See
discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/349125992
IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA QO'LLANILADIGAN AMALIY
DASTURLAR
Article
· January 2021
CITATIONS
0
READS
2,307
1 author:
Nurmuxamad Duisenov
Chirchik
state pedagogical Institute
188
PUBLICATIONS
311
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by
Nurmuxamad Duisenov
on 09 February 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
2
Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko’rinishida
tasvirlash maqsadiga
muvofiqdir. Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash ularni taxlil qilishni ancha
soddalashtiradi. Shuning uchun kupchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va
sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga
muvofiqdir.
Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalarni
echish uchun maxsus amaliy
dasturlar paketi ishlab chiqilgan bo’lib ular elektron jadvallar yoki jadval protsissori
deb ataladi.
Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni echish uchun mo’ljallangan, lekin
uning yordamida injenerlikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar
bo’yicha hisob-kitoblar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p, masalan:
moliyaviy,
buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar,
kundalik ho’jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi programma bo’lib,
u Windows
operatsion sistemasi boshkaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron jadvallarni
tayyorlash va qayta ishlashga muljallangan.
Excel da tayyorlangan har bir xujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLS
kengmaytmadan iborat fayl buladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi”
(Workbook) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir
nechta ish varaqlardan iborat. Ish varagida buxgalter (hisobchi)
kitobi kabi, sonlar,
matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan buladi. Excel ning
buxgalter kitobidan asosiy farki barcha hisob ishlarini uning uzi bajaradi, lekin
ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.