Byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#127483
  1   2
4554-Article Text-8836-1-10-20221206



Byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida 
rejalashtirishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
X.Yo.Majidov 
Z.J.Murtazaev 
D.E.Nazarova 
S.M.Ochilova 
S.I.Usmonov 
TMI 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida 
rejalashtirishtirishning ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. 
Kalit so‘zlar: byudjet tashiloti, xarajatlari smetasi, xarajatlar guruhlari, vaqtincha 
smeta, doimiy smeta, shtatlar jadvali. 
 
Specific characteristics of planning the costs of budget 
organizations on the basis of estimate 
 
X.Yo.Majidov 
Z.J.Murtazaev 
D.E.Nazarova 
S.M.Ochilova 
S.I.Usmonov 
Tashkent Financial Institute 
 
Abstract: This article examines the importance and specific features of planning 
the expenses of budget organizations based on estimates. 
Keywords: budget transport, cost estimate, cost groups, temporary estimate, 
permanent estimate, staff table.
 
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan byudjet tashkilotlarini 
moliyalashtirish mexanizmini isloh qilishga, ularning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlashga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa 
va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Davlat byudjetining katta 
miqdori ham aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.
 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1159


Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish 
xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish 
va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari 
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli 
tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi 
yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi 
natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli 
budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna 
ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini 
tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning 
amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini 
takomillashtirishni talab etmoqda. Respublikamizda xarajatlar smetasidan samarali 
foydalanish borasidagi asosiy kamchiliklar byudjet tizimining kengligi, xarajatlar 
smetasini tuzishning va g’aznachilik tizimining shaffof emasligida namoyon 
bo’lmoqda. Ayrim hollarda xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillarining 
buzilishi, xarajatlarning rag’batlantirish vazifasini to’laqonli bajarmayotganligi 
holatlari kuzatilmoqda. Natijada byudjet tashkilotlarining moliyaviy tang holatlarga 
tushishiga ham yuz bermoqda.
Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga 
oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U 
pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan 
xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. 
Xarajatlar smetasi byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi tomonidan 
moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan 
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladigan 
hujjat hisoblanadi
1

1-rasm. Xarajatlar smetasining mohiyati 
1
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.T.: “Norma”,MJCh.2014 y- 96 b. 3-moddasi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1160


Demak, smeta notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga 
yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi 
to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini 
to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek 
mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi 
hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq 
tushunish mumkin. 
2013 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul 
qilinishi natijasida yuqoridagi nizom orniga yangi me’yoriy hujjat - O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug‘i bilan 
tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar 
smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom”
2
kuchga kirdi. Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida 
smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi (2-rasm): yakka (individual) 
smetalar; 
- jamlanma smetalar; 
- budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
- markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. 
2-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi
3
Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan muassasa 
bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan 
yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat umumta’lim muassasalari, 
maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mustaqil 
2
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 51-son, 612-modda
 
3
2634-sonli “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, 
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida talaba tomonidan mustaqil tayyorlandi
 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1161


ravishda budjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida 
rejalashtiradi.
 
Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat 
boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli 
hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar 
bo‘yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy 
kutubxonalar tizimi bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida 
keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag‘larini taqsimlovchi 
tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari 
oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi. 
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta (daromad va xarajatlar smetasi) - 
tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat 
bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq 
foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar 
tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalarida talabalarni o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag‘lar va ularni ishlatish yo‘nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli 
Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta 
asosida rejalashtiriladi.
 
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar - vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar 
boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan 
xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab 
chiqiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh bilan 
ta’minlash, birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari va anjomlari komplekti taqdim 
qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan tadbirlar 
uchun smetalar ishlab chiqiladi. 
 
Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik 
muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar 
uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning 
mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).
 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - budjet tashkilotining (yoki budjet mablag‘lari 
oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar 
amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonun hujjatlaridagi o‘zgartirishlar hisobga olingan 
holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun 
aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi oylar kesimida birinchi chorakdan 
oshmagan davr uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda har oylik 
xarajatlar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragida budjet tashkiloti tomonidan 
sarflangan budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart.
 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1162


“Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet 
mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 
dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi”
4
.
 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda 
bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi 
birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik 
xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
 
Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, 
unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u 
mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, 
tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi 
ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning budjetdan 
ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va budjetdan tashqari mablag‘lar 
bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va 
ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish 
tartibi bilan belgilangan
5
 
Byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar 
doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga 
oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari byudjet 
to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar 
smetasi asosida amalga oshiriladi. 
Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga 
haq to’lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar 
barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan 
tashkilotlardan tashqari) bo’yicha - mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1 
yanvarida amalda bo’lgan shartlarda; mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan 
tuzilayotgan tashkilotlar bo’yicha - mazkur tashkilot faoliyat ko’rsatishi boshlangan 
oyning birinchi sanasi holatiga ko’ra hisobga olinadi. 
Byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo’shimcha 
xarajatlarga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar 
smetalariga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan 
tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritiladi. 
4
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.T.: “Norma”,MJCh.2014 y- 96 b. 104-modda. 
5
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet 
tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan 
o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM”. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1163


Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, 
daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, byudjet 
mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi ming so’mda tuziladi. 
Byudjet 
tashkilotlarining 
shtat jadvallari va byudjet mablag’larini 
taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so’mda tuziladi. 
Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari 
tomonidan belgilangan shaklda tuziladi. 
Moliya organlari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari 
hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni 
talab qilishga haqlidir. 
Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining 
amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda 
xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi. 
 
3-rasm. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar smetalaridagi xarajatlarning tarkibi 
6
Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va 
shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan moliya 
organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi. 
Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, 
shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar albatta 
Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi. 
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari 
birinchi navbatda moliyalashtiriladi (to’lanadi). Bunda II xarajatlarning guruhiga 
tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. 
Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida 
birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq 
6
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet 
tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va 
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1164


mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi 
guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi. 
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar (III guruh xarajatlari) joriy byudjet yili uchun 
tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq 
ro’yxatlariga muvofiq ajratiladi. 
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari 
qurilishiga davlat byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy 
bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan 
Investitsiya 
dasturiga 
hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, 
buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy 
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi. 
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy byudjetlardan 
xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va byudjet xarajatlari ro’yxatlariga, 
ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot 
davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda 
amalga oshiriladi. 
Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjetga 
mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi. 
G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari xarajatlarini: 
- respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda
byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va 
xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov 
qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi; 
- mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya 
organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi 
bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi. 
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet mablag’i oluvchilar bo’yicha xarajatlarni to’lash: 
- respublika byudjetidan - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
G’aznachiligi va uning tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan 
o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning 
hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida 
amalga oshiriladi; 
- Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan - Moliya vazirligi
G’aznachiligining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan 
o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning 
hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydiganboshqa hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi.
 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1165


Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to’lashda) yangi 
byudjet yilida mablag’ ajratish rejasi byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi 
yilning 1 yanvaridagi holatiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq 
qoldig’i summasiga kamaytiriladi. 
O’tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va 
boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa (byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga sotib olinganlari bundan mustasno) tegishli 
byudjetlar daromadiga o’tkaziladi. 
Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet 
ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan 
holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II 
guruhlarini moliyalashtirish (to’lash) birinchi navbatda amalga oshiriladi. 
Xarajatlarning III guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya 
dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida moliyalashtiriladi 
(to’lanadi). 
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida 
quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: 
• ovqatlantirish; 
• dori-darmonlar; 
• kommunal xizmatlar; 
• boshqaxarajatlar. 
Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo’lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya 
yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo’lishi navbatiga ko’ra har qaysi 
guruh bo’yicha to’lanadi. 
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining hisob 
raqamlarida qolgan tejab qolingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ 
bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib 
qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi. 
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi 
ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning 
hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar 
(kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar 
bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga 
o’tkaziladi. 
Byudjet mablag’lari hisobot choragida tejab qolinsa, tashkilotlarni kelgusi 
choraqda mablag’ bilan ta’minlash hajmi kamaytirilmaydi. 
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga tegishli moliya yili 
uchun byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmini etkazish tegishli moliya organlari 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1166


yoki byudjet mablag’larini taqsimlovchilari tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun 
hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga tegishli moliya yili uchun byudjetdan 
ajratiladigan mablag’lar hajmini etkazish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga 
oshiriladi. 
Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish davomida O’zbekiston 
Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va 
idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga bo’ysunuvchi 
tashkilotlarga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari va moliya organining mazkur 
masala bo’yicha ko’rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish 
tartibi va muddatlari to’g’risida ko’rsatmalar beradi. 
Buning uchun O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi 
vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va 
bo’limlari bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning 
rahbarlari hamda tegishli xodimlarining kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini 
tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar, ularga 
tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish tartibi masalalari bo’yicha qonun hujjatlari 
talablarini tushuntiradilar, byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi hisob-
kitoblarini qonun hujjatlariga muvofiq kelishi majburiyligi, xarajat qilishda smeta-shtat 
intizomiga va tejamkorlik rejimiga rioya qilish haqida ko’rsatmalar beradilar, 
shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to’ldirish texnikasi 
masalalari bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar. 

Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin