Defektalogiyaning 4 yo`nalishi. Defektalogiya faoliyat mazmuni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə2/2
tarix05.10.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#118109
1   2
DEFEKTAGIYA

Asosiy yo‘nalishlari
Oligofrenopedagogika
Surdopedagogika
Tiflopedagogika
Logopediya
2ta kafedra “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi. Defektolog kadrlarni Respublika miqyosida yetishmasligini bartaraf etish uchun defektolog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi ochildi. Bu kafedraga p.f.n.,prof. M.Y.Ayupova mudirlik qilib kelmoqda. 2007 yildan buyon hozirgi vaqtga qadar Defektologiya fakultetini p.f.n. dotsent Nurmuxamedova Laylo Sharafovna dekan lavozimida boshqarib kelmoqda. Fakultetda 1 ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha (logopediya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika) kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetning bitiruvchilari Toshkent shahrida, respublikamizning turli burchaklarida dekan, kafedra mudiri, laboratoriya mudiri, realilitatsiya markazlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislar sifatida faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ¬pedagogika universiteti Defektologiya ¬fakulteti rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ¬kadrlarni tayyorlaydigan respublikadagi yagona fakultet hisoblanadi. Korreksion-tarbiyaviy, davolash va ijtimoiy moslashuv hamda reabilitatsiya ishlarining ratsional tashkil qilinishi tufayli rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiy foydali mehnatning faol yagona ishtirokchilariga aylanadi, ijtimoiy e’tiborsiz qoldirilmaydi. O‘zbekistonda defektolog-mutaxassislar tayyorlash deyarli qirq yetti yil avval yo‘lga qo‘yilgan va o‘sha vaqtda Nizomiy nomidagi ¬Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti) O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda anomal ¬bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohi hisoblangan. 1966 yilda O‘zbekiston Xalq ta’limi ¬vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq O‘zSSR maorif vaziri o‘rinbosari ¬S.A.Panchenko, ilmiy kotib M.N.Xodjaeva, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Rahmanov, ¬66- yordamchi maktab direktori G.Sh. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bo‘yicha yetuk rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodlari ¬M.I.Kuzmiskayalar ishtirok ¬etdilar. Kengashda asosiy masala sifatida “O‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash” masalasi ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan so‘ng 1967 yilda Nizomiy nomli Pedagogika institutining pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo‘limi ochildi. 1973 yil fakultetda
Surdopedagogika bo‘limi ochildi, 1973 yilda esa 1974 yil kar va zaif eshituvchi bolalar maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlovchi surdopedagogika bo‘limii ochildi. Shu vaqtning o‘zida «Oligofrenopedagogika» kafedrasi nomi «Defektologiya» kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. 1981 yil Defektologiya kafedrasi asosida ikkita mustaqil – Oligofrenopedagogika va logopediya hamda Surdopedagogika va defektologiyaning klinik asoslari kafedralari tashkil etildi. Ikkala kafedrada o‘n yettita o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bordilar. Jumladan bitta professor, tibbiyot fanlari doktori M.G.Mirzakarimova, yettita fan nomzodi, dotsentlar: S.Sh.Aytmetova, A.I.Sagatov, I.A.Alimova, R.M.Qorieva, S.G.Kim, I.G.Radisheva, E.B.Em, ikkita katta o‘qituvchi: O.S.Maymor, V.S.Raxmanova, yettita o‘qituvchi: K.X.Mamedov, X.Po‘latova, N.A.Mazalova, M.Mirzaxmedova, O.S.Rogacheva, I.K.Kislitsina, N.V.Sosedovalar shular jumlasidandir. 1984 yilda Defektologiya alohida fakultet maqomiga erishdi va fakultetda talabalar sonining ortib borishi bilan milliy kadrlarni tayyorlashga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bu masalani hal qilish maqsadida ¬fakultetning professor-o‘qituvchilari Moskva, Kiev va bosh¬qa shaharlardagi oliy ta’lim ¬muassasalarining defektologiya fakultetlariga biriktirildi. 1999 o‘quv yildan boshlab Defektologiya ¬fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti ¬bilan birlashtirildi hamda surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2007 yilni «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi hamda shu ¬asosida qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga katta e’tibor berildi. Ushbu ¬dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ¬ta’minlash maqsadida Defektologiya fakulteti¬ Boshlang‘ich ta’lim fakultetidan ajralib ¬chiqdi va fakulteti qoshida “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi. Hozirgi vaqtda Fakultetda 1 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha (logopediya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika) kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetning bitiruvchilari Toshkent shahri¬ va respublikamizning turli hududlarida o‘z sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar sifatida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin