Byudjet hisobi


TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə109/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR: 
1.Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etishning maqsadi va
vazifalarinimalardan iborat?
2.Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha qanday hisoblashuvlar olib boriladi?
3.Mehnat haqini to‘lash bo‘yicha qanday xujjatlar rasmiylashtiriladi?
4.Xisobdor shaxslar kimlar va ular bilan hisoblashuvlar olib borish tartibini ayting?
5.Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha qanday hisoblashuvlar olib boriladi?
6.Stipendiya nima va uni oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi tartibi?
7.Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar xisobini buxgalteriya xisobvaraqalarda aks
ettirilishini keltiring?

14-MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR 
HISOBI
REJA: 

1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.


2. Moliyaviy natijalarning hisobi.
3. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijani tashkil etish.
4. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobining tartibi.


1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini tashkil etishning maqsadi va 
vazifalari.
Byudjet tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3
sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish
va sotish imkoniyati berilgan. Faoliyat turiga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va
sotishdan olingan daromadlar byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadi hamda
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish
hamda ishlar bajarishga qilinadigan xarajatlar va ularning tannarxini shakllantirish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy
mazmuniga
ko‘ra
quyidagi
elementlar
bo‘yicha
guruhlarga
ajratiladi:
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan
ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;

v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar eskirishi summasi;


g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar),
boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Tovar(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlari tannarxni aniqlash usullari bo‘yicha
umumlashtiriladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin