Pascal algoritmik tili va uning alifbosi.
Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo’llash qoidalarini o’z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir-biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan ajralib turadi. Alifbo- tilda qo’llaniladigan ko’plab ramziy belgilar(harflar, raqamlar, maxsus belgilar). Tilning sintaksisi-jumlalar tuzishda belgilarning bog’lanish qoidalarni belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izohini belgilaydi.
Pascal dasturlashtirish tili alifbosi sodda bo’lib, shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi. Dasturlar matnining to’g’riligini osonlik bilan tekshirish mumkinligi, ularning ma’nosi yaqqol ko’zga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi. Pascal tili ancha murakkab va ko’p vaqt oladigan hisob ishlarini bajarishga mo’ljallangan tarkiblashtirilgan dasturlar tuzishga imkon beradi. Pascal algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat:
26 ta lotin harflari;
0 dan 9 gacha arab raqamlari;
32 ta kirill harflari;
Maxsus belgilar (+,-,*,/, : , ; , . , (,),[,],=,>,<,)
Pascal tilida so’z deb bir nechta belgilar ketma-ketligi tushuniladi. Xizmatchi so’z deb, Pascal tilidagi standart nom tushuniladi. Masalan, PROGRAM, BEGIN, AND, ARRAY, DO, IF, FOR, LABEL, THEN,END…
Standart funktsiyalar ko’p uchraydigan funktsiyalarni yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Standart funktsiyaga murojaat etilayotganda funktsiya nomini yozish kerak, qavslarda esa argumentni ko’rsatish kerak.Ko’p ishlatiladigan standart funktsiyalarni ko’ramiz.
Bajariladigan funktsiyalar
|
Murojaat
|
|
Dostları ilə paylaş: |