D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə139/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163
Kimyoviy tarkibi: O„simlik tarkibida efir moylari, 5-metil-3- (1- metilvinil) -1,4-geksadien; 2,3-dimetil-1,4-pentadien; a-pinen, 1,8- sineol, evkaliptol, seksviterpenoidlar: tanatsin, taxillin, tanapsin, tanaxin, tanadin, tavulin, dezatillaurenobiolid,
digidrodezatillaurenobiolid; steroidlar: в-sitosterin, flavonoidlar:
kversetin, kversitrin mavjud.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Dastarbosh to„pgullari damlamasi yumaloq chuvalchanglarga va ayrim ichak kasalliklariga qarshi ishlatiladi. O„simlikning o„t haydovchi va fitonsid xususiyatlari aniqlangan, shu
tufayli u lyamblioz, xoletsistit va gepatitni davolashda ijobiy natijalar beradi. Dastarboshning er usti qismi ham insektitsid xususiyatga ega. Dastarbosh zaharli bo„lib, uni hayvonlar ko„p miqdorda iste’mol qilsa, ularni zaharlanishiga olib keladi. Pichan tarkibidagi dastarboshning biroz aralashmasi ham sutga achchiq ta’m beradi.
Momaqaymoq - Taraxacum officinale Wigg.
(Одуванчик лекарственный)
O‘simlik tavsifi:
Momaqaymoq Asteraceae oilasiga mansub, balandligi 10-30 sm bo„lgan ko„p yillik o„t o„simlik. Ildiz tizimi o„q ildizli. Asosiy ildiz nisbatan yo„g„on, odatda tik turuvchi, kam shoxlangan; ildiz bo„g„zi tukli, kamroq silliq. Barcha barglari to„pbargda to„plangan, uzunligi 10-25 sm, eni 1,5-5 sm. Gulpoyalari bir nechta.
Ular bargsiz, silliq, ichi bo„sh. Barcha gullar tilsimon, ikki jinsli, sariq rangga ega. Ildizlari, poyalari va barglarida, odatda, oq sutli shirasi bo„ladi. Mevalari och qo„ng„irrang yoki qo„ng„irrang pistachalar, ularning kengaygan qismi 3-4 mm uzunlikda, yuqori yarmida oddiy dag„al tuklardan iborat popuklarga ega o„tkir bo„rtmachalar bilan qoplangan. Mart-iyun oylarida gullaydi; pistachalari gullash
boshlanganidan taxminan bir oy o„tgach pishadi. Yoz davomida ko„pincha takroriy gullashi va mevalashi kuzatiladi. Tibbiyotda dorivor momaqaymoq ildizi ishlatiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin