Dars: O`qish.
Mavzu: Ma`naviyat – qalb quyoshi. Salomlashish odobi. Husayn Voiz Koshifiy.
Maqsad:
a) Husayn Voiz Koshifiy haqida ma`lumot berish; o`quvchilarning salomlashish odobi haqidagi bilimlarini boyitish.
b) Salom so`zining asl ma`nosini tushuntirish; o`quvchilarni kattalar va tengdoshlari bilan salomlashishga o`rgatish.
d) O`qish malakasi sifatlari: tog`ri, tez, ongli va ifodali o`qishlarini takomillashtirish; o`quvchilar lug`atini mavrid, jamoat joylari, vidolashish, maqbara, kanda qilmaslik, ochiq chehra kabi so`zlar va so`z birikmalari bilan boyitish; fikrni izchil, tartib bilan bayon qilishga o`rgatish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, ilmiy – ommabop asar o`qish darsi.
Dars uslubi: Izohli o`qish, ko`rgazmali uslublar, suhbat, savol – javob “Kim ko`p eslab qoladi?” o`yini.
Darsning jihozi: Salomlashish holati ifodalangan rasmlar, hikmatli gaplar, shiorlar, krossvord, test tarqatmalari.
Foydalanilgan adabiyotlar: S. Matchonov. X. G`ulomova. M. Suyunov. H. Boqiyeva. “Boshlang`ich sinf o`qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish”, “Boshlang`ich ta`lim” jurnali.
Darsning borishi:
Darsning rejasi:
-
Tashkiliy qism.
-
O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini aniqlash va baholash.
-
O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
-
Yangi mavzuni o`rganish.
-
Krossvord yechish va test savollari asosida o`quvchilar bilimini aniqlash va baholash.
-
Yangi mavzuni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
-
Uyga vazifa berish.
O`quvchilarning vazifasi:
-
O`quvchilar o`quv topshiriqlarini mustaqil bajarish.
-
O`quv materialini yaxlit holda o`zlashtirishga erishish.
-
Yangi mavzu yuzasidan savol – javob, bahs – munozarada ishtirok etish.
-
Yangi mavzuni o`rganishga o`quvchilarni tayyorlash.
- Qani o`quvchilar darsga tayyormisiz?
- Biz darsga tayyormiz.
- Sinfda kim navbatchi?
Durdona: Bugun sinfda men - Ravshanova Durdona Jamshid qizi navbatchiman. Darsimiz o`qish darsi bo`lib, darsga barcha o`quvchilar qatnashmoqda va ular bilim sirlarini o`rganishga tayyorlar.
-Barakalla qizim! O`lkamizda qaysi fasl hukmron?
O`quvchi: O`lkamizda sahovatli, oltin kuz .
- Kuz tabiati haqida gapiring!
- Kuzda tabiat oltin rang bilan bezanadi. Dov-daraxt, o`t-o`lanlar qizg`ish – sariq rangda jilovlanadi.
- Kuz fasli yana mo`l-ko`lchilik fasli bo`lib, dehqonlarimiz, bog`bonlarimiz va paxtakorlarimiz uchun hosilni yig`ib terish fasli bo`ladi.
- Biz kuz faslida qanday bayramlarni nishonladik?
- Kuz faslining ilk kuni O`zbekiston Respublikasi Mustailligining 19 yillik to`yini shodiyonalar bilan nishonladik.
- 2-sentabr - Bilimlar kuni.
-10-sentabr – Ramazon hayiti.
- 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni.
- 21-oktabr O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.
- 18-noyabr – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i tasdiqlangan kun.
Balli o`quvchilarim bayramlar haqida bilar ekansiz. Endi bugungi darsimizga qaytsak. O`tgan darsimizda qanday mavzu o`tgan edik?
-Biz o`tgan darsimizda nazorat ishi olib bilimlarimizni tekshirgandik va bilimimizga yarasha ballar olgandik.
Yaxshi bolajonlar, unday bo`lsa yangi mavzumizni boshlaymiz.
Dars ikki xil sahna ko`rinishi bilan
boshlanadi.
1 – ko`rinish.
1 – o`quvchi: Salom qalaysan?
2 – o`quvchi: Nechego, bratan,
senchi
1 – o`quvchi: Bekorchilik.
2 – ko`rinish.
1 – o`quvchi: Assalom-u alaykum, do`stim Durdona
2 – o`quvchi: Va alaykum assalom, Xanifa.
1 – o`quvchi: Durdona yo`l bo`lsin?
2 – o`quvchi: Do`stim kutubxonaga ketyapman.
O`qituvchi: - Siz qaysi do`stlaringiz muomalasini, salomlashishini to`g`ri deb hisoblaysiz? Nima uchun? - Darsda o`qituvchi o`quvchilar bilan qanday salomlashishadi? Bir o`quvchi javob beradi, so`ng o`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashadi.
O`qituvchi: Assalom-u alaykum, aziz o`quvchilar.
O`quvchilar: Assalom-u alaykum, ustoz.
O`qituvchi: Bugungi darsimizning
mavzusini angladingizmi? Qaysi
mavzuni o`rganar ekanmiz?
Doskaga mavzu (Ma`naviyat –
qalb quyoshi), o`quv materiali
(Salomlashish odobi. Husayn
Voiz Koshifiy) yozib qo`yiladi.
II Bo`lim mavzusi haqida suhbat.
-
Bugun o`rganadigan bo`lim qanday nomlanar ekan? - Ma`naviyat – qalb quyoshi deganda nimani tushunasiz?
O`qituvchining hikoyasi: - Ma`naviyat – insonning fe`l – atvori, axloq – odobi, madaniyati va dunyoqarashini anglatadigan tushuncha. Xushmuomala, keng tushunchali , boshqalarga faqat yaxshilik qiluvchi, mehnatsevar, fidoiy kishilar ma`naviyat dunyosi boy deb ulug`lanadi. Aksincha, faqat o`zini o`ylaydigan xudbin, baxil, ta`magir va yalqov kishilar ma`naviy dunyosi past, qashshoq deyiladi. Ma`naviy boylikning birinchi belgisi salomlashish odobidir.
Aziz bolajonlar biz siz bilan yurtboshimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovni mashhur asarlaridan biri “ Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” asarini o`rganganmiz. Qani yurtboshimiz ma`naviyatni ulug`lab ne deganlar?
- “Insonga xos orzu- intilishlarni ro`yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o`ylaymanki o`rinli bo`ladi” – degan edilar.
III Muallif haqida ma`lumot.
O`qiladigan asar nomi va uning muallifi o`quvchilarga o`qitiladi. – Husayn Voiz Koshifiy haqida nimalarni bilasiz?
O`qituvchining hikoyasi: - Husayn Voiz Koshifiy XV asrning yirik olimlaridan bo`lgan. U bundan 500 yil oldin yashagan, odob – axloqqa doir ko`pgina asarlar yozgan. Koshifiy Xurosonda Husayn Boyqaroning odil maslahatchisi bo`lgan. Saltanat ishlarida shohga ko`maklashgan.
O`ylang! - “Salomlashish odobi” asarida nima haqida hikoya qilinadi?
O`qituvchi: Insonning xulq – odobi, avvalo, uning boshqa kishilar bilan munosabatida ko`zga tashlanadi. Salom bilan boshlangan har bir suhbat yomon niyatni ham qaytaradi, yaxshilik eshiklarini ochadi. Lekin salomlashishning ham o`z qonun – qoidalari bor. Asarni o`qish davomida bu qoidalarni bilib olasiz.
Aka – singillarni ko`rganda
salom berish.
Uyga yoki xonaga kirib kelganda salom berish.
IV Lug`at ishi.
Mavrid so`zining ma`nosini bilasizmi? (Mavrid – biror ishning amalga oshirilishi uchun qulay fursat, vaqt).
V Asar matni bilan tanishtirish.
Matnni o`qituvchi o`qib beradi. Topshiriq: Asarni diqqat bilan tinglang. Necha mavridda salomlashish kerakligini bilib oling.
VI Asar yuzasidan dastlabki suhbat.
Asar mazmunini o`quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash yuzasidan savollar.
-
“Salom” so`zi qanday ma`noni bildiradi? - Necha mavridda salomlashiladi? - Ularning qaysilari esingizda qoldi? - Qanday holatlarda salom berilmaydi?
Jamoat joylariga borganda salom berish
Maqbaralarga borganda salom berish
VII Test.
O`quvchilarga 5 ta test og`zaki aytiladi, ular o`qish daftarlariga javoblarini yozadilar. O`qituvchi test javoblarini to`g`risini o`qiydi, o`quvchilar daftarlaridan tekshirishadi.
VIII Asarni ichda o`qitish.
Topshiriq. Ichingizda o`qing. – Birinchi mavrid salomlashish qoidasini o`qing. – Yettinchi mavrid salomlashish qoidasini o`qing. – To`rtinchi mavrid salomlashish qoidasini o`qing. – Qaysi holatlarda salom berilmaydi? Shu fikrni topib o`qing. – Salom berayotgan kishining holati qanday bo`lishi kerak? Shu o`rinni topib o`qing.
IX Lug`at ishi.
Quyidagi so`z va birikmalar doskada yoziladi: Mavrid, jamoat joylari, vidolashish, maqbara, kanda qilmaslik, ochiq chehra.
Izohli lug`at o`qish daftariga yozdiriladi.
X Krossvord yechish.
Doskaga tayyorlangan krossvord va uning sharti qo`yiladi. O`quvchilardan bir guruhi chiqib, krossvordni yechishadi.
KROSSVORD
Bo`yiga:
1) O`zbekistondagi asosiy millat nomi.; 2) Bir onadan yuz bola, yuzovi ham bo`z bola.; 3) Dum dumaloq shakli bor, palovda obro`yi bor.; 4) Zafar Diyor she`ri nomining birinchi so`zi.; 5) Shu she`rning ikkinchi so`zi.; 6) Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo`lar oziq.; 7) Boshimizdagi ko`k gumbaz nomi.;
8) Oppoq sochli boshlari, daryo bo`lar yoshlari.; 9) Meva nomi.; 10) Bug`doydan tayyorlanadigan dasturxon ko`rki.; 11) Oyna emas, jimirlar, tik turolmas.; 12) Kichkina dekcha, ichi to`la mixcha.; 13) To`ni silliq tuki yo`q, ichi qizil po`ki yo`q.; 14) Qir so`zi bilan ko`p qo`llanadi.; 15) Poliz ekini.; 16) Guli bitta yarim oy, boshginamdan olar joy.; 17) Rangi har xil, nomi bir xil.; 18) Qishda suv yuzini qoplaydi.; 19) Birlashtirib kiyimni, issiq tutadi sizni.; 20) Ikki ajib qulog`i bor, biri tinglar, biri so`zlar.; 21) Tikuvchiga o`rtoq o`zi, bittagina jajji ko`zi.; 22) Yoz, kuz bo`yi chirqillab, don tashiydi pirillab.;
Eniga:
Bo`yiga katakchalarni to`g`ri to`ldirsangiz, siz o`rgangan bo`lim nomi kelib chiqadi.
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
XI Qayta hikoyalash.
7 xil mavrid salomlashish holati tasvirlangan rasmlar doskaga ilinadi. O`quvchilar har bir mavrid salomlashish qoidasi va mazmunini o`z so`zlari bilan hikoyalab beradilar.
XII Asarni qismlarga bo`lib o`qish.
Doskaga 8 o`quvchi chiqariladi. Ularning biri asarning bosh qismini, qolgan 7 o`quvchi 7 mavrid salomlashish odobini o`qiydi. Oxirgi 2 xat boshini 1- o`quvchi o`qiydi.
O`quvchilar bilan endi “Kim ko`p eslab qoladi?” o`yinini o`ynaymiz. Bu o`yinda o`qituvchi 4-5 ta so`zdan iborat gap aytadi va uni 2 marta qaytaradi. O`quvchilar ushbu gaplarni eslab qolib, o`qish daftarlariga xatosiz, chiroyli yozishlari kerak. Bu o`yin o`quvchilarni xotirasini mustahkam bo`lishiga yordam beradi. Biz 4 – sinfda 14-15 ta so`zdan foydalanib yozishimiz mumkin.
O`quvchilar insonlarda bo`ladigan ijobiy va salbiy hislatlarni tarmoqlash yo`li orqali ko`rsatib berishadi
XIII Darsda o`rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
-
Darsda nimalarni bilib oldingiz?
-
Asarni o`rganish orqali qanday xulosalarga keldingiz?
-
Odob – axloq haqida qanday maqollar bilasiz? Ularning ma`nosini izohlashga harakat qiling.
Namuna. Odob bozorda sotilmas.
Husn to`yda kerak , odob kunda kerak.
Odobni odobsizdan ham o`rganish mumkin.
Odobli bola elga manzur.
Odob oltindan qimmat.
XIV O`quvchilarni rag`batlantirish.
XV Uyga vazifa. O`qish daftariga salomlashish mavridlarini o`z so`zlari bilan yozib kelish. Salomlashishni boshqa tillarda qanday aytilishini o`rganib kelish.
Dostları ilə paylaş: |