Darsing mavzusi: Kirish
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga mavzuni yuzasidan ma’lumot berish;
tarbiyaviy: o’quvchilarni badiiy adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga odatlantirish.
Darsning turi: yangi bilim berish
Darsning metodi: suhbat
Darsning jihozi: darslik, badiiy adabiyotlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga hozirligini nazorat qilish.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Ta’til mobaynida qanday badiiy asarlarni o’qidingiz ?
2. Qaysi asar sizning qalbingizdan chuqurroq joy oldi ?
3. Asar qahramonlarining qanday fazilatlari sizga ko’proq yoqdi?
4. Qaysi yozuvchilarning asarlari sizga yoqdi ?
3.Yangi mavzu bayoni:
Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so’z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. So’z olam va undagi jamiki narsalardan oldin paydo bo’lgan ekan. So’zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo’ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega so’z bilan ish ko’radigan san’ati deb yuritiladi. Badiiy adabiyot san’atning murakkab va serqirra turi, insonda yuksak ma’naviyat shakillantirishning eng ta’sirchan vositasidir. Insondagi ismsiz tuyg’ular, nozik kechinmalar, ko’z bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan hidlab bo’lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so’z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham so’z ekanligi bilan ajralib turadi.
San’at odamlar hayotida muhim o’rim tutadi. Chunki uning yordamida inson ko’ngli ezgulik va gozallikka oshno bo’ladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.So’zning ilohiy mohiyatni tushuntirishga urunib ko’ring.
2.Ko’rkam adabiyotning so’z san’at deyilishi sababini tushuntiring.
3.Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlariga qaragan serqirra va ifoda imkoniyati kengligi sababini izohlang.
4.Badiiy adabiyot va ilmiy adabiyot o’rtasida qanday farq?
5.O’quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa: 3-9-betlarni o’qish, 10-betdagi test topshiriqlarni bajarish.
Darsnung mavzusi: Rasul Hamzatov “Ona tilim” she’ri.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga Rasul Hamzatovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot be’rish;
tarbiyaviy: o’quvchilarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ifodali o’qish ko’nikmalarini shakillantirish.
Darsning turi: yangi bilim berish;
Darsning metodi: suhbat, ifodali o’qish;
Darsning jihozi: darslik.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Yozuvchi va shoir Shuhratning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Shuhratning boshidan qanday kunlar kechdi?
3.Doston nima uchun “Mardlik afsonasi” deb nomlangan?
4. “Mardlik afsonasi”da xalqimizning qanday kechmishi tasvirlangan?
5. “Mardlik afsonasi”dan parcha yod ayting.
3.Yangi mavzu bayoni:
Rasul Hamzatov 1923-yilda tug’ildi. 13-14-yoshlarida she’rlar yoza boshlagan. 16-yoshida o’z yurtining taniqli shoiri edi. 18-yoshidan o’qituvchi, artist va muhbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi. U ona xalqining turmush tarsi va o’ziga hos ruhiy dunyosi bilan yaqindan tanishib bordi. Otasi-Dog’istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qaradi.
Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi. 1945-yilda Moskvadagi jahon adabiyoti institutida tahsil oldi.
Jahonga taniqli shoir 2003-yilda dunyodan o’tdi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikning 128-129-betidan Rasul Hamzatovning Hayoti va ijodi o’qitiladi. O’quvchilardan Rasul Hamzatovning hayoti va ijodi so’raladi.
1.Rasul Hamzatov kim? Uning bolalik yillari qanday kechgan?
2.Shoir sheriyatiga xos xususiyatlarni aytib bering.
3.Uning adabiyotga havas qo’yishida kimning hissasi bor?
4.Ilk kitobi qachon chop etilgan?
5.O’quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa: 128-129-betni o’qish va konspektlashtirish.
Darsning mavzusi: Rasul Hamzatov she’rlari tahlili.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Rasul Hamzatovning “Ona tilim”, “Nevaram Shahrizodaga” she’rlari tahlili.
tarbiyaviy: o’quvchilarni shoir ijodiga hurmat ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: ifodali o’qish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi; mustahkamlash.
Darsning metodi: ifodali o’qish.
Darsning jihozi: darslik.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Rasul Hamzatovning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Uning bolalik yillari qanday kechgan?
3.Shoirning she’riyatiga xos xususiyatlarni aytib bering.
4.Shoirning avar xalqi she’rhonlariga ma’qul kelish sababini tushuntirib bering.
3.Yangi mavzu bayoni:
Rasul Hamzatov she’ridagi yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, uning o’z tilidan g’ururlanishi kimningdir izzat-nafsiga tegish evaziga bo’lmaydi:
Mayli, kim qay tildan zavqu shavq olsa,
Mening o’z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo’qolsa,
Men bugun o’limga bo’lurman rizo.
Bu-onaga, ya’ni ona tiliga mehribon o’g’lining samimiy tuyg’ulari go’zal ifodasini bergan misralar.
Shoir uchun avar tili-eng suyuk, eng buyuk til. Chunki ona tilidir. Bu tilda uning xalqi so’zlashadi. Shu tilda unga alla aytilgan. Shu tildagi ertaklarni eshitgan.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Ona tilim” o’qitilib, tahlil qilinadi.
1.Tushdagi o’lim tasvirida qaysi yurtning manzarasi ko’rsatilgan deb o’ylaysiz? Shoir tani qayerda yotibdi, atrofidagi tabiat manzarasi qayerni eslatadi?
2.Shoir nima uchun ona tiliga bu qadar katta muhabbat bilan qaraydi deb o’ylaysiz? Tilga muhabbat, elga muhabbat, uning tarixiga, ruhiyatiga muhabbat deb hisoblaysizmi?
3.She’r sizda qanday taassurot qoldirdi?
4.Siz ona tilingizga qanday munosabatdasiz?
5.O’quvchilar bilimini baholash:
6.Uyga vazifa: “Ona tilim” she’ridan parcha yodlash.
Darsning mavzusi: Asqad Muxtor.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Asqad Muxtorning hayoti va ijoda haqida ma’lumot berish.
tarbiyaviy: o’quvchilarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ifodali o’qish ko’nikmalarini rivajlantirish.
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning metodi: ifodali o’qish.
Darsning jihozi: darslik, DVD, televizor, disk.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Rasul Hamzatovning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.
3.Shoir uchun ono tili qanday mavqega ega?
4. “Ona tilim” she’ri mazmunini gapirib bering.
3.Yangi mavzu bayoni:
Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920-yili Farg’ona shahrida Ma’sud temiryo’lchi oilasida tug’ilgan. 11 yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Andijon pedago’gika institutida o’zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo’lib ishlaydi. Toshkentdagi faoliyati davomida eng ko’pgina ro’znamo va oynomalarda faoliyat yuritadi.
Dastlabki she’rlari: “Tong edi”, “Totli damlar”, “Bizning avlod”, 1935-1938-yillarda Veyudga keladi. U tarjimonlik faoliyati bilan ham shug’ullanadi.
Asqad Muxtor 1997-yil 17-aprelda Toshkentda og’ir hastalikdan vafot etgan.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikdan Asqad Muxtorning “Yulduzim”, “Yo’l”, “Tug’ilish”, “O’zimniki emas bu umir”, “Bir tupo’rin” she’rlari ifodali o’qiladi.
She’rlar mazmuni tahlil qilinadi. Masalan “Yulduzim” she’rida shoir bolaligini eslaydi. Qishlog’i etadigan bir dasht bo’lgan ekan u yerda polizlarni qo’riqlab yotib, yulduz sanashning ajoyib bir gashti bo’lgan ekan. U yulduzlar uchganini, Jizzax cho’lida tushganini, juda yaqin joyga tushkanini, gugurt olib, tomdan o’zini tashlab, o’qariqdan sakrab, o’sha tomonga qarab yugurgan.
5.O’quvchilar bilimini mustahkamlash:
6.Uyga vazifa : Asqad Muxtorning hayoti va ijodini o’qib konspektlashtirish, she’rlaridan yodlash.
Darsning mavzusi: She’rlar tahlili
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Asqad Muxtorning she’rlarini o’qish,tahlil qilish.
tarbiyaviy: o’quvchilarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga odatlantirish.
Darsning turi:
Darsning metodi:
Darsning jihozi: darslik, DVD,disk, televizor.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qismi:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Asqad Muxtorning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Uning qalamiga mansub qanday she’rlarni bilasiz?
3.U qanday asarlar yozdi?
4.She’rlarni yoddan so’rayman.
3.Yangi mavzu bayoni:
“Yulduzim” she’ri ifodali o’qitiladi va tahlil qilinadi. Bolalik chog’ida shoir yulduzlarni sanab yotishni ularni kuzatishni juda yaxshi ko’radi. Yulduz uchsa, tomdan sakrab, ariqdan sakrab o’sha tomonga qarab yuguradi. Yulduzni ko’rish uchun tikanlarni to’sib, cho’l so’qmoqlari tomon yuguradi,ammo topolmaydi.
“Yo’l” she’ri o’qitiladi, tahlil qilinadi. Shoir yo’llarni quyosh nurlariga, inson umriga o’xshatadi. U bir joyda , yoki unda o’tirib qolishni hayotdan orqada qolish deb tushunadi. Bobosi unga ko’rganing seniki, ellarni ko’r, ochilmagan qo’riq, noma’lum yulduz bari seniki degan. Ijod dardi-yo’l azobidir, ruhim bilan yo’lda ekanman, umrimning ham nihoyasi yo’q, deydi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikdan “Tug’ilish”, “O’zimniki emas bu umir” she’rlari o’qittiriladi va tahlil qilinadi.
Bu umir to’la meniki emas,bir vaqtlar meni deb kimlardir halok bo’lgan, o’zimniki emas o’rtada hammasi, achchiq-chuchugi-yu,guli mevasi,Yengil-yelpi o’tsa umirdan bir dam, Rozi-rizo bo’lmas egasi.
5.O’quvchilar bilimini baholash:
6.Uyga vazifa: Asqad Muxtorning she’rlaridan yodlash.
Darsning mavzusi: 1-nazorat ishi Insho. Men sevgan shoir.
Darsning maqsadi:
tarbiyaviy: o’quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini amalda sinash va baholash.
ta’limiy: o’quvchilarda adabiyotga, she’riyatga mehir uyg’otish.
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma nutiqlarini o’stirish.
Darsning turi: nazorat ishi.
Darsning metodi: yozma nutiqni o’stirish.
Darsning jihati: darslik, she’riy kitoblar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomatni aniqlash.
2.Nazorat ishi.
Insho.
Men sevgan shoir.
Reja:
1.She’r-ko’ngil mulki.
2.Men sevgan shoir.
3.Shoir sherlarida Vatan madhi.
Darsning mavzusi: Mirmuxsin “Me’mor” asaridan parcha o’qish.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Mirmuxsinning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.
tarbiyaviy: o’quvchilarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikirlashga odatlanish.
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning metodi: ifodali o’qish, suhbat.
Darsning jihozi: qo’llanma, Mirmuxsin “Me’mor”
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash,o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Asqad Muxtorning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Uning qalamiga mansub qanday asarlarni bilasiz?
3.Asarlari qanday mavzularda?
4.Uning she’rlaridan yod aytib bering.
3.Yangi mavzu bayoni:
O’zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotining layreati Mirmuxsin Mirsaidov bu romanida o’tmish me’morlarining hayoti, beqiyos san’at va o’sha zamon qarama-qarshiliklarini ko’rsatadi. Me’mer romani XV asirda Movarounnah va Xurosonda me’morchilik san’atining masilsiz rivojlanganini, obidalar va tarixiy yodgorliklarni me’moru muhandislar bilan birga xalq qurganini keng hikoya qiladi. Me’mor Najmiddin Buxoriy qizi Badia muhabbati hamda xalq qahramonliklari yorqin bo’yoqlarda tasdiqlangan.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
O’qituvchilar uchun adabiyot fanidan uzviylashtirilgan o’quv dasturi 22-26-betlar o’qitiladi.
Savollar:
1.Safarga ketayotgan me’morning fikri hayoli nimada edi? Me’mor haqida Mas’uma beka nima uchun yozg’urdi deb o’ylaysiz?
2.Shamol tufayli yuz bergan noxushlik yo’lovchilarda qanday holatni yuzaga keltirdi?
5.O’quvchilarni baholash:
6.Uyga vazifa: “Me’mor” asaridan berilgan parchani o’qib kelish.
Darsning mavzusi: “Qizimga” “Buvilar duoga qo’llarin ochib” she’rlari tahlili.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Saida Zunnunova she’rlarini ifodali o’qish va tahlil qilish;
tarbiyaviy: shoira she’rlari orqali o’quvchilarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikirlashga odatlantirish.
Darsning turi: mustahkamlash.
Darsning metodi: ifodali o’qish, tahlil qilish.
Darsning jihozi: darslik.
Darsning borishi :
Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Shoira Saida Zunnunova qachon qayerda tug’ilgan ?
2.U adabiyotga qanday kirib kelgan ?
3.Uning hayoti qanday qiyinchiliklar bilan o’tgan ?
4.Uning qalamiga mansub qanday she’r, hikoyalarni bilasiz ?
3. Yangi mavzuni boyoni:
“Qizimga” she’rida Saida Zunnunova o’z qiziga murojaati orqali butun O’zbek qizlarini hayoli, iboli bo’lishga, insoniy fazilatlar egasi bo’lishga chaqiradi.
“Buvilar duoga qo’lin ochganda” she’ri orqali qariyalarning duosi ijobat bo’lishini, qarisi bor uyning parisi borligi haqida fikr yuritadi. Biz har doim qariyalarni qadirlab, ularning duosini olib yurishimiz lozimdir.
Qariyalar bor joyda ahillik, fayz-u Baraka bo’ladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikdan Saida Zunnunovaning she’rlari ifodali o’qitilib, mazmuni sharhlanadi.
Sherlar yuzasidan bahs-munozara yuritiladi.
Darslikda berilgan savol topshiriqlar ustida ishlanadi.
5. O’quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa: Saida Zunnunova she’rlaridan birini yodlash.
Darsning mavzusi: Shuhrat. “Mardlik afsonasi”ni o’qish.
Darsning maqsadi :
ta’limiy: Shuhratning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish;
tarbiyaviy: o’quvchilarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga odatlantirish;
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: darslik.
Darsning borishi :
1.Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Saida Zunnunova kim ?
2.Uning qalamiga mansub qanday she’r yoki asarlarni bilasiz ?
3.Saida Zunnunovaning boshiga qanday og’ir kunlar tushadi ?
4.Saida Zunnunovaning she’rlaridan yod ayting.
3.Yangi mavzu bayoni:
Shuxrat 1918-yilning 19- aprelida Toshkent shahrining Xastimon (Hazrat Imom) mahallasida tug’ilgan. U oldin otin oyi maktabida, keyin sho’ro maktabida,o’qidi. U 1932-33 yillarda transport texnikumida, 1934-1936-yillarda O’rto Osiyo transport injenerlari institutida tahsil ko’rdi. 1936-1940-yillarda Toshkent davlat pedagogic universitetida ta’lim oldi.
Shuhratning birmahi she’ri 1935-yilda 17 yoshida e’lon qilindi. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran bitgan she’rlariga “Shuhrat” taxallusini qo’ya bo’ladi. O’sha yillarda uning “Orzu va qanot” dostoni “Mehrol” nomli ertak dostoni chop etildi.
1941-yilda u 2-jahon urushiga boradi.1943-yilda og’ir yarador bo’ladi. U jangohda ham ijodini to’xtatmadi. Shuhrat 1993-yilning 20-iyunida uzoq davom etgan og’ir kasallikdan vafot etdi.
4.O’quvchilar bilimini baholash:
5.Uyga vazifa: Shuhratning hayoti va ijodini konspektlashtirish, “Mardlik afsonasi”dan yodlas
Darsning mavzusi: Saida Zunnunova “Mening Vatanim”, “Yer uzra qo’ndi oqshom” she’rlarini o’qish.
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Saida Zunnunovaning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish:
tarbiyaviy: o’quvchilarini insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash:
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikirlashga odatlantirish.
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning metodi: suhbat, ifodali o’qish.
Darsning jihozi: S.Zunnunovaning “Go’dak hidi” asari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Hamzaning pedagogic faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
3.Hamza qanday dramatic asarlar yozgan?
4.Hamza ijodini abadiylashtirish maqsadida qanday ishlar amalgam oshirilgan?
4.Yangi mavzu bayoni:
Nodira, Uvaysiy, Zulfiyaxonimning izdoshi bo’lgan,o’tgan asir o’rtalarida o’zining samimiy she’rlari, mazmunli hikoya va qissalari, betakror dostonlari bilan adabiy jamoatchilik nazariga tushgan Saida Zunninova o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rniga ega bo’lgan ijodkordir. U asarlarida o’zbek qizlarining tortinchoq, hayo to’la sojiyasini, sharq ayolining andishaga o’ralgan qiyofasini onalarning cheksiz mehri va uning o’ziga o’xshash ayollarga gina xos bo’lgan matonatni, sadoqatni tarannum etdi.
Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keladi. Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo’lida ulg’ayadi, kamol topadi. Andijon shahridagi 30-maktabni tugatgach, 1941-yilda Andijon o’qituvchilar institutiga o’qishga kirib, uni 1943-yilda tamomladi. Birmuncha muddat maktabda muallimlik qildi, viloyt gazetasi redaksiyasida ishladi. Adabiyotga muhabbat uni Orta Osiyo davlat universiteti (hizirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga yetakladi, bu yerda1947-1952-yillarda tahsil oldi. Oily o’quv yurtini tamomlagach,qizg’in jurnalistik faoliyatga sho’ng’idi va badiiy ijodga butun borlig’i bilan berildi. “Gulhan jurnali, “O’zbekiston madaniyati” gazetasida adabiy hodim badiy adabiyot nashriyotida abadiy maslahatchi bo’lib ishladi.
Saida Zunnunovaning ilk she’ri- “Salom senga” 1945-yili Andijon viloyatining “Paxta fro’nti” gazetasida bosilgan. Shundan so’ng bir qator she’rlari gazeta va jurnallar sahifasida chop etila boshladi. Uning birinchi sheriy to’plami talabalik yillari nashir etilgan. Ilk kitobi –“Qizingiz yozdi”, deb nomlangan.
Ustizlar ishonchini oqlagan shoiraning birin-ketin “Yangi she’rlar”, “Gullar vodiysi”, “Qizlarjon”, “Sherlar”, “Bir yil o’ylari”, “Nilufar”, she’riy to’plamlari bosmadan chiqan. U sherlar bilan birga bir qancha dostonlar ham yaratdi.
Saida Zunnunova sevimli adibimiz Said Ahmadning turmush o’rtog’idir. Said ahmadning boshiga og’ir kunlar tushib tuhmat bilan, “Xalq dushmani” sifatida qamalganda, Saida opa uning hayotga, ijodga qaytishiga madad bo’ladi. O’zining boshiga tushgan og’ir sinovlarga bardosh berdi. Undan erring xalq dushmani, undan voz kech, deb talab qildilar. Bunga rozi bo’lmagan yosh ayolga, do’q-po’psa yog’dirdilar, qo’rqitishga urindilar. Ta’qib etdilar, tazyiq o’tkazdilar, ho’rladilar. Bu azoblar bir emas, ikki emas, davomli bo’ldi. U hammasiga chidadi. To’g’ri, halol va pok deb bilgan turmush o’rtog’ini kutdi.
Saida Zunnunova uzoq umir ko’rmadi.U ayni ijodiy kamolot pallasida 1977-yil 51 yoshida vafot etdi. Shoira shaxsiga etirom sifatida Toshkentdagi ko’chalardan biri va 224-maktabga, shuningdek, Andijon shahridagi ko’cha va maktablarning biriga hamda Bo’z tumanidagi akademik litseyga uning nomi berilgan.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikdan “Qizimga”, “Mening vatanim” she’rlari ifodali o’qitiladi. She’rlar mazmuni tahlil qilinadi.
1.Shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Saida Zunnunovaning qanday she’riy to’plamlari mavjud?
3.Saida Zunnunova qanday og’ir kunlarni boshidan kechirgan?
4.Saida Zunnunovaning nomini abadiylashtirish maqsadida qanday ishlar amalgam oshirilgan?
5.O’quvchilar bilimini baholash:
6.Uyga vazifa: “Mening Va
Darsning mavzusi: Hamza. “Jonlarning jononi Vatan”
Darsning maqsadi:
tarbiyaviy: mavzu yuzasidan o’quvchilarga ma’lumot berish.
ta’limiy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi:o’quvchilarni erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning metodi: suhbat, ifodali o’qish.
Darsning jihozi: darslik, Hamzaning surati, asarlaridan namunalar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Adabiyot so’zining ma’nisini izohlang.
2.Adabiyot nama uchun so’z san’ati deyiladi?
3.San’atning boshqa turlaridan adabiyotning farqi nimada?
4.Badiiy adabiyot inson ruhiyatiga qanday ta’sir qiladi?
5.Televideniya internet rivojlangan paytda kitob o’qish zarur deb o’ylaysizmi? Nega?
3.Yangi mavzu bayoni:
Hamza 1889-yil 6-martda Qo’qon Hokimchi ismi bilan mashhur bo’lgan tabib oilasida tug’ilgan. Otasi ibn Yamin Holbiy o’g’li o’zbekcha va forschada savodli bo’lib o’z davrining mashhur tabiblaridan bo’lgan. Shu sababli Hamza o’z taxallusi Hakimzoda nomini qo’shgan. Hamza, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy, Furqat va Zavqiy asarlarini qunt bilan o’rganadi. 1899-1900-yillardan boshlab o’zi ham she’rlar yoza boshlaydi. 1910-yilda Toshkentdagi Qashqar mahallasida usuli savtiya maktabini ochadi.
Shoir dromaturg , tarbiyachi, murabbiy, jamoat arbobi bo’lgan Hamza Hakimzoda 1914-1917-yillarda Marg’ilon va Qo’qonda yo’qsil bolalarni o’qitish uchun maktab ochadi “Yengil adabiyot”, “O’qish kitobi”, “Qiroat kitobi”, nomli darsliklar yozadi.
Hamza 1914-1915-yillarda “Yangi saodat”, “Uchrashuv” kabi “milliy romanlar” yaratgan. “Yangi saodat” 1914-yilda yozilgan bo’lib, uning asosiy g’oyasi ilm-marifat, baxt-saodat kaliti ekanligini asoslashdir.
Hamzaning “Paranji sirlari”, “Maysalarning ishi” drammalari o’zbek dramaturgiyasini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan asarlardir…
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darslikdan “Jonlarning jononi Vatan” she’ri ifodali o’qitiladi va tahlil qilinadi.
Savollar:
1.Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi haqqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Hamza necha yoshida she’rlar ijod qila boshlaydi?
3.Hamza o’zi ochgan maktablar uchun qanday darsliklar yaratgan?
4.Uning qaysi dramalari sahnalashtirilgan?
5.O’quvchilar bilimini baholash:
6.Uyga vazifa: “Jonla
Darsning mavzusi: Hamza “Dardiga darmon istamas” she’ri
tahlili.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o’quvchilarni Hamzaning “Dardiga darmon istamas” she’ri bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy`: o’quvchilarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi`: o’quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish.
Darsning turi: mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat, savol-javob, ifodali yod o’qish.
Darsning jihozi: darslik, Hamzaning portreti, asarlaridan namunalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qisim:
Salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni aniqlash.
O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Shoir, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Hamza maktab va marif sohasiga qanday hissa qo’shdi?
3.Hamzaning qanday dramatic asarlar yaratgan?
4. “Jonlarning jononi Vatan” she’ridan parcha yoddan so’raladi.
3. Yangi mavzu bayoni:
“Dardiga darmon istamas” she’ri darslikdan ifodali o’qitiladi.
Bizni turkiston eli dardiga darmon istamas, Zulmat ichra kechsa umr, mohitabon istamas. Qorong’ulikda kechayotgan umrini ilm bilan yoritishni istamagan Turkiston eli be’mani quvonchlarga oshiqdik, ma’rifatga intilish, umrini kayf-u safo, to’yu tomosha bilan o’tkazishnigina xohlaydi. Ma’rifatsiz el qo’liga tamadan tuzoq ushlab, ko’zi kayfdan humor bo’lib, inqiroz sari ketaveradi. Lekin o’z ahvolini o’nglashga o’zida kuch topmaydi. Bu elning g’alati jihati shundan iboratki, u “hama balo”, ilimsizlikdan ekanini “anglayur”, ammo ilm olishga g’oyrat ko’rsata olmaydi:
Ilimsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoq-u g’ayrat aylab lek irfon istamas
Uxlama ko’p, o’zbek eli, asri taraqqiyot vaqtida.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.Shoir, dramaturg, yozuvchi, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. “Jonlarning jononi Vatan” she’r mazmunini so’zlab bering.
3. “Dardiga darmon istamas” she’ri mazmunini so’zlab bering.
4. Darslikda berilgan test yechiladi.
Test kaliti:
1- C; 2-E; 3-D; 4-B; 5-A.
5.O’quvchilar bilimini baholash.
6. Uyga v
Dostları ilə paylaş: |