik, oq rangli shirin tut, oq tutni anglatadi. Farg’onaliklar uni “marvartak”, toshkentliklar esa “balx tuti” yoki “baliqtut” deb atashadi.2 Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanida uning baliqtut deb atalishi bilan bog’liq shunday parcha uchraydi: “Hovlining o’rta erida pakanagina baliqtut o’sib, ostiga kul va boshqa axlatlar to’plangan edi”.3



Xulosa qilib aytganda, Buxoro nikoh to’yi qo’shiqlarida hudud flora-faunasining o’ziga xos badiiy ifodasini kuzatish mumkin. Bu, albatta, hudud folklorining lokal xususiyatini belgilashdagi muhim belgilardan biridir.

1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 2-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.364.

2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 1-жилд. А-Д. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.153.

3 Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 1-жилд. А-Д. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.150.

Yüklə 29,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin