22
jarayonida «a» ning lablanish belgisiga ega bo‘lishi bu unli fonemaning kombinator
variantini hosil qilsa, o‘zbek tilida dastlab variant holida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham,
lekin hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonologik qimmatga ega bo‘ladi.
1
O‘zbek tili fonetikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda «o» fonemasi-ning
artikulyatsion-akustik belgisi turlicha talqin etiladi. Ayrim
mualliflar lablangan unli
desalar
2
, boshqa tadqiqotchilar lablanish belgisini inkor qiladilar.
Jumladan, prof. M.Mirtojiev bu ikki unli haqida quyidagilarni yozadi: «Yana
o‘zbek tilida
«o» unlisi va Buxoro-Samarqand shevalariga xos
«o» unlisi bor.
Bularda tilning old va orqa qismi bir xil holatda bo‘ladi.
Shunga qaramay, uning
urinib o‘tish joyi tilning orqasi bo‘lgani uchun, ularni
ham til orqa unlisi deb
qaraladi... O‘zbek tilida lablangan unlilar bir necha:
u, ü, ö, ө. Yana Buxoro-
Samarqand shevalariga xos
«o» unlisi ham lablangan bo‘lib, uning lablanishi boshqa
lablangan unlilarga nisbatan juda pastdir.
«o» unlisini ba’zi
adabiyotlarda lablangan
deb ham qayd etiladi. Buning asosi bor. Chunki u lab tovushlari bilan yondosh
qo‘llanganda, albatta, lablangan talaffuzga ega bo‘ladi. Biroq boshqa hollarda esa u
lablanmaydi. Bu esa uning assimilyativ lablanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Asosan
esa, bu tovush lablanmagan deb qaralishi kerak».
3
Yuqoridagi parchani o‘qigan har
qanday fonologiyadan xabardor bo‘lgan o‘quvchi til sistemasida paradigmatik
munosabatdagi unli fonema bilan uning sintagmatikadagi turli o‘zgaruvi
(modifikatsiyasi) qorishtirilayotganligini payqaydi.
O‘zbek tili fonetikasi (fonologiyasi) tarixi bilan shug‘ullangan yirik turkologlar
Dostları ilə paylaş: