|
oilaviy tadbirkorlik shakli
|
səhifə | 116/116 | tarix | 15.05.2022 | ölçüsü | 188,95 Kb. | | #115923 |
| 1-mavzu Tadbirkorlikning mazmuni va mohiyati darsning maqsadi oilaviy tadbirkorlik shakli.
Oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan
tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyati.
Raqobat – bu yuqori natija va mavqega ega bo‘lish uchun bozor ishtirokchilari
o‘rtasidagi iqtisodiy kurash.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik – qishloq joylarda yashovchi fuqarolarning o‘z
tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish
bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy xo‘jalik.
Startap (ingl. ォstartup company», «startup» – harakatni boshlayotgan) – o‘z
faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asoslangan holda yurituvchi
yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki biznes loyiha.
Ta’sis shartnomasi – muassislarning korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.
Tadbirkor – tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim,
ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Tadbirkorlik riski – resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘lgan holatdan
chetga chiqish va buning oqibatida resurslarni yo‘qotish xavfi.
Tadbirkorning huquqi – davlat tomonidan tadbirkor uchun foydalanishi belgilangan
yoki ruxsat berilgan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Tadbirkorning javobgarligi – bu tadbirkor xatti-harakatining belgilangan
qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob
berish majburiyati.
Tadbirkorning majburiyati – davlat tomonidan tadbirkor uchun rioya etilishi
yoki bajarilishi shart etib belgilangan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining puldagi ifodasi.
«Yagona darcha» markazi – aholi va korxonalarga turli davlat xizmatlari
ko‘rsatish, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan
shug‘ullanuvchi maxsus idora.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shakli.
Yoshlar tadbirkorligi – mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining 18 yoshdan
35 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan qismi.
143
Dostları ilə paylaş: |
|
|