1 Bahouddin Naqshband hayoti
Bahouddin Naqshband (Muhammad
binni Muhammad Bahouddin an-
Naqshband al-Buxoriy) 1318-yil, Chigʻatoy
ulusi, Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon
qishlogʻida tugʻiladi. Bahouddin
Naqshband Muhammad paygʻambar
avlodlariga
mansub sayyidzodalardan
ekanligi qayd etilgan va ota tomondan
11-imom Imom Xasan al-Askariyning
ikkinchi oʻgʻli Sayyid Ali Akbarni avlodi
hisoblanadi.
Otasi Muhammad Buxoriy
toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi
(naqshband) boʻlgan va oʻgʻli ham bu
7 Bahouddin Naqshband
hunarni egallaydi.Bahouddin
Naqshbandning birinchi piri —
ustozi Xoja
Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa
shayx yosh Bahouddin Naqshbandni
tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish
Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat
bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan
keyin shogʻirdiga ijozat beradi.
Bahouddin Naqshband ilm istab,
yassaviya tariqati
shayxlarining mashhur
vakillaridan boʻlmish Qusam shayx
oldiga, Naxshab (hozirgi Qarshi) shahriga
boradi. Taxminan 1389-yil Buxoro
yaqinidagi Qasri Orifon qishlogʻida vafot
etgan
2 Bahouddin Naqshband maqbarasi
Buxorodan 12 km. uzoqlikda joylashgan
noyob yodgorlik majmuasi buyuk soʻfiy
ustoz Bahouddin Naqshbandiy sharafiga
qurilgan. Bahouddin Naqshband
tavalludining 675 yilligi (1993-yil)
munosabati bilan Oʻzbekistonda alloma
taʼlimotini oʻrganishga ahamiyat
kuchaydi. Buxoro
davlat universiteti
huzurida „Naqshbandiya“ ilmiy markazi
ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy
Bahouddin Naqshband qabri