Tibbiyotda qo‘llanilishi: O„shbu o„simlikdan tayyorlangan preparatlar gipotenziv, tinchlantiruvchi, tomir kengaytiruvchi va og„riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. Salsolin va salsolidin gipertoniyada, bosh og„rig„i va bosh miya tomirlarining spazmini davolash uchun ishlatiladi. Salsolin tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Salsolidin ham shu ta’sirga ega, ammo salsolinga qaraganda 3 marta kuchsizroq. Yaqindan beri gipertoniyani davolashda salsolin va salsolidin moddalarini 70% li spirtga 1/5 nisbatda nastoykasidan qon bosimining oshishi, bosh og„rig„i, bosh aylanishi, asab tufayli vujudga kelgan yurak sohasidagi og„riqlarni davolashda ishlatilmoqda. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:Qon aylanishining buzilishi, buyrak va jigar kasalliklarida. Xalq retseptlari. Tinchlantiruvchi xususiyatlari tufayli cherkez ko„plab kasalliklarni davolash uchun xalq retseptlarida qo„llaniladi. Qaynatmasining retsepti. 20 gramm xom ashyoni 200 ml suvda solib, 5 daqiqa qaynatiladi. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi. Nastoykasining retsepti. 1 osh qoshiq maydalangan meva 100 ml aroq bilan aralashtirilib, 10 kun davomida saqlanadi. Kuniga 3 mahal 60 tomchidan ichiladi. Shifokor nazorati ostida olib borish kerak. Mavrak -Salvia sclarea L. (Шалфей мускатный) O‘simlik tavsifi: Mavrak o„simligi - Lamiaceae oilasiga mansub ikki yillik yoki ko„p yillik o„t o„simlik, bo„yi 100 sm gacha. Poyasi uncha ko„p bo„lmagan, 4 qirrali, odatda, qizg„ish-binafsha, yuqori qismi bezli tukchalar bilan qoplangan. Barglari qarama-qarshi joylashgan, bandli, burishgan, tuxumsimon yoki yurak- tuxumsimon, chetlari tishchali, uzunligi 7-20 sm. Gulyonbarg pardali yorqin-binafsha yoki ochpushti, yumaloq-tuxumsimon, ingichka uchli, ichiga botgan. Gullari uzunligi 20-25 mm, yolg„on halqalarda 2-6 tadan joylashgan, to„pgullari ro„vakdan iborat, uzunligi 40 sm gacha. Barcha to„pgullari ko„p sonli bezli tukchalar hisobiga yopishqoq. Kosachabarglari qo„ng„iroqsimon, tojibarglari ikki labli kosachabargdan 2-3 marta uzunroq, pushtirang, ochbinafsha yoki oq rangda bo„ladi. Changchilari 2 ta. Tugunchasi yuqorigi, 4 ta bo„lakka bo„lingan. Mevasi senobiy, qo„ng„irsimon-jigarrang. Iyun-iyul oylarida gullab, avgust-sentyabr oylari mevalaydi. Tibbiyotda yer usti qismi gullagan vaqtida foydalaniladi (o„ti). O’sish joyi va tarqalishi: Toshkent, Andijon, Farg„ona, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining pastki va o„rta tog„ mintaqalarida uchraydi.