Atamalar
|
Ta’rifi
|
O‘zbek tilida
|
Русский
|
English
|
Bilim
|
Знания
|
Knowledge
|
Insonlar onggida borliqning haqqoniy aks etishi;
bilish jarayonining jamiyat amaliyotida tasdiqlangan mahsuli.
|
Ijodkorlik
|
Креативность
|
Creativity
|
Insonning yangilik yaratish, ilgari mavjud bo‘lmagan narsalarni yaratish, qonuniyatlarni ochish, ularni sifat jihatdan yangilash sohasidagi faoliyatidir.
|
Ijodiy faoliyat
|
Творческая деятельность
|
Creativity activity
|
Mehnatning ijodiy yo‘nalishi (mehnatni tashkil etish, uning mazmuni, usullarini tadqiq etish) bilan tavsiflanadi. ijodiy masala yechimi ilgari ma’lum bo‘lmagan masalalarni qo‘yishni yoki fikrlarni shakllantirishni taqozo etadi.
|
Intellekt
|
Интеллект
|
Intellect
|
(lot. Intellectus – bilish, tushunish)
Shaxsning fikrlash, ratsional bilish qobiliyati.
|
Interfaol (interaktiv) metod
|
Интерактивный метод
|
Interactive method
|
2 ta so‘zning, ya’ni inter (yoki interval) – aro (yoki oraliq) va aktiv (faol) so‘zlaridan tashkil topgan. Bundan ko‘rinadiki, ta’limda interfaol usullar qo‘llanilganda o‘qitish, o‘rgatish ishlari o‘qituvchi bilan o‘quvchi, o‘quvchi bilan o‘quvchi, o‘quvchi bilan sinf kabi oraliqda amalga oshirildi.
|
Ixtiro
|
Изобретение
|
Invention
|
Xalq xo‘jaligi yoki mamlakat mudofasi uchun foydali bo‘lgan, tubdan farq qiluvchi texnik yechimga ega bo‘lgan yangilik.
|
Metodologiya
|
Методология
|
Methodology
|
Barkamol-ijodkor shaxsni shakllantirish metodologiyasi, bu – kadrlar tayyorlash milliy modeli asosiy tushuncha va tamoyillarini talqin qilish, ularni amaliyotga tatbiq qilish jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish metodlari majmuasi.
|
Pedagogik texnologiya
|
Педагогическая технология
|
Pedagogical technology
|
O‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli katogoriya
|
Ratsionalizatorlik taklifi
|
Предложение по рационализации
|
Rationalization proposal
|
Ilgaridan ma’lum bo‘lgan ixtirolarni ma’lum bir korxona, muassasa faoliyatiga joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan, yuqori samara beradigan (materiallardan, vaqtdan, ish kuchidan, iqtisod qilishga yoki mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan) yangilik.
|
Texnik texnologiya (yoki aynan texnologiya)
|
Технические технологии
|
Technical technology
|
Xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yщлш mahsulotlarni olish, ularga ishlov berish yoki qayta ishlash yo‘llari va usullarining birligi, ya’ni bu ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘lib, u mehnat predmetlariga ishlov berish va ularni qayta ishlash borasidagi uslublarning yig‘indisidan iborat fan.
|
Faoliyat
|
Мероприятия
|
Activity
|
Kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligi.
|
Shaxs
|
Личность
|
Person
|
Faoliyat va muloqot davomida shakllanadigan individning sifatlar tizimi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarga kirishish darajasi bilan tavsiflanadi.
|
Shaxsning shakllanishi
|
Формирование личности
|
Formation of personality
|
Insonning ijtimoiy ahamiyatli sifatlari, qobiliyat, xarakter hislatlari hamda qarashlarining tarkib topish jarayoni.
|
O‘quvchilarning ijodkorlik faoliyati
|
Творческая деятельность студентов
|
Creative activity of students
|
Ularning yangilik yoki uning elementlarini yaratish va uni qo‘llashga oid faoliyati.
|
Qobiliyat
|
Способность
|
Ability
|
Shaxsning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtira olishi, shuningdek, muayyan faoliyat turlarini muaffaqiyatli bajara olish darajasini ifodolovchi individual psixologik xususiyati.
|