V. Fanni o`qitilish natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni chuqur o'rgangan talabalar quyidagi bilimlarga ega bo'ladilar: • axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;
• axborotlashgan jamiyat, axborot sistemalari haqida tasavvurga ega bo‘ladi;
• multimedia tizimlari haqida bilimga ega bo‘ladi, amaliyotda qo‘llay oladi;
• grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega b o ‘ladi;
• tasvirlarni grafik uskunalar yordamida to ’plashni biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;
• kasbiy sohalarda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi.
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetentsiyasi • turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi;
• rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;
• turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta ’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;
• ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetentsiyasi • axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi;
• matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi
4.
Ta’lim texnologiyalari va usullari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.