Davlat universiteti fakulteti kafedrasi



Yüklə 222,76 Kb.
səhifə3/22
tarix06.06.2023
ölçüsü222,76 Kb.
#127843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Malakaviy amaliyot kundaligi 2022)

BO'YICHA KO RSATMALAR

  1. Ushbu daftar malakaviy pedagogik amaliyoti bo'yicha asosiy hujjat hisoblanadi.

  2. Amaliyot daftari har kuni amaliyotchi tomonidan to'ldiriladi va har haftaning oxirida ta’lim muassasasi hamda universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlab boriladi.

  3. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot dasturi, uning davomiyligi va belgilangan topshiriqqa mos kelishi shart.

  4. Talaba amaliyot davomida berilgan topshiriqlami o'z vaqtida bajarilishini va amaliyot daftarida qayd qilib borishi lozim.

  5. Amaliyot davomida talaba bajargan har bir ish va berilgan mustaqil ishning bajarilishi kundalik yozuvlarda o'z aksini topishi shart.

  6. Talaba amaliyot davrida bajargan ishlari va kundalik yozuvlari asosida xulosa tarzidagi hisobotni tayyorlashi, amaliyot daftarida qayd etishi va taqdimot tayyorlashi lozim.

  7. Hisobot malakaviy pedagogik amaliyot o'taladigan muassasa va universitet tomonidan tayinlangan ma’sul amaliyot rahbari tomonidan tekshirib, tasdiqlanadi.

  8. Amaliyot daftaridagi barcha kundalik yozuvlar va hisobot aniq-ravshan, bejirim, qo'lda yozilgan bo'lishi va chizmalar barcha qoidalarga amal qilgan holda chizilishi lozim.

  9. Talabalar amaliyotda tayyorlagan hisoboti bo'yicha taqdimotdan ijobiy baho olgandan va amaliyot daftarini kafedraga topshirilgandan so'ng amaliyotni o'tagan hisoblanadi.

SINF RAHBARI VA UNING VAZIFALARI
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va ushbu nizom asosida tashkil etiladi. Sinf rahbari ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.
Sinf o’quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o’qituvchilar, bolalar etakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi. Sinf rahbari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida sinf o’quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Uning maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol - ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobiliyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada ta’lim muassasalari pedogogik va o’quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlami tashkil etishda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo’lga qo’yadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. 5-9-sinflarda sinf rahbarlari tajribali o’qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir o’qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy- ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi.
SINF RAHBARINING VAZIFALARI

  • o’quvchilarning ahil guruhlarni, aniq maqsadga yo’naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ulami ta’iim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga etkazish;

  • Sinf rahbarlari o’quvchilariga mehribon bo’lishi, ularning o’sib-ulg’ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o’quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg’otish;


Yüklə 222,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin