2-topshiriq. O`quvchilarda paronim so`zlarni farqlash, so`zlarning ma’nolarini to`g`ri qo`llay olish malakalarini oshirishda “So`zlarga mos gap tuz”usulidan foydalanish juda qo`l keladi. Bunda avvaldan tayyorlab qo`yilgan paronim so`zlar juftligi yozilgan biletlar tarqatiladi.
SHOH
RUH
HALAK
SHOX
RUX
HALOK
3-topshiriq. “Gapni kengaytir” mashqi. Bunda o`quvchilar berigan sodda yig`iq gaplarni bittadan so`z qo`shib kengaytirishlari kerak bo`ladi.
Men o`qidim.
Men kitob o`qidim.
Men qiziqarli kitob o`qidim.
Men bugun qiziqarli kitob o`qidim.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 4-topshiriq. “Mosini top” o`yini. Ushbu didaktik o`yin orqali o`quvchilarda kelishik qo`shimchalarini to`g`ri qo`llash ko`nikmasi hosil bo`ladi.
-ning, -ni
-ga, -ka, -qa
-dan, -tan
-da, -ta
Gul… uzmoq
Elak… solmoq
Ot… baland
Toshkent…. Yashamoq
Gul… bargi
Baliq… bermoq
It… past
Baland… uchmoq
Men… kitobim
Ish… bormoq
Ish… kelmoq
Diktant… xato qilmoq
Do`sti… ko`rmoq
Osh solmoq
V. Baholash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi. Faol qatnashgan o`quvchilar namuna qilib ko`rsatiladi.
VI. Uyga vazifa. Uyga 5-topshiriq vazifa qilib beriladi.