D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə133/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Onkologik
kasalliklarda, mastopatiyada mumkin emas. Homiladorlik vaqtida va spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda tavsiya etilmaydi, bunda ularning ta’sirini kuchayadi. Bundan tashqari mavrak efir moyi bo„shashtiruvchi ta’sirga ega, u konsentratsiyasini pasayishiga olib kelganligi uchun avtomashina haydashda ruxsat berilmaydi.
Parfyumeriya va oziq ovqat sanoatida ishlatilishi: Parfyumeriya sohasida yangi terib olingan to„pgullaridan olingan efir moylari sklareol bilan birgalikda hidni mustahkamlovchi sifatida ishlatiladi; dorilar ishlab chiqarishda aromatizator sifatida foydalaniladi. Moyi yallig„lanishga qarshi, antimikotik, antifungol, antibakterial va i siydik haydovchi ta’sirga ega. Efir moyi va sklareol oziq-ovqat sanoatida meva essensiyalarni ishlab chiqarishda foydaniladi; kosmetik mahulotlar, odekolon va atirlar ishlab chiqarganda fiksator o„rnini (ambra, muskus) bosuvchi vosita sifatida qo„llaniladi. Mavrak aromaterapiyada omalashib bormoqda. Uning efir moyining virusli orto-, paramiksoviruslarga, shu o„rinda A va B grippga qarshi ta’siri bo„yicha ham ma’lumotlar bor. Ingalyasiya tarzida ishlatish eng samarali hisoblanadi. Moyini yostiqga, kaft nurining bo„g„imiga suriladi yoki xushbo„ychiroq sifatida foydalaniladi. Bu tinchlantiruvchi, og„riq qoldiruvchi ta’sir ko„rsatadi. Mavsumiy tushkunlikda surunkali charchashda, asabiylashishda, stressda, xavotir va qo„rquvda kayfiyatni ko„tarish uchun yaxshi foyda beradi. Antioksidant, gipotenziv va o„t haydovchi ta’siri ham qayd etilgan. Mavrak hidi ayollarda gormonal buzilishlar bilan bog„liq migren va bosh og„rig„ini yaxshilaydi. Mavrak moyi, aynan, bergamot, kardamon, ladannik, greypfrut, jasmin, kashnich, lavanda, pushti geran, sandal, archa va ladan moylari bilan yaxshi natija beradi.
Qushqo’nmas - Silybum marianum (L.) Gaertn.
(Расторопша пятнистая)
O‘simlik tavsifi:
Qushqo„nmas Asteraceae
oilasiga kiruvchi bir yoki ikki yillik o„simlik. Balandligi 30­60 sm ga etadi. Poyasi baquvvat, tik turuvchi, kam shoxlangan, chiziq-chiziqli, silliq yoki ikkinchi yili hosil bo„ladigan biroz
o„rgimchaksimon tuklangan. To„pbargining ildizbo„g„zi


barglari yirik (uzunligi 80 sm gacha va eni 30 sm gacha) cho„znichoq-


ovalsimon, kuchli burishgan; poya barglari ketma-ket
joylashgan, terisimon, oq
ko„ndalang chiziqli yaltiroq, chetlari va ostki tomondan tomirlari bo„ylab sarg„ish tikanlari bor. Gullari yorqin pushti-binafsha rang yoki qizil rang bo„lib, yirik yakka sharsimon savatchalarda
to„plangan. O„rama barglari tikanli. Savatchadagi barcha gullari naysimon shaklda, ikki jinsli. Mevasi oq dog„li, popukli pistacha, usti burishgan, uzunligi 5 mm. May avgust oylari gullaydi. Mevalari sentyabr-oktyabr oylarida pishadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin