Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari
Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual Beysik") – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o'xshash.Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o'tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o'qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
/uploads/image/4.JPG
Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda ham huddi shunday jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga o'xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak bo'ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so'rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo'natadi. Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi. Quyida web serverni
/uploads/image/2.gif
Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga mos IP bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani uchun ham ko'pincha standart HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server o'rnatishingiz lozim. Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan shug'ullanaman deydigan bo'lsangiz, minimum: HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL larni bilishingiz kerak ekan. Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.). Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan ko`rsatiladi. Build XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. XXXX ning o`rnida biror son keladi. Bu son programmaning kompilyatsiya(programmalash tilidan haqiqiy bajariluvchi kodga o`tkazish) sonini bildiradi. Programma yadrosi(qo`shimchalarsiz, asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi. Masalan, Windows Vista Beta 2 Build 5308 - Windows Vistaning Beta 2 versiyasi turkumida 5308-kompilyatsiya(OSga nisbatan "kompilyatsiya"ni ishlatish noo`rinroq:)). Update(yangilash) - programmaning biror teshigini(biror kichik xato, kamchiligi) tuzatuvchi kichik yordamchi programma. Bu yordamchi programmaning hajmi, odatda, kichik bo`lib, faqat o`sha kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu programmacha biror *.dll faylni yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan birortasini "tuzatib" qo`yadi, xolos. Bunday Update("qarz")lar har doim tekin bo`ladi. Service Pack(xizmat paketi) - o`zida bir qancha Update lar bajaruvchi amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi yoki avvalgi SP dan shu paytgacha bo`lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha Update lar ishini o`zi bajaradi. Masalan, Windows XP chiqqanidan so`ng, taxminan bir yildan keyin SP1 chiqdi. Bundan kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket hisoblanadi. SP ham programma ishlab chiqaruvchi firmaning xatolari tufayli kelib chiqqan xatolarni tuzatgani uchun tekin bo`ladi. Trial(yoki demo)-versiya(vaqtinchalik) - bu versiya, programma sotuvga chiqarilgandan so`ng tekin tarqatila boshlaydi. Bu versiyaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni ushbu programmani sotib olishga jalb qilish va ularni programma bilan tanishtirish. Trial versiyalar, odatda, ikki xil bo`ladi: a) vaqt bo`yicha chegalangan; b) imkoniyatlar bo`yicha. Vaqt bo`yicha chegaralangan versiya ma'lum muddat, masalan, 30 kun ishlaydi va shundan so`ng boshqa ishga tushmaydi. Bu holatda siz programmani sotib olishingiz kerak. Odatda, vaqt bo`yicha trial-versiyalar programmaning hamma imkoniyatlarini o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa programmaning sotib olingan versiyasining nechadir foiz imkoniyatlarini o`zida saqlaydi yoki ma'lum cheklanishlar qo`yilgan bo`ladi. Bu versiyaning ishlash muddati chegaralanmaydi. Yuqo`ridagi ikki holatdan tashqari yana bir holat bor. Bunda programmaning hamma imkoniyati saqlanadi, muddat ham berilmaydi, faqat foydalanuvchiga programmani sotib olish haqida eslatib turiladi. Bu esa ko`pchilikning jig`iga tegishi mumkin. Ko`pchilikka ma'lum Total Commander programmasi shu kabi programmadan biri, u har ishga tushganida 1, 2, 3 deb nomlangan knopkalardan birini bosishingizni talab qiladi. Dasturlashni o'rganishni nimadan boshlash kerak? Eng avvalo insonda kuchli qiziqish bo'lishi kerak. Lekin bu hammasi emas. Dasturchi bo'lish uchun matematika yoki geometriya fanlarini ham yaxshi o'qigan bo'lishingiz kerak deb o'ylaymiz. Aslida dasturlash uchun matematika yoki geometriya unchalik ishlatilmasligi mumkin. Aytmoqchimizki aniq fanlarni yaxhsi tushunaolgan inson dasturchi bo'lishi ham oson bo'ladi. Agar dasturchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz, Dastlab eng sodda tildan boshlash kerak 1-navbat HTML tilini o'rganasiz. 2-navbat CSS va Javascript asoslarini o'rganasiz. 3-navbat Delphi yoki Java asoslarini o'rganasiz. Yana Mobile telefonlar (Android, iOS) uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko'rasiz Endi oldingizda 3 ta katta yo'l chiqadi. Siz esa shu yo'lning biridan yurishingiz kerak. 1-yo'l. Web App yoki web dasturlash yo'nalishi. asosan internet bilan ishlaydigan dasturlar yaratish 2-yo'l Win, Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish 3-yo'l Mobile dasturlash ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar tuzish Agar 3 ta yo'lni ham o'rganaman desangiz katta natijaga erishish qiyin. Chunki ularning har biri katta bir olam misolidir. Xullas ishlarinngizga omad tilab qolamiz. Agar bu borada savollar bo'lsa www.aql.uz sayti orqali bizga maktub yuboring... Foydalanilgan Manbalar: Ki.uz , qalam.uz, qanday-qilib.uz
Kompyuter grafikasi haqida
Reja:
1.Kirish :
1. Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
2. Asosiy qism :
1. Кompyuter grafikasi turlari.
2. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
3. 2 va 3 o’lchovli grafika
3. Xulosa :
1. Кompyuter grafikasida 2 va 3 o’lchovli grafikaning ahamiyati
Кompyuter grafikasi. 2 va 3 o’lchovli grafika
Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
Кompyuter grafikasi turlari.
To’zilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.
Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o’zatiladi.
Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
· poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
· ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
· taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;
· ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
· uch o’lchamli animasiya dasturlari;
· ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
· ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;
· videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
· ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrasiyalar bilan to’ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va sho’nga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so’nggi versiyalari tasvirlarning ko’p qatlamli to’zilmasini qo’llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan.
Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo’ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o’tish lozim. Illstrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so’ng ularni masshtablash, aylantirish(o’z uqi atrofida) va deformasiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qo’lda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Taqdimot ishlari dasturlari.
Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko’paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi .
Yangi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi.
Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to’plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud .
Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo’lmasada, bu vositalarni OLE-2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to’ldirish mumkin.
Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o’zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi.
Taqdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ihchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshqaruvga ega Novell Presentations dasturini, hamda slayd-ko’rgazmalar uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini, taqdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak bo’ladi.
lmiy vizuallashtirish dasturlari
Ilmiy vizuallashtirish dasturlari nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini hal qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha mo’ljallangan.
ShК da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida ko’rsatish mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish mumkin. Surfer paketi z=f(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni vizuallashtiradi. Grapher dasturi y=f(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov berish va grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli bir nechta koordinata o’qlari bo’lishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirish hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi.
Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer.
SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin.
Video va komponovka bilan ishlash tizimlari.
Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin.
Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe firmasining CoSA After Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi Composer dastur Alias/Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .Shular yordamida yuqori sifatli video maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni va animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus effektlarni matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat videoyozuvning oxirgi natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda ko’zatish, ko’rish mumkin.
Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi qurilmalarni qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida videoga ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium dasturlari mavjud.
Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D).
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin.
AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin.
IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha Alias/ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformasiyalash vositalariga ega.
IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga Alias/ Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin.
Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.
Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, modellar va animasiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Shuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko’pprosessorli modellarida ishlatilishi uchun qo’shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to’ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib o’tish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik masalalarining vizual yechimini yaratish(xosil qilish) imkonini beradi.
Кompyuter grafikasida 2 va 3 o’lchovli grafikaning ahamiyati
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
2 o’lchovli va 3 o’lchovli grafikaning turli hil kasblarda ishlatiladi va ulardan ko’plab kino yaratuvchilar keng foydalanishadi.
Sinov savollari:
1. Кompyuter grafikasi nima?
2. Кompyuter animasiyasi nima?
3. Rastrli grafikaning asosi nima?
4. Vektorli grafikada tasvir yaratish prinsiplarini sanab o’ting.
5. Qanday dasturlar rasm chizish uchun mo’ljallangan?
6. Qanday taqdimot dasturlarini bilasiz?
7. Ilmiy vizualizasiya dasturlarining vazifasi nimadan iborat?
8. Eng ko’p tarqalgan videotasvirlarni qayta ishlash tizimlarini sanab o’ting?
9. 2D va 3D modellashtirish dasturlarining qo’llanish soxasi?
TEST SAVOLLARI:
1. EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish
a) Kompyuter animasiyasi
b) Kompyuter grafikasi
c) Ofis Dasturlari
2. Kompyuter grafikasi necha xil bo’ladi?
a) 4
b) 2
c) 3
3. Rastrli tasvirning eng kichik elementi nima?
a) Piksel
b) Ob’ekt
c) Logotip
4. Adobe Photoshop dasturi qanday grafika turiga asoslanib ishlaydi?
a) Vektorli
b) Rastrli
c) Hech qanday
5. Grafik muharrirlar berilgan qatorni toping?
a) Word, Corel Draw, Excel
b) Power Point, Adobe Photoshop, Paint
c) Adobe Photoshop, Paint, Corel Draw
6. AutoCad dasturining boshqa grafik dasturlardan farqi nimada?
a) Tasvir yaratadi
b) Tayyor ob’ektni qayta ishlaydi
c) 2 yoki 3 o’lchovli modellashtiradi
7. “ Sketch” 3 o’lchovli modellashtirish dasturi ko’pincha qaysi muhitlarda ishlatiladi?
a) Windows
b) IBM va Macintosh
c) Linux
8. Taqdimot dasturlari berilgan qatorni belgilang.
a) Freelance Graphics, Harvard Graphics, Power Point
b) Corel Draw, power Point, Paint
c) Freelance Graphics, Photoshop, AutoCad
9. Paint qanday dastur?
a) Taqdimot qiluvchi
b) Modellashtiruvchi
c) Rasm chizuvchi
10. Rastrli tasvirlarda bu ifoda nimani bildiradi: 800x600 ?
a) 800 mm gorizontal bo’yicha, 600 mm vertikal bo’yicha
b) Gorizontal bo’yicha 800 va vertikal bo’yicha 600 piksel
c) 800 ni 600 ga ko’paytirish.
Tayanch atamalar
Piksel, Rastrli grafika, Vektorli grafika, IBM, Macintosh, Кompyuter animasiyasi, Composer, 2D va 3D modellar IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer, Rastrli paket.
Dostları ilə paylaş: |