Chirchiq davlat pedagogika universiteti


O’qitish jarayonida fanlararo aloqadorlik



Yüklə 267 Kb.
səhifə5/10
tarix18.12.2022
ölçüsü267 Kb.
#121346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KUMUSH PEDAGOGIKA

O’qitish jarayonida fanlararo aloqadorlik. Umumta’lim mazmuni o‘quvchilarni har tomonlama ruhiy rivojlanishga, ularda turli xil tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o‘quv fanini o‘rganish bolaning materialni anglash jarayonini, uni eslab qolishni, ta’sir chanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tafakkurning turlarini rivojlantirish juda muhimdir.
Tajribaga asoslangan tafakkur umumlashtirish va xulosalar uchun tirik mushohada, dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish vazifasini bajaradi. U bolalarni real voqealarni, hodisalarni o‘qishga, ularni qayd qilish va yig‘ishga o‘rgatadi. Abstrakt tafakkur ajratib olingan voqea-hodisalarda ularning mohiyatini ko‘ra bilashga, aniqlashga imkon beradi.
Fanlar o‘rtasidagi o‘zaro uzvlik tabiat va jamiyat voqealari o‘rtasidagi mavjud uzviylikning ob’ektiv in’ikosidir. Binobarin, o‘zaro uzviylik tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga xos umumiy va muhim xususiyat hisoblanadi. Har bir narsa, hodisalar bilan bo‘lgan munosabatini bilishga bog‘liq.
O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlik ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlariga to‘g‘ridan - to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘quv materialining mazmuni, o‘qitish metodlari va texnik vositalar ushbu jarayonga muvofiq holda tanlandi:

  • ikki yoki undan ortiq fan elementlari bog‘lanishi lozim;

  • dars to‘liq loyihalashtirilishi kerak;

  • o‘quvchilarda tabiat, jamiyat va hayotiy vaziyatlar haqidagi yaxlit tasavvurni hosil qilishga qaratilmog‘i zarur;

  • o‘quvchilar fanlararo bog‘liqlikni topishga va mustaqil hamda ijodiy mushohada yuritishga yo‘llanishi kerak.

Mazkur vazifalarga hamohang tarzda o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida uning metodologik - didaktik infratuzilmasini vujudga keltirish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash lozim. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning samaradorligi asosan o‘quv fanlari o‘qituvchilarining ijodiy izlanishlari va faoliyatlarining mazmundorligiga ham bog‘liqdir.
O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashda mazmun jihatdan o‘zaro yaqin fanlarning manbalari nihoyatda talabchanlik bilan tanlanishi lozim. Shundagina o‘rganilayotgan o‘quv materialining ilmiy-amaliy darajasi oshadi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yishdan maqsad o‘quvchilarda fanlarlarning soni, shakli, rangi bo‘yicha zarur tasavvurlar hosil qilish va yuqori sinflarda fanlarni puxta o‘rgansh uchun zamin yaratishdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatuvchanlikni rivojlantirish xususiyati shundan iboratki, ob’ektiv borliqni o‘rganish bilan bir vaqtda o‘rganilayotgan voqea va fanlarni konkret mazmunidan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo‘lmagan, uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlariga tegishli bo‘lmagan hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi.
Fanlarni integratsiyalash muammosini o‘rganish, tadqiq etishda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fanni va ilmiy bilimni integratsiyalash jarayonining negizi moddiy olamning birligi, ya’ni tabiat, jamiyat va uni anglashning o‘zaro uzviyligi. Fanlar o‘rtasidagi uzviylik, o‘zaro bog‘liqlikning rivoji, bu sohada axborot vositalarining muhim ahamiyat kasb etishi natijasida ta’lim - tarbiya jarayonida erishilayotgan yutuqlar tabiat, jamiyat, texnika sohasi - moddiy olamda ham namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘zaro ta’sir har bir fanning ichki tabiiy rivoji uchun zarur omil.
Ta’lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy, hayotiy, qiziqarli materiallar zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida amalga oshirilishi mumkin. Ana shunday materiallardan biri - bu integratsion bilimlar hisoblanadi.
Atrof-muhit muvozanati va tabiat holatidagi muvofiqliklar inson hayotining maromini belgilaydi. Inson hayoti maromini esa uning ma’naviyati belgilaydi. Ma’naviyati yuksak bo‘lgan shaxsdagina ekologik tushuncha, ekologik tafakkur va ekologik xavfsizlik madaniyati shakllangan bo‘ladi. O‘sib kelayotgan yoshlarga ekologik tarbiya berishda xalq og‘zaki ijodidan foydalanish yaxshi natajalar beradi.
Inson va tabiat - so‘z san’atining eng qadimiy va hamisha navqiron mavzusi. Ona - Tabiat o‘zining ko‘rki, tarovati, noz - ne’matlari, sahovati bilan insonni doimo xayratga solib kelgan.
O‘zbek xalqining tabiat va inson munosabati o‘zaro aloqasi tabiatning sahovati-yu, insonni tabiatga mehr - muhabbati xalq og‘zaki ijodi folklor asarlarida chuqur aks ettirilgan. Chunki xalqimiz tabiatdan alohida yashay olmasligini, undagi har bir giyoh, dovu daraxt, gul - gulzor, xashoratlar-u parrandalar, qushlar-u hayvonlar o‘zlarining hayot kechirishlarida sog‘lom bo‘lishlarida ularning muhim rol o‘ynashini tushunib etganlar. Shu bois foydalilarini ko‘paytirishga, zararlilarini kamaytirishga intilganlar.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog‘lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog‘lanish, ya’ni uzviylikni ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri. Chunki fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, balki mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. O‘quvchilarda dialektik tarzda fikrlash ko‘nikmalari shakllandi. 
Shu bilan bir qatorda, o‘quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘quv materialini mavzular bo‘yicha tahlil etish yo‘li bilan turli o‘quv fanlarining qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish orqali o‘quv materialining tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o‘rnatildi.
Fanlararo aloqadorlik tamoyillariga amal qilish ta’lim - tarbiya sifatini oshirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Ma’lumki, bunday aloqadorlik o‘rganilayotgan ob’ektni har tomonlama chuqur o‘rganishni ta’minlaydi. U pedagogikada uzviylik, fanlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va integrativ aloqadorlik darajalarida talqin etiladi. Jumladan:
- uzviylik - o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning asta-sekinlik bilan kengayib, chuqurlashib, mukammaallashib borishini ko‘zda tutadi;
- fanlararo aloqadorlik - o‘zining mohiyatiga ko‘ra, keng tushuncha bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ektning turli jihatlari va xususiyatlarini har tomonlama ochib berilishini nazarda tutadi;
- o‘zaro aloqadorlik - mohiyatiga ko‘ra ikki o‘quv fanlari orasidagi aloqadorlikni, ya’ni birinchi o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim va ish-harakat usullarini ikkinchisida qo‘llashni va aksincha, qo‘llanishini ifodalaydi.
Integrativ aloqadorlik - nisbatan yuqori darajali aloqadorlik bo‘lib, avval zikr etilganlaridan o‘quv dasturiga va maqsadga muvofiq kiritilganligi bilan farq qiladi, albatta, uni ta’minlashni talab etadi. Natijada ob’ekt haqida tizimli mukammal bilim, ish-harakat usullari shakllanishiga imkon yaratadi. Fanlararo aloqadorlikni o‘rnatish uchun o‘quv materiali mazmuni mantiqan, psixologik, didaktik, metodik va boshqa jihatlardan tahlil etiladi. Pedagogik amaliyotda o‘quv materialini mavzular bo‘yicha va tarkibiy tahlil etish usullaridan keng foydalaniladi.
O’qitishda integratsiyalashgan yondashuvning metodologik asoslari. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv tarbiya jarayoni aloqadorligi sezilarli darajada ortadi.
Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda dunyoga yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar echimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta’lim mazmunida inson va uning dunyoga bo‘lgan munosabati: inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va inson, inson va texnika, tabiat-inson-texnika-atrof-muhit muammosi tobora markaziy o‘rin egallamoqda.
Tabiatni o‘rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o‘rganib bo‘lmaydi. Uni bog‘cha, maktab tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o‘rganmoq zarur.
Tabiiy fanlar ta’lim mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni o‘rganuvchi turli o‘quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks ettirmog‘i lozim. Bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi o‘zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o‘ziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yo‘nalishlar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Tafakkurning tizimli va ehtimolli metodi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.
Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini o‘rganish, tinchlik uchun kurash bo‘yicha global masalalarning echimini topishda tabiiy fanlarning o‘rnini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab o‘quv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatning uzviylik asosida o‘zgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta’limi mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.
Integrativ mashg`ulotlar o`quvchilarda ishonch hissini qaror toptiradi. O`quv jarayonining muvoffaqqiyati hamda bilimlarning yuqori sifatini ta’minlaydi, darslarda psixologik qulayliklarning o`ziga xos qirralari singdiriladi, o`quvchilar faoliyatini samarali tashkil qilishga yo`naltirilgan o`quv mashg`ulotlari taqdim etiladi.
Boshlang‘ich maktablarda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan juda muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Hozirgi zamon ilm berish tizimi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak - atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri tushunishga, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Olimlarning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida etakchi o‘rin egallaydi. bunday tushuncha ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ta’lim tizimiga integratsiyani kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim - tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin.
Integratsiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab etishga o‘rgatadi. shuni alohida hisobga olish kerakki, maktabdagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. mavjud turli fikrlar va qarashlar bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi sababli integratsiya muammosi hamon olimlari o‘rtasida bahsli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji muhim ahamiyatga ega. integratsiya differensiya bilan uzviy bog‘liq. bu uzviylik o‘quvchilarda olinayotgan bilimlarni anglashga bo‘lgan intilishlari tizimini shakllantirishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik o’quv fanlari dasturlarini mazmunan maqsadga muvofiq tahlil qilish, ularni fanlararo o’qitishda uzviylik, ya’ni gorizontal va vertikal bog’lanishlarni aniqlash, ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash o’quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Integrativ ta’lim jarayonida o’quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida har tomonlama bilimlarga ega bo’lib kamol topadi. Tabiat go’zalligini his eta olish, undan zavqlanish, e’zozlash ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo’llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoiliga tayanish ta’lim muassasalari o’quv jarayoni uchun tadbiqiy tus olishi lozim.
Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o’quv fanlararo munosabatlarning murakkab jihatlari to’liq o’zlashtirilishini ta’minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borilishini ta’minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integrati yaxlidlik vujutga keladi.
Integratsiyalangan darslarni ishlab chiqish. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv fanlarini integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi, bo‘sh vaqt orttiriladi va o‘quvchilar fan to‘garaklarga jalb etiladi.
Darhaqiqat, ta’lim mazmunini tanlashda har bir o`quvchining o`ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi, alohida hisobga olinishi, shuningdek, har bir o‘quvchini uzluksiz rivojlanish tamoyili o`quv materiallarini integratsiyalashni, integratsiyalashgan o`quv materiallarini qamrab olgan darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Taqdim etiladigan bilimlarning mustahkamligi, o`quvchilarning umumiy rivojlantirish darajasi dastlab maqsadga asoslanadi.
Integratsion darslardagi o`quv materiallari o`quvchini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashga yo`naltirilmog`i va shu rivojlanish darajasiga muvofiq tarzda bayon qilinmog`i lozim. Har bir o`quvchiga o`zining mustaqil ta’lim olishga imkoniyat berilishi hamda har bir darsda o`quvchilarda muntazam uyg`un ko`nikmalarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bu ko`nikmalarning bir qismi malakaga olingunga qadar o`quv-biluv jarayonini ko`p tarmoqli jarayonlar bilan kengaytirib borish kerak. Ularning bir qismi mustaqil ishlar, boshqa bir qismi axborot manbalari yordamida hosil bo`ladi. Biz har qanday texnologiyalardan foydalanmaylik, o`quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun ham imkoniyat yaratmog`imiz lozim.
Shu bilan birga mustaqil ishlash deganda o`quvchining yolg`iz nazoratsiz faoliyatini tushunmasligi, balki o`z-o`zini bilimini oshirishni anglatmog`imiz kerak. O`quvchilar o`zini qiziqtiradigan, yechishga kuchi yetadigan topshiriqlarni aynan o`zi tanlay olishi talab etiladi. Bunda o`quvchilarning xohish va bilim sifatini hisobga olish muhimdir.
Har bir o`quvchini uzluksiz rivojlantirish g`oyasi muayyan darsda unda hosil bo`lgan ko`nikmalarni muntazam qo`llab - quvvatlashni anglatadi. Bu ko`nikmalarning bir qismi turli axborot manbalari bilan ishlash natijasida hosil bo`lsa, boshqa bir qismi integratsiyalashgan mashg`ulotlarda turli fanlararo berilgan bilimlar, badiiy asarlar kabilar bilan ishlash natijasida vujudga keladi.
Uzluksiz ta’lim jarayonida bilim, ko`nikma va malakalar o`quvchilarni rivojlantirishning maqsadi emas, balki vositasi sifatida qaralishiga erishish lozim. DTS da ko`zda tutilgan ta’lim mazmunini o`zlashtirish natijasi mustahkam bilim, ko`nikma va malakalar sifatida namoyon bo`lishi kerak. DTS da ko`zda tutilgan ta’lim mazmunini barcha o`quvchilar ko`nikma darajasida egallashlari shart. Shundan keyingina o`quvchilarning individual imkoniyati va xoxishini hisobga olgan holda bir qadar murakkabroq o`quv materiallarini taqdim etish, ular o`quv materiallari maqbul o`quv dasturlari, darsliklar va o`quv qo`llanmalarida o`z aksini topmog`i lozim.
Bunda o`quvchilarning bilim sifati va muayyan o`quv fanini o`rganishga qo`yiladigan talablar ham bir qadar oshiriladi. O`quvchilarning bilim darajasini oshirishda ta’lim mazmunini integratsiyalash, unda ta’lim mazmuniga singdirilgan barcha tushunchalarni tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy gumanitar sohaga oid bilimlar sifatida taqdim etish muhimdir.Zero, integratsiyalashgan mashg`ulotlar o`quvchilarda dunyoning yaxlitligi haqida bir butun tasavvur hosil qilishga ko`maklashadi. Shuning uchun ham bir qator o`quv fanlarini integratsiyalashga bugungi kunda kuchli extiyoj sezilmoqda.
O‘quv fanlarini integratsiyalab dars o‘tilganda quyidagilarga e’tibor berish lozim bo‘ladi:
- har bir dars muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
- fanlararo aloqadoplikka oid tanlangan qo‘shimcha material o‘tiladigan mavzular bilan bog‘lanishi shart;
- sinf o‘quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo‘llarini aniqlash mumkin;
- dars faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan, o‘quvchilarning insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi lozim;
- mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, respublikamiz kelajagiga ishonch va e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
umuman olganda integratsiya darsi bir-biriga mos kelishi (mavzu jihatdan) va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi lozim.
Darhaqiqat, fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o’qituvchi oquvchilarda o’zining faniga bo’lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o’zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarizda amalga oshirish natijasida o’quv tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi.
Fanlararo o’qitishda ichki va tashqi bog’lanishlar bo’lib, ichki bog’lanish deganda shu sohaga oid o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushuniladi. Tashqi bog’lanishda esa, mazkur soha fanlari bilan boshqa o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushiniladi.
Yuqorida ta’kidlaganidek, fanlararo aloqa turlari maxsus bilimlar yoki faktik, metodologik, mafkuraviy bo’lib, maxsus bilim sohasi hisoblangan integratsion o’qitishni asos qilib, unda fanlararo o’qitishda gorizantal va vertikal bog’lanishlar ko’zda tutiladi.
Gorizantal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida sinflar aro parallel bog’lanish tushuniladi. U quyidagicha ifodalaniladi: 2-sinf “Atrofimizdagi olam ” darsligidagi “Kuz- hosil yig’iladigan fasil”, “Hasharotlar hayoti”, “Qish”. “Bahorda o’simliklar hayoti” “Bahorda kishilarning mehnati” “yoz o’tadi soz”mavzularini 2-sinf “O’qish” darsligidagi “Kuz ne’matlari”, “Chumoli bilan Chigirtka”. (O’zbek xalq ertagi), “Qish manzarasi” “Bahor keldi”.(She’r. Otayor) “Dono dehqonbobo”(ertak) “Yoz”. (She’r. Habib Rahmat) mavzularini fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu bog’lanish turi asosan, dars jarayonida sinflar aro parallel ravishda shakllantiriladi.
Quyida boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo gorizantal bog‘lanishni yo‘lga qo‘yishga oid dars ishlanmasi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin