Fan: Matematika Sinf:_______________Sana: _______________________ Mavzu: 13,14, 15 sonlarining tarkibi. Misol va masalalar yechishni o`rganish..
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari
Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.
Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Maqsadlar: Ta'limiy: berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
Tarbiyaviy: O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;