D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə99/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Xalq tabobatidagi damlama shaklidagi alqoro„ti yer ustki qismi jigar kasalliklarini davolashda o„t haydovchi va tetiklantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, shuningdek, ziravorlar va lazzat qo„shimchalari sifatida iste’mol qilinadi. Mahalliy aholi alqordan tabiiy konservator sifatida ham foydalanadi, chunki alqoro„ti yer usti qismi qo„shilgan go„sht va sut mahsulotlari uzoq vaqt saqlanadi.
Yalpiz - Mentha longifolia (L.) L.
Мята длиннолистная
O’simlik tavsifi: Yalpiz
Lamiaceae oilasiga
mansub ko„p yillik o„t o simlik, g orizontal
ildizpoyalari yaxshi
rivojlangan. Poyasi tik turuvchi, to„rt qirrali,
shoxlangan, zich bargli, balandligi 1 m gacha. Barglari o„tkirlashgan,
uzunlashgan- tuxumsimon, chetlari o„tkir arrasimon, uzunligi 8 sm gacha va eni taxminan 2 sm, kalta bandli. Gullari pushti yoki xira binafsha rangda, mayda, soxta halqada to„planib, uchki boshoqsimon to„pgullarni hosil qiladi. Mevasi to„rtta yong„oqchadan iborat, kamdan-kam hollarda hosil bo„ladi. O„simlik juda xushbo„y. Iyun-oktyabr oylarida gullaydi, iyul-sentyabr oylarida mevalaydi.
O‘sish joyi va tarqalishi: U tog„larning o„rta mintaqasigacha bo„lgan nam joylarda, ariqlarda, daryo va irmoqlarning qirg„oqlarida o„sadi. U Toshkent, Andijon, Farg„ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Kimyoviy tarkibi: O„simlikning
yer usti qismida
yoqimli yalpiz hidi va ozgina achchiq ta’mi bo„lgan 0,3-0,6% efir moyi mavjud. Bundan tashqari, C vitamini va organik kislotalarning (qaxrabo, limon, olma) mavjudligi aniqlangan.


Yalpizni o„simlikda g„unchalar paydo bo„lishidan oldin yig„ish maqbul
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati:
hisoblanadi. Ayni paytda u yanada xushbo„y va barglarida ko„proq efir moylari mavjud. Yalpiz yengil, nozik hidga ega, faqatgina yalpiz ifori keladi. Ushbu yalpiz turida efir moyining to„planishi barglarda, ayniqsa, mayda barglarda ko„proq jadal kechishi aniqlangan.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin