Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Mavzu: 13, 14, 15 sonlarining tarkibi. Misol va masalalar yechishni o’rganish



Yüklə 27,22 Kb.
səhifə2/4
tarix04.03.2023
ölçüsü27,22 Kb.
#123801
1   2   3   4
Qutlimurodova matematika ishlanma

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish
Dam olish daqiqasini o'tkazish

Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:


1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 13,14,15 sonlarning tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish.
2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.
3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash
O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.
O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.
“Quvnoq vagonlar’ o`yini o`ynatiladi. Bunda 11 dan 20 gacha bo`lgan sonlar sinf doskasiga ilinbgan bo`lib vagonlarda tartibsiz joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchilar vagonlar ustidagi sonlarni o`zaro qoshadilar va har bir vagonni o`z o`rniga qo`yadilar. Vagonlar o`yini davom etadi. O`quvchilar navbatdagi vagonlarni ham o`z o`rniga qo`yadilar.
III.Yangi mavzu bayoni:
So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.
O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi.
Darslikadi 1-2-topshiriqlar og`zaki savol-javob orqali bajariladi.
13,14,15 sonlarining hosil qilinishi va tarkibi tushuntiriladi.
10+3=13 10+4=14 10+5=15
13 sonida 1 ta o`nlik 3 ta birlik bor. 14 sonida 1 ta o`nlik 4 ta birlik bor. 15 sonida 1 ta o`nlik 5 ta birlik bor.
2-misol
10+3=13 Predmetlar bilan yuqoridagi sonlarni hosil qilish ko`rsatiladi.
O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratika’ trenajyori beriladi.
IV. Mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.
3-misol. Bir starga bir xonali sonlarni, ikkinchi satrga ikki xonali sonlarni o`sib borish tartibida yozing.

  1. 2, 5, 6, 7, 9.

  2. 10, 11, 12, 13, 14, 15

4-topshiriqni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. 13>12 11<12 14>11 12<13
5-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuzdiriladi va mazmuni tushuntirladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarning tabiatga oqilona munosabatda bo`lishi, qushlatrga g`amho`rligi oshiriladi.
Bor edi -13 ta
Suzib ketdi- 3 ta
Qoldi- ? ta
Yechish: 13-3=10 (ta)
Javob: Qirg`oqda 10ta o`rdak qoldi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.


V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 98-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..
.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________




Yüklə 27,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin