D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

o‘t 
(organizm) - 
Öt
(maysa, olov), 
o‘r
(o‘tni o‘rmoq)- 
Ör
(sochni o‘rmoq), 
Öz
(olmosh)- 
o‘z 
(bosib o‘tmoq), 
yn
(ovoz)- 
un
(g‘allaning tortilgani). 
Lekin hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalari uchun, darhaqiqat, qator 
belgisi fonologik qimmatini yo‘qotgan. Shuning uchun hozirgi o‘zbek adabiy tili unli 
fonemalari uchun bu belgi tasnif asosi bo‘la olmaydi. 
Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalarining ikki belgi asosida 
tasniflanishi maqsadga muvofiq: 
1) og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra: keng, o‘rta keng (o‘rta tor), tor; 
2) labning ishtirokiga ko‘ra: lablangan, lablanmagan. 
Lekin o‘zbek shevalarida uchinchi belgi - qator belgisi ham farqlovchi belgi 
sanaladi. 
 
Asosiy belgilar. Kenglik-torlik belgisi 
Turkiy tillarda unlilarning eng muhim farqlovchi belgilaridan biri kenglik-
torlik, ya’ni og‘izning ochilish darajasiga xos belgidir.
1
Bu belgisiga ko‘ra unlilar bir 
qator turkiy tillarda, xususan, yoqut, oltoy, karagas, tuva, qirg‘iz, bolqor tillarida ikki 
bosqichli oppozitsiyani tashkil qiladi: 
a,(ã), o, õ
- keng (kompakt), 
i, ĩ, ü, u 
- tor 
(diffuz). 
Unli fonemalarning soni ularning miqdoriy belgisiga ko‘ra zidla-nishini 
hisobga olmaganda, yuqoridagi tillarda sakkizta sanaladi. 
O‘zbek tili fonetikasiga oid tadqiqotlarda uch bosqichli zidlanish mavjudligi 
ko‘rsatiladi: 
keng
a
 o
yarim keng
e
 o‘
tor
i
 u
Unlilarning keng, yarim keng, tor deb bo‘linishlariga sabab shuki, ularni 
talaffuz qilish paytida quyi jag‘ning pastga tushuvi yoki tilning qattiq tanglaydan 
uzoqligi har xil darajada bo‘ladi. Masalan, 
i
unlisini talaffuz qilish vaqtida til 
maksimum darajada ko‘tariladi, pastki jag‘ ham shunday pozitsiyani egallaydi. 
Natijada til bilan qattiq tanglayning orasi minium darajada yaqinlashadi va og‘iz 
bo‘shlig‘idagi havo yo‘li ham minium darajada qisqarib, torayadi. Ana shuning 
uchun ham i, u fonemalari tor unlilar deyiladi. Bu yerda u bilan i ni bir qatorga 
qo‘yishning sababi shundaki, ularning talaffuzi vaqtida qattiq tanglay bilan tilning 
oralig‘i deyarlibir xil bo‘ladi. Lekin u ning talaffuzida lab faol ishtirok etganligi 
uchun unda lablanish hodisasi yuz beradi. 
a
unlisini talaffuz qilish vaqtida og‘iz bo‘shlig‘ining holati esa tor unli i 
tovushini talaffuz qilishdagi holatdan keskin farq qiladi, ya’ni a tovushini talaffuz 
qilishda pastki jag‘ning quyiga tushishi ham, tilning qattiq tanglaydan uzoqlashishi 
ham maksimum darajada bo‘ladi. Shunga ko‘ra til bilan tanglay o‘rtasidagi havo yo‘li 
ham maksimum darajada keng bo‘ladi. 
1
Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С.27. 


20 
Ana shuning uchun ham a, o unlilari keng unlilar deb ataladi. e bilan o‘ 
tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq tanglayning oralig‘idagi masofa i 
va o‘ tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi holatga nisbatan o‘rtacha holatda 
bo‘ladi. 
Unli fonemalarning uch bosqichli zidlanishi deyarli barcha o‘zbek tilshunoslari 
tomonidan e’tirof etilsa-da, lekin bu uch bosqichli zidlanishni tashkil etayotgan unli 
fonemalarning miqdori masalasida tilshunoslar o‘rtasida bir xillik yo‘q. 
Ko‘pchilik tilshunoslar Ye.D.Polivanov tomonidan ko‘rsatilgan oltita fonema 
borligini tan oladilar.
1
Faqat professor M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarning 
oltitadan ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.
2
Shuningdek, fonema nazariyasi yaratilgandan buyon birinchi planda sanalib 
kelinayotgan fonemaning funksional tomoni rad etiladi. Xususan, muallif yozadi: 
“Inson tovushining ikki asosi bor: 1) akustik asos 2) biologik asos. Ba’zi 
adabiyotlarda yana lingvistik asos haqida ham gap boradi. Bunda esa tovushning 
nutqdagi vazifa tomoni nazarda tutiladi. Biroq tovush nutqda vazifa bajarmaydi, balki 
nutq mazmunining eng kichik bo‘lagi bo‘lgan fonemaning shakli hisoblanadi”.
3
Odatda, LFM (Leningrad fonologik maktabi) vakillaridan boshqa barcha 
tilshunoslar fonemaga so‘z va morfemalar tarkibida kelib, ularning ma’nosini 
farqlash uchun xizmat qiladigan va o‘zi ma’noga ega bo‘lmagan bir yoqlama birlik 
sifatida qaraydilar, bu bilan fonemani ikki yoqlama birliklar – morfema va 
leksemalarga qarama-qarshi qo‘yadilar. 
M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarni og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra 
an’ana bo‘yicha uch darajaga bo‘lgani holda, ularning miqdorini quyidagicha 
ko‘rsatadi: 
Tilning yuqori ko‘tarilishidagi unlilar:

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin