Davlat funksiyallari



Yüklə 0,67 Mb.
tarix14.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#140724
DAVLAT FUNKSIYALARI

DAVLAT FUNKSIYALARI

Topshirdi: B.B.Tairov

Qalub qildi: L.F.Buranova


Reja:
  • Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi

  • 2. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar
    3. O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari

DAVLAT FUNKSIYALARI — ichki va tashqi. Ichki funksiyalariga: iqtisodiy; ijtimoiy; xalq hokimyatini ta‘minlash; konstitutsion tuzumni himoya qilish; qonunchilik va huquq tartibotni taminlash; jamiyatni birlashtirish ijtimoiy hakamlik; ekologik; madaniy-ma‘rifiy. Tashqi funksiyalarga: global muammolarni hal etishda ishtirok etish; milliy xavfsizlikni ta‘minlash; o’zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro munosabatlarda davlat munosabatlarini himoya qilish kiradi. Davlatning iqtisodiy funksiyasiga iqtisodiy jarayonlarni soliq va kredit siyosati vositasida tashkil etish, uyg’unlashtirish, tartibga solish, iqtisodiy o’sish uchun imkoniyatlar yaratish yoki sanksiyalar qo’llash singari tadbirlar kiritiladi. Ijtimoiy funksiyaga odamlarni ish, uy-joy, sog’liqni saqlash tizimi xizmatlari bilan ta‘minlash, keksalar va nogironlarga, ishsizlarga, yoshlarga ijtimoiy kafolotlar yaratish, hayot. mulk, sog’liqni sug’urta qilish xizmatlarini ta‘minlash singarilar kiradi. Huquqiy funksiyaga tartibni ta‘minlash, huquq sohasini rivojlantirib borish, ijtimoiy tizimni himoya qilish singari vazifalar kiradi. Madaniy-tarbiyaviy funksiya aholining madaniy ehtiyojlarini qondirishga, insonlarni jahon ma‘naviyati durdonalaridan bahramand bo’lishlari uchun sharoitlar yaratishga va inson o’zini ijodda namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratishda namoyon bo’ladi. Davlatning siyosiy funksiyasiga jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, hokimiyatni amalga oshirish, siyosiy kursni ishlab chiqish va aholining manfaatlarini uyg’unlashtirish kiradi.
Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir. Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan chambarchas bog`langan. Avvalambor, davlat paydo bo`lginidan buyon uning rivojlanishida ko`p davrlar o`tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o`zgarib boravergan. Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo`lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz bo`lgan. Har bir davrda davlat o`z oldiga ma`lum maqsadlarni qo`yadi, chunki u ma`lum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish, huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir. Davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi hamisha ham real bo`lavermaydi. Masalan, SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari
yotadi, ya`ni davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir. Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o`xshatsa bo`ladi. Quyosh o`z atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha ichki va tashqi muammolari yuzasidan o`z munosabatini, qarashlarini, yondashuvlarini, va eng muhimi, o`zining yaqin va uzoq davrga mo`ljallangan orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki o`z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri ikkinchisini to`ldirib turadi. Davlatning umumiy, kelajakka mo`ljallangan siyosati va maqsadidan uning muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo`lgan topshiriq, ko`rsatma, navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O`zR Konstitutsiyasining muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta`minlash maqsadi»ni ro`yobga chiqarib turish uchun O`zbekiston davlatining tegishli organlari qator tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin. So`ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga oshirish uchun uning o`zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o`z navbatida, davlatning, uning idoralarining faoliyatini tashkil qiladi. Davlatning faoliyati, xuddi uning o`zidek, ob`yektiv xarakterga ega. Chunki davlatni keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo`lishini taqozo etuvchi zarurat va ehtiyojlar uning faoliyat ko`rsatishini talab etadi, aks holda u o`zining
tarixiy tayinlanishini, vazifalarini hal eta olmaganligi tufayli yashashga, harakat qilishga qodir bo`lmay qoladi. Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi. Bu aralashuv jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida bo`lsa, demak, davlat ijobiy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatdir. Agar davlat bu ishlarga ortiqcha aralashsa, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo`ysa, hayotda salbiy rol o`ynaydi va totalitarizm sari qadam qo`ygan bo`ladi. Shuning bilan birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi vazifalar faqat davlat faoliyati orqaligina hal etiladi, masalan, mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotni o`rnatish va qo`riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash kabilar. Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo`nalishlar)ga bo`linishi, yuqorida aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi. Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to`plami, arifmetik yig`indisi emas. Ular davlat faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo`nalishlaridan iborat. Masalan, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot Yoki mamlakat mudofaasi sohalarida davlat olib borayotgan ishlarni alohida-alohida asosiy funksiyalar sifatida ko`rsatish mumkin va lozim. Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va vakolatlari bilan belgilanadigan ma`lum bosqich (davr)dagi faoliyatining asosiy yo`nalishlaridir. Mazkur asosiy funksiyalar tarkibida tagin nisbatan kichikroq yo`nalishlar ham bo`lishi tabiiydir. Masalan, davlatning hozirgi zamondagi madaniy-tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni ma`naviyat yutuqyaari asosida tarbiyalash bitta kichik yo`nalish bo`lsa, fan va texnikani taraqqiy ettirish - ikkinchi, oliy, o`rta maxsus va umumta`lim tizimini rivojlantirish - uchinchi yo`nalishdir va hokazo. Bundan tashqari, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni aniqroq tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol keltiramiz. Mazkur funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo`riqlash chora-tadbirlarini ko`rish, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni
qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlab turish, zarur bo`lganda mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g`amxo`rlik qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo`yicha davlat organlarini tashkil yetish, harbiy-mudofaa haqidagi qonunlarni yaratish hamda takomillashtirish kabilar kiradi. Davlat o`z funksiyalarini ado yetish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro etuvchilik va sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o`z funksiyalarini amalga oshirishda ishontirish, rag`batlantirish va majbur yetish usullaridan foydalanadi. Mazkur shakllar va usullarning qo`llanish darajasi davlat funksiyalarining hajmi, davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog`liq. Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi xususiyatlari ularni tasniflashga sabab bo`ladi. Davlatning faoliyati ob`yektiv bo`lgini holda uning funksiyalarini tasniflash sub`yektiv xususiyatga ega. Chunki funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan fanda, nazariyada amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar tasnifi har xil ifodalanadi. Bu fikrga ishonish uchun davlat va huquq nazariyasidan yozilgan 3-4 ta darslikni ko`rish kifoya. Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo`lish) davlatning mohiyatini chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish yetishga ko`maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma`lum bosqichdagi bosh yo`nalishlari (masalan, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi asos qilib olinadi, albatta. Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy tiplari to`g`risidaga ta`limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik va feodalizm tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan doirada huquqli bo`lgan. Bu hol davlatlarning funksiyalarida o`z ifodasini topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib o`tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini chuqurroq anglashga imkon beradi Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni
ta`kidlab o`tmoq darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari mavjudliga hamma olimlar tomonidan tan olinadi. Tashqi funksiyalar ko`pincha ichki funksiyalarning davomi bo`lib ulardan kelib chiqadi, ularni to`ldiradi, ayrim hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni mudofaa qilishga xizmat qilishi tushunarlidir. b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun tabaqalari uchun tegishli bo`lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud etirof qilinmoqda1[1][1]. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo`rlik ishlatish quroli deb atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo`lgan. Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida barcha xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma guruhlarini o`z ichiga oladi, ya`ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat manfaatiga xizmat qiladi. Umuman hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini kamaytiradi va xolisona bayon yetishga halaqit beradi. Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o`ringa ko`tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotnmi o`rnatish va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun millat, xalq manfaatlarini ko`zlab umumiy iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g`oyaviy) ishlar olib borish, Sharqda esa, bulardan tashqari, sug`orish inshootlarining davlat yordami bilan bunyod etilishi kiritilishi mumkin. L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma`noda olib, uning umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga kishilarning hayoti, soglig`i va normal yashashi uchun zarur bo`lgan tabiiy sharoitlarni ta`minlash; ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni ta`minlash bilan bog`liq davlat faoliyati kiradi2[2][2] . Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo`lish imkoniyatiga ega. To`g`ri,
mazkur ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham mavjud va ular orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik O`zbekiston Respublikasida davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun emas, balki butun xalqimiz manfaatini ko`zlab amalga oshirilmoqda. Bunday natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar Jamiyat va uning siyosiy tuzumi rivojlana borishi oqibatida davlatning funksiyalari tizimvda ham o`zgarishlar sodir bo`lib turgan, shu jumladan tamoman yangi funksiyalar paydo bo`lgan. Bu holat keng ijtimoiy taraqqiyot sababli yuz bergan. Tarixda qullar va quldorlar, krepostnoy dehqonlar va feodallar, yollanma ishchilar va kapitalistlar bo`lganligini inkor yetish mumkin emas. Shu boisdan quyida davlat funksiyalarini quldorlik, feodal, burjua (kapitalistik), sobiq SSSR davlatlari misolida ko`rib o`tamiz. Quldorlik davlatlarining quyidagi funksiyalari mav-jud bo`lganligini aslo inkor yetish mumkin emas. S.Ayniyning «Qullar» romanida yozishicha, O`rta Osiyoda hatto XVIII asrgacha qul bozorlari mavjud bo`lgan ekan. Qur`onda va musulmon huquqining boshqa manbalarida qullarning mavjud bo`lganligi, ularning huquqiy maqomi haqida ko`plab ma`lumotlar uchraydi. Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari 1. Davlatning xo`jalik yuritish faoliyati. Buni umumiy ommaviy ishlar yuritish funksiyasi, deyish mumkin. Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki qabilaning umumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya, ayniqsa, Sharqda ma`lum darajada rivoj topgan. Chunki bu mintaqada dehqonchilik ishlari sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari tomonidan bajarilgan. 2. Quldorlar mulki va manfaatlarini qo`riqlash. Bu funksiyani amalga oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ hujjatlarni qabul qilgan
va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar. 3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z quldorlariga xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta. 4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan asoslashga, qullar qo`zg`olonini jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng foydalangan. Quldorlik davlatlarining tashqi funksiyalari 1. Ular ham boshqa davlatlar kabi mamlakatni tashqi dushmanlardan mudofaa qilish funksiyasini amalga oshirganlar, qo`shni davlatlar bilan ma`lum darajada aloqalar olib borishgan, savdo munosabatlarini o`rnatishgan. 2. Ular boshqa mamlakatlar aholisini (hududini) bosib olish, talash, ezish, soliq (boj, o`lpon) to`latish funksiyasini ado qilib turishgan. Bunday faoliyatning maqsadi boshqa davlatlar xalqlari hisobiga boyish, urushda asir tushganlarni esa qul qilib ishlatish bo`lgan. Xuddi ana shu quldorlik jamiyatida dastlabki bosqinchilik urushlari kelib chiqqan, boshqa davlatlar hududini egallab olishga ko`plab urinishlar yuz bergan. Bosqinchilik urushlari oqibatida qadimgi Urartu (Armanistonda), Eski Nisa (Turkmanistonda) davlatlari, Kushon saltanati (O`zbekistonda) keyinchalik yo`q bo`lib ketgan. O`z mohiyati va mazmuni bilan quldorlik davlatlarining funksiyalari feodal davlatlari funksiyalarida ham asosan takrorlanadi. Feodal davlatlarning ichki funksiyalari 1. Ijtimoiy (ommaviy) ishlar funksiyasi. Bu funksiya ayrim davlatlar, ayniqsa Sharkda sugorish asosida dehqonchilik ipshari olib boruvchi davlatlar faoliyatida ko`proq bajarilgan. Masalan, Amir Temur va temuriylar hukmronligi
davrida davlat tomonidan qator bunyodkorlik tadbirlari amalga oshirilganligi olimlar tomonidan ta`kidlanmoqtsa. Bu haqda Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida ham, sugorish inshootlari qurilishida qahramonlik ko`rsatganlar xususida gapiriladi. O`sha davlatlar bu yo`nalishda madaniy-oqartuv, maorif, aholiga turli xizmat ko`rsatish borasida ham ma`lum umumiy ishlarni olib borganlar. Bu ishlar aholining barcha tabaqalariga taalluqdi bo`lgan va butun mamlakat farovonligiga xizmat qilgan. 2. Shu bilan birgalikda davlat ishlab chiqarish qurollari va vositalariga bo`lgan feodal mulkchiligini ustun darajada qo`riqlash funksiyasini barcha tashkiliy va huquqiy usullar va choralar bilan amalga oshirib turgan. Shunday bo`lmasligi mumkin ham emas edi. Chunki aholining iqtisodiyotda hukmron bo`lgan guruhlari siyosiy hokimiyatda yagona kuch bo`lib, davlatni o`z manfaatiga xizmat qilishga yo`naltirgan, feodallarning erga bo`lgan mulkchiligini himoya qilgan. 3. Bu ham kam edi. Feodal davlatlari krepostnoy dehqonlarni qaramlikda tutib turish, lozim bo`lganda ularning qarshiligini bostirish funksiyasini atyu qilib turishgan. Bunday faoliyatni hatto alohida feodallar ham 4. Buning ustiga feodal davlatlari xalq ommasini mafkuraviy tomondan tarbiyalash funksiyasini ham bajarib turgan va bunda din aqidalari va tuzilmalaridan mohi-rona foydalangan. Buning ustiga ular dunyoviy bilimlar sohiblariga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Buyuk olimlik darajasiga ko`tarilgan Kopernik, Mirzo Ulug`bek va boshqalar fojiasi buning dalilidir. Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida uam yaqqol ko`zga tashlanadi. 1. Tabiiyki, feodal davlatlari ham o`z aholisi va hududlarini tashqi dushmanlardan himoya qilish funksiyasiga ega bo`lganlar va bunda xalq ommasini va barcha vositalarni mamlakatning mudofaasi manfaatlariga xizmat qildirganlar, bu kurashni uyushtirganlar. 2. O`z navbatida, har bir feodal davlati o`z hududini boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish funksiyasini keng ravishda amalga oshirib kelishgan.
Feodal davlatlarning shu maqsadlarda olib borgan o`zaro urushlari, o`nlab mamlakatlarni bosib olish hollari tarixda juda ko`p bo`lgan va oqibatda bosqinchilik natijasida yirik imperiyalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoni avval greklar, arablar, so`ngra mo`g`ul va rus davlatlari tomonidan bosib olinishi bunga yaqqol misoldir. Bu urushlar tufayli faqat bizning mintaqamizda o`z vaqtida rivojlangan yuzlab davlatlar yo`q qilib yuborilgan va hozir ular tarix mulkiga aylangan. Feodal davlatlari funksiyalari ham o`zgarib, takomillashib borgan, ular o`z tarixining so`ngga bosqichida feodal mutlaq hukmronligini saqlab qolishga, shiddat bilan dunyoga kelayotgan burjua-kapitalistik kuchlarga va munosabatlarga qarshi kurashga xizmat qilgan. Burjuaziya va kapitalistik ijtimoiy munosabatlarning tarix maydoniga kirib kelishi umuman insoniyat taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr qullik va krepostnoylikka barham berdi, hamma shaxsni rasman erkin va teng, deb e`lon qildi. Ozodlik, adolat, tenglik, umumiy saylov huquqi, parlament kabi tushuncha va shiorlar shu davrda paydo bo`lib, real voqelikka aylanishga qadam qo`ydi. Burjuaziya va kapitalistik munosabatlar XVII-XVIII asrlarda uzil-kesil shakllandi, davlat rivojlanishining mazkur bosqichida ham yollanma mehnat va xususiy mulk munosabatlari saqlanib qoldi. Shu munosabatlar burjua davlatlari funksiyalarining mohiyatini, mazmuni va tizimini belgilab beradi.
Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin