Nazallik belgisi – Nazallik lotincha «burunga oid» ma’nosini ifodalaydi. Bu
belgi bo‘lgan unlilarda tanglay pardasining tushishi va havo oqimining bir vaqtda
og‘iz va burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida tovush burun tembriga ega bo‘ladi.
Buning natijasida og‘iz unlisi burun unlisiga aylanadi.
Nodifferensial belgilar – farqlanmaydigan belgilar.
Nutq apparati nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi nutq
organlarining yig‘indisi. Palatal – ingichka yoki yumshoq belgisi, tilning o‘rta qismining qattiq tanglay
(palatum)ga ko‘tarilishi natijasida yuzaga keladi, ya’ni undosh fonemalar old qator
unlilari bilan kelganda ingichka, yumshoq talaffuz qilinadi.
Pauza – to‘xtash, nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi.
Paydo bo’lish usuliga ko‘ra undoshlarning oppozitsiyasi ikki belgiga
asoslanadi: portlovchilik va sirg’aluvchilik. P, b, t, d, m, n, ng, k, g va q-
portlovchilar; f, v, z, s, sh, l, r, y, x, h -sirg’aluvchi; j va ch-portlovchi-
sirg’aluvchilardir. ch va j ham portlovchilar bilan ham sirg‘aluvchilar bilan zidlanib,
bir qancha farqlovchi belgilarga ega.
Pertseptiv funksiya –anglash funksiyasi, bu funksiyani leksik urg‘u bajaradi.
Polisillabik so‘zlar – ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar.
Proteza - fonetik moslashtirish. So‘z boshida tovushlar mosligi natijasida
leksema variantlarining ortishi muammosi dastlab Mahmud qoshg‘ariy tomonidan
bayon qilingan edi. Xususan, u qipchoq, o‘g‘uz tillarini hoqonicha turkcha tilga
qiyoslar ekan, hoqonicha turkcha leksemalar boshidagi [y] undoshi qipchoq tillarida
doimo [j] ga, o‘g‘uz tillarida esa nolga aylanishini bayon qiladi. Masalan, turkcha
jinji, qipchoqcha jinji, o‘g‘uzcha inji. Qator belgisi – unlilar qo‘shimcha belgisi bo‘lib, old qator va orqa qator
unlilariga bo‘linadi.