Jihozlarning mahkam o`rnashib turishini tekshirish kerak.
Ishlash uchun zarur bo`lgan jihozlarni yetarligini tekshirish kerak.
Barcha elektr jihozlarini to`g`ri ulanganligi yoki ulanmasdan yurganligini ko`zdan kechirish kerak.
Gaz tarmog`idagi vintel va kranlarni yumshoq bir xilda katta kuch sarflamasdan ochish kerak.
Qovurish va qandolatchilik shkaflarini eshiklar prujinlarini ishchi holatida bo`lishiga e`tibor berish kerak.
Ish paytida: Agar elektr to`ki urishini, yoki jihozga berilayotgan kuchsiz to`kni sezsangiz o`z rahbaringizga xabar bering.
Ishlab chiqarish jihozlarini qarovsiz qoldirmang.
Jihozlarni ishlatishdan oldin yonida turgan boshqa ishchilarni ogohlantirish kerak.
Jihozlarni elektr tarmog`iga ulanganda qo`llar quruq bo`lishi shart…
Qozonlarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirganda ikki kishi bo`lib harakat qilishi kerak.
Qovurish tovasida yo`gni, jihozni elektr to`qidan ajratgandan so`ng olish kerak
Elektr plitasi, kastryulkasi qopqog`ini ochishda extiyotkorlik bilan o`ziga qarab tortib ochish kerak.
Plita ustidagi idishlarni maxsus tutqich bilan sekin – asta surib olish kerak.
3. Ish tugagandan so`ng:
3.1 Barcha jihozlarni elektr to`kidan uzgandan so`ng tozalab
yuviladi, shu vaqtda to`k ulanish joyiga (ulanmasin insonlar
ishlayapti) degan yozuvlar osib qo`yiladi.
Elektr plita ustlarini tovalarini va qovurish jihozlarini suv bilan sovutish taqiqlanadi.
Elektr va gaz jihozlarini ulangan holatda qoldirish ta`qiqlanadi.
Bug` qozonlarini oziq- ovqat qoldiqlaridan mukammal tozalash kerak.
Barcha yuvilgan idish – tovoqlarni, asboblarni, mayda jihozlarni va qolgan kimyoviy vositalarni maxsus ajratilgan joyga qo`yish kerak.